Falsafa asoslari


Mazmuni bo‘yicha tushunchalarning turlari



Download 428,67 Kb.
bet249/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Mazmuni bo‘yicha tushunchalarning turlari

Misoliar

Konkret (aniq) tushunchalarda predmet o‘zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi.

«uy», «guldon», «trak- tor»

Abstrakt (mavhum) tushunchalarda predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, alohida aks ettiriladi.

«oq», «bosim», «qo‘r- quv»

Musbat (ijobiy) tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘]gan belgilar orqali fikr qilinadi.

«aqlli», «uyli», «hu- narmand»

Manfiy (salbiy) tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo‘lmagan belgilar orqali fikr qilinadi.

«aqlsiz bola», «hayosiz odam», «kuchsiz jang- chi», «foydasiz ish»

Nisbatdosh tushunchalar esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qiladi- gan, biri orqali boshqasini bilish mumkin bofigan predmetlarni yoki ularning belgi va xususiyatlarini aks ettiradi.

«ustoz va shogird», «qattiq va yumshoq», «sevinch va qayg‘u»

Nisbatsiz tushunchalar zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo‘lishini taqozo qil- maydigan, nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo‘lgan predmetlarni aks ettiradi.

«ustoz va shogird», «qattiq va yumshoq», «sevinch va qayg‘u»


Mazmuni noaniq tushunchalar. Kundalik hayotda va ilmiy bilishda qo‘llaniladigan shunday tushunchalar bor-ki, ularning mazmunini aniqlab bo‘lmaydi. Buning bir necha sabablari bor:

  1. Voqelikdagi buyum va hodisalar, ularning xususiyatlari ko‘p qirrali va murakkabdir. Masalan, «sevgi», «haqiqat» shun- day tushunchalar jumlasidandir. Bu tushunchalarni har bir inson o‘zicha talqin qiladi.

  2. Olamdagi barcha narsa va hodisalar doimiy o‘zgarishdadir. Ba’zan bu o‘zgarishlarning vaqt chegarasi noaniq bo‘ladi. Ma- salan, «yosh yigit», «qari odam» tushunchalarida «qachondan boshlab?» «qay vaqtgacha?» kabi savollarga aniq javob bo‘lmagani uchun, bu tushunchalarning mazmuni noaniqdir.

  3. Odamlar bir xil bo‘lgan obyektlarni har xil baholaydilar. Masalan, «zerikarli film», «qiyin vazifa», «yoqimli kuy» va h.k. Shunday tushunchalarga nisbatan «nima uchun?» degan savolni


213


qo‘ysak, hamma har xil javob beradi, natijada bu kabi tushuncha- larning aniq mazmunini bilib bo‘lmaydi, lekin tasavvur qilish mumkin. Bunday tushunchalar ilmiy adabiyotlarda yoki normativ hujjatlarda qo‘llanilganda ularning mazmuni qat’iy aniqlab olina- di. Masalan, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi dasturda «yoshlar», «yosh oila», «yosh mutaxassis» kabi tushunchalarning mazmuni qat’iy belgilangan
1.

Tushunchalarning mazmuni va hajmiga ko‘ra turlarini bilish fikrlash jarayonidagi noaniqliklarni bartaraf etishga, fikrni aniq va to‘g‘ri bayon qilishga yordam beradi. U yoki bu tushuncha- ning mazmuni va hajmiga ko‘ra qaysi turga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif berish deyiladi. Masalan:

Universitet — umumiy sanaladigan, to'plovchi, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.

Kentavr — bo‘sh hajmli, aniq, musbat, nisbatsiz tushuncha.

Bilimsiz — umumiy sanalmaydigan, mavhum, manfiy, nisbat- dosh tushuncha.

Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog‘liq bo‘lib, bu bogliqlik teskari nisbat qonunida ifodalanadi. Bu qonunga ko‘ra tushunchaning hajmi keng bo‘lsa, uning mazmuni tor bo‘ladi va aksincha, tushunchaning hajmi tor bo‘lsa mazmuni keng bo‘ladi.

Tushunchaning mazmuni va hajmi o‘rtasidagi teskari nisbat qonuni tushunchalar bilan olib boriladigan qator mantiqiy amal- lar asosida yotadi.



  1. Tushunchalar o‘rtasida munosabatlar

Avval ko‘rib o‘tganimizdek, tushunchalar hajmiga ko‘ra bir- biridan farq qiladi. Ba’zilarining hajmi keng, boshqalariniki tor, ba’zilarining hajmi boshqalarining hajmiga kiradi va h.k. Shu- ningdek, mazmuniga ko‘ra bir-biriga yaqin bo‘lgan («talaba» va «hunarmand») yoki juda uzoq bo‘lgan («qalam» va «tog‘») tu- shunchalar ham bor. Mazmuni biror umumiylikka ega bo‘lgan tushunchalarni o‘zaro taqqoslash mumkin, mazmuni bir-birdan


1 Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida. /0‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 34-son, 426-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda.



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish