Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik (ekzisten- sial) mulohazalari va munosabat (relyativ) mulohazalari. Atributiv (sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy ko‘rsatiladi. Shuning uchun atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (man- subligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb ta’riflasa bo‘ladi. Masalan, «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o'simlik hayvon emas».
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan mu- nosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan mulohaza- larga munosabat (relyativ) mulohazalari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki - uchdan kichik son». Birinchi mulohaza- da «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tas-
Do'stlaringiz bilan baham: |