Misol keltirib ta’riflash. Bunda ta’riflanayotgan predmetning maz- muni uni boshqa predmetga o‘xshatish, tafovutlash orqali aniqlanadi.
Biz kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaydigan tu- shunchalarning ta’riflari yuqoridagi usullar orqali hosil qilingan.
Har bir fan doirasida qo‘llaniladigan atamalar qat’iy ta’riflangan bo'lib, ilmiy jamoat tomonidan qabul qilingandir. Bu ta’riflarni subyektiv xohishga ko‘ra o‘zgartirish mumkin emas. Kundalik hayotda qollaniladigan tushunchalar ijtimoiy hayot- dagi o‘zgarishlar, insonning yoshi, shaxsiy tajribasi, bilimi, dun- yoqarashi, ruhiy holati va boshqalar ta’sirida o‘zgarib turadi. Shu bois odamlar bir-birlarini tushunmasliklari, bir hodisaga nisbatan turli nuqtayi nazardan yondashishlari mumkin. Bunday holat- larda tomonlar avvalo bahsga sabab bo‘layotgan tushunchalarning mazmunini, ya’ni ta’rifini aniqlab olishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |