Qisman moslik munosabati
|
A — deputat.
B — huquqshunos.
|
Bo‘ysunish muno- sabati
|
A — tarix.
B — 0‘zbekiston tarixi
|
Birga bo‘ysunish muno- sabati
|
A — shifokor
|
B - kardiolog C - endokrinolog
|
Qarama-qarshilik muno- sabati
|
A - ta’m B - achchiq
|
C - shirin A
|
Zidlik munosabati
|
A - urush.
B - adolatli urush.
|
Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlarni bilish ularning maz- muni va hajmini aniqlashtirishga, aloqadorlik tomonlarini topish- ga yordam beradi. Masalan, «talaba» va «yoshlar yetakchisi» tushunchalari o‘rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi talabalar yoshlar yetakchisidir» degan mulohazani hosil qilish mumkin.
Tushunchalar bilan bajariladigan mantiqiy amallar
Thshunchalarni chegaralash va umumlashtirish. Tushunchani chegaralash — jins (hajmi keng) tushunchadan tur (hajmi tor) tu- shunchaga flkran o‘tishdan iborat. Tushuncha chegaralanganda jins tushunchaning mazmuniga tur tushunchani hosil qiluvchi belgilar qo‘shiladi. Masalan:
Inson —» ayol —>■ o‘zbek ayoli —> o‘zbek shoirasi —> shoira Uvaysiy. Chegaralash amali yakka tushunchada to‘xtaydi.
Thshunchani umumlashtirish tur (hajmi tor) tushunchadan jins (hajmi keng) tushunchaga flkran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, maz- mun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan: Olma daraxti —> mevali daraxt -> daraxt -> o‘simlik.
216
Umumlashtirish amali eng umumiy tushuncha — kategori- yalarda to‘xtaydi.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari ilmiy bilishda va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi.
Ta’riflashning struk- turasi
|
Aniqlanuvchi qism — mazmuni ochib berilishi lozim bo‘lgan tushuncha.
Aniqlovchi qism — aniqlanuvchi tushuncha- ning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar.
|
TaWlashning turlari
|
Nominal ta’rif — predmetni ifodalovchi tushunchaning ma’nosini aniqlovchi ta’rif.
|
Aniq real ta’rif — predmetning muhim belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash.
|
Aniq real ta’rifning 2 turi mavjud:
Yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta'riflash.
Genetik ta’rif.
|
Noaniq real ta’rifda tushuncha- ning mazmuni yordamchi vosita- lar orqali ochib beriladi.
|
Noaniq real ta'rifning 3 turi mav- jud:
Aksiomatik ta'rif.
Kontekstual ta’rif.
Induktiv ta’rif.
|
Ta’riflashning qoidalari
|
Ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi va aniqlovchi tushunchalarning hajmlari o‘zaro teng bo‘lishi shart.
Ta'rif aniq bo'lishi kerak, unda obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak, ya’ni aniqlovchi tu- shunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat qilish mumkin emas.
Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak.
|
Tushunchalarni ta’riflash (definitsiya). Har bir inson hayoti davomida tushunchalarning aniq ta’riflanishiga ehtiyoj sezadi, tushunchaning ta’rifiga asoslanib bilimga eja bo‘ladi, voqea va hodisalarga nisbatan o‘z munosabatini belgilaydi. Masalan, Majid Xavofiyning: «Sahiylik - bu (biror narsani) boshqa kishiga hech
217
qanday yomonlikni niyat qilmay va tamagirlikni o‘ylamay hamda shu narsaning qaytarilishiga umid bog‘lamay tuhfa qilishdir», — de- gan fikrini o‘qib, sahiylik tushunchasining mazmunini bilib olamiz. Tushunchaning mazmunini aniqlash, unga ta’rif berish demakdir.
Ta’riflash — definitsiya tushunchaning mazmunini ochib beruvchi mantiqiy amaldir.
Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar:
Tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta'riflash.
Tasvirlash — tushunchaning mazmunini u aks ettiruvchi predmet- ning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlash.
Tavsiflash — predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur bel- gilarini ko‘rsatish.
Ko‘rsatish (ostensiv ta’riflash) — predmetning o‘zini yoki suratini ko‘rsatish orqali ta’riflash.
Do'stlaringiz bilan baham: |