Fan: makroiqtisodiyot mavzu: xususiy tadbirkorlikni yaratishda ishsizlar o



Download 357,62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana06.01.2022
Hajmi357,62 Kb.
#321191
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Referat PDF

2.

 

Iqtisodiy davrlarni yuzaga kelish sabablari 

Iqtisodiy  tebranishlarning  asosiy  sababi  sifatida  iqtisodchilar  uch  omilni 

ko’rsatadi. Birinchi guruh olimlar iqtisodiy  tebranishlarning asosiy sababi texnika 

va texnologiyalarda ro’y beradigan o’zgarishlar deb hisoblaydilar.  Ularning fikricha 

fan-texnika yutuqlarini qo’llash natijasida iqtisodiyotda o’sish ro’y beradi. Masalan 

avtomobilning yaratilishi yoqilg’i sanoati, neft qazib chiqarish, ximiya, yo’l qurilishi 

materiallari  sanoatlarining  jadal  rivojlanishiga  sabab  bo’ldi.  Yangi  texnologiyalar 

ishlab  chiqarish  unumdorligini  bir  necha  baravar  oshirish,  ilgari  foydalanilmagan 

resurslarni ishga tushirish imkonini beradi. Texnik va texnologik yangiliklar doim 

ham yaratilavermasligi iqtisodiyotdagi tebranishlarga sabab bo’ladi. 

Olimlarning  yana  bir  guruhi  iqtisodiy  bosqichlarni  siyosiy  va  tasodifiy 

vaziyatlarga bog’lashadi. 

Bu  jarayonni  monetar  siyosatga  bog’laydigan  olimlar  ham  mavjud.  Ya’ni, 

davlat qanchalik ko’p pul bosib chiqarsa, uning qadri shunchalik kamayib boradi, va 

aksincha, pul miqdori qanchalik kam bo’lsa, ishlab chiqarish ko’lamining pasayishi 

va  ishsizlar  sonining  ortishi  shunchalik  tezlashadi.  Xullas,  iqtisodiy  bosqichlarni 

narxlashga  turli  xil  yondashuvlar  mavjud.  Ammo  barcha  iqtisodchilar, ishlab 

chiqarish va bandlilik darajalarini yalpi talab va boshqacha aytganda yalpi xarajatlar 

miqdoriga bog’liq, degan fikrni qo’llab-quvvatlaydilar. Chunki, korxonalar o’z tovar 

va xizmatlarini ularga talab bo’lsagina ishlab chiqaradi. Boshqacha aytganda, talab 

katta bo’lmasa, korxonalarda tovar va xizmatlarni katta miqdorda ishlab chiqarish 

foydali  emas.  O’z  navbatida,  ishlab  chiqarishda  bandlilik  va  daromadlar  darajasi 

ham, aynan shu sababli, past bo’ladi. Yalpi 



xarajatlar  miqdori  qanchalik  ko’p  bo’lsa,  ishlab  chiqarishning  o’sishi  katta  foyda 

olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarish, bandlilik va daromadlar darajasi ortib 

boradi. Iqtisodiy tebranishlar sabablarini, ularga ta’sir etuvchi omillarni o’rganish, 

iqtisodiy  tebranishlar  amplitudasini  qisqartirish  barcha hukumatlar  makroiqtisodiy 

siyosatining muhim maqsadlaridan biridir. 

Iqtisodiy  sikllarning  kelib  chiqish  sabablari  va  ularga  ta’sir  ko’rsatuvchi 

omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko’rinishdagi iqtisodiy sikl 

nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi. 

Ko’pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning ob’ektiv tavsifini 

tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish 

orqali  o’rganishni  tavsiya  qiladi.  Iqtisodiy  sikllarni  tashqi  omillarning  mavjudligi 

bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 

Tashqi  omillarga  iqtisodiy  tizimdan  tashqarida  yotuvchi  va  iqtisodiy 

hodisalarning  davriy  takrorlanishini  keltirib  chiqaradigan  omillar  kiritiladi.  Bu 

tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: 

-

 



urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; 

-

 



oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; 

-

 



yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migratsiyasi, 

er shari aholisi sonining o’zgarib turishi; 

-

 

ijtimoiy  ishlab  chiqarish  tarkibini  tubdan  o’zgartirishga  qodir  bo’lgan 



texnologiya, tadqiqotlar  va innovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. 

Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillari ta’sirida vujudga 

kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. 

Asosiy  kapitalning  jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan  eskirib,  xizmat  muddati 

tugashi  va  uning  yangilanishi  ko’pchilik  iqtisodchilar  tomonidan  iqtisodiy  siklni 

keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 

Agar  bir  yoki  bir  necha  tarmoqda  mashina-uskunalarga  talabning  keskin 

ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va 

uskunalar  to’liq  eskiradigan  har  10-15  yildan  keyin  takrorlanadi.  Fan-texnika 

taraqqiyoti  natijasida  bu  muddat  qisqarib  boradi  va  inqirozlar  tez  takrorlanadi. 

Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko’rsatiladi: 

-

 



shaxsiy iste’molning o’zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); 

-

 



investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi 

ish joylarini vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi; 

-

 

ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlat 



iqtisodiy siyosatining o’zgarishi. 

Iqtisodiy  tsikllarning  kelib  chiqishini  faqat  eksternal  yoki  internal  nazariya 

orqali tushuntirish to’g’ri bo’lmaydi. Iqtisodiy tsikl va umuman iqtisodiy tizimdagi 

miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida 




kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning tsiklli rivojlanishi sabablarini 

izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi. 

 


Download 357,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish