219
bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiiy tasniflashning klas- sik namunasidir.
Sun’iy tasniflash predmetlarning birorta nomuhim, umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Kutubxonadagi kitoblar kata- logi, lug‘atlarda so‘zlarning muayyan tartibda berilishi sun’iy tas- niflashga misol bo‘ladi. Sun'iy tasniflash bilimlarni tizimlashti- rishga yordam beradi.
Tasniflashda ham tushunchani bo‘lish qoidalariga amal qilish zarur. Tasniflar bilish va kundalik turmush jarayonida uzoq yillar davomida ishlatiladi, mavjud bilimlarimizni tizimga solish vosi- tasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fikr yuritishda tushunchalar bilan bog‘liq xatoliklar
Fikrning to‘g‘ri qurilishi va xatosiz, ya’ni chin bo‘lishi tu- shunchalarni o‘z o‘rnida, faqat bir ma’noda qo'llashga bog‘liq. Tushunchalarni noto‘g‘ri qo‘llash fikr mazmunining o‘zgarib ke- tishiga va turli mantiqiy xatolarga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |