Abstraksiyalash, ya’ni mavhumlashtirish usuli yordamida predmet- ning sifat, xususiyatlari fikran ajratib olinib, tushunchada ifodala-
nadi.
Umumlashtirish usulida predmetlar umumiy, muhim xususiyatlariga ko‘ra sinflarga birlashtirilib, tushuncha hosil qilinadi.
Tushunchaning mazmuni va hajmi. Tushunchaning turlari. Har
bir tushuncha muayyan hajm va mazmunga ega. Tushunchaning hajmi unda fikr qilinayotgan predmetlar yig‘indisini aks ettiradi. Masalan, «orol» tushunchasining hajmi Yer yuzidagi mavjud bar- cha orollarni o‘z ichiga qamrab oladi. Tushunchani ifodalovchi so‘zda ko‘plik qo‘shimchasi «lar» bo‘lmasa ham, u umumiy hajm- ga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, inson, uy, davlat tushunchalari kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |