5.3Kasbiy shakllanish jarayonida shaxs taraqqiyoti
SHaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va ish stajiga bog‘liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko‘rsatib bergan. Kasbiy faoliyatni turli darajada o‘zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar, qolaversa, kasbiy shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o‘tilgan.
Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko‘p yillik ish staji bilan faoliyat yuritayotgan shaxsning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirmasligi shaxsni har tomonlama kasbiy faoliyatda o‘zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli ta’limini va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas.
Bu muammoning amaliy ahamiyati uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o‘rganishni muhimligini ko‘rsatib berdi. Kasbiy shakllanish jarayonini o‘rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga yo‘naltirilganligidadir. SHuning uchun ham kasbiy etuklik darajasi ajratib ko‘rsatilmaydi, balki faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi.
6.1Abu Rayhon Beruniy asarlarida mehnat va mehnat tarbiyasi haqidagi qarashlari2.1.Abu Rayxon Beruniy ta`limiy ahloqiy qarashlari
(973 - 1048) Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning ikkinchi yarmi va XI asrning boshlarida, g`oyat murakkab tarixiy davrda yashadi va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyod (Kot) shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so`zi «tashqari» degan ma`noni anglatadi.{{{Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O`quvchiga bilim berishda:o`quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o`rgatavermaslik;uzviylik, izchillik; tahlil qilish va taqqoslash; ma`lumdan noma`lumga, yaqindan uzoqqa, soddan qiyinga qarab borish;takrorlash; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko`rgazmali bayon etish va hokazoga e`tibor berish kerakligi o`qtiriladi.Beruniy fan sohasidagi yodgorliklarni, ilmiy bilimlarga oid qoldirilgan barcha boyliklarni qunt bilan o`rganishga da`vat etadi. Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o`zi sezishi mumkin bo`lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, ochko`zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini o`qtirgan. Shuningdek, har bir xalqning o`ziga xos ta`lim usullari, yo`llari, shakllari borligini ta`kidlash bilan birga har bir xalqning ham o`qitish tizimi alifbodan boshlanishini ko`rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini o`qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi.Beruniy til va adabiyot, tarix, geografiya, geodeziya, biologiya, mineralogiya fanlari, tibbiyot va dorishunoslik, fizika, falakiyot ilmiga oid tadqiqotlarini o`zi targ`ib etgan nazariya hamda kuzatishlar natijasida amaliyotda sinab ko`rib, fanda haqiqat ustivor turishini ta`kidladi
Do'stlaringiz bilan baham: |