2.
Tanazzul
– tovarlar ortiqchaligi muayyan vaqt davomida asta-sekin
sarflanadigan davr (bir qismi past narxlarda, bir qismi buziladi). Tovarlarni sotish
qayta tiklanadi, narxlarni pasayishi to’xtaydi. Ishlab chiqarish hajmi bir muncha
ko’payadi, biroq savdo sust bo’ladi. Shuning uchun kapital sanoat va savdoda o’z
qo’llanilishini topmaydi, bankda saqlanadi va pul taklifini ko’paytiradi hamda ssuda
foizini me’yorini pasaytiradi.
3.
Jonlanish
– sanoat ishlab chiqarishining inqirozdan oldingi hajminiqayta
tiklash davri bo’lib, bu davr davomida narxlar, foyda, ish haqi ko’tariladi, uning
oqibatida ishlab chiqarish va bandlik darajasi asta-sekin to’liq bandlikka va
quvvatlarning to’liq yuklashga qadar, ya’ni cho’qqigacha oshib boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |