210
omasligidan dalolat beradi. Ayrim so‘zlarning ko‘p ma’noliligi ba’zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo‘llanadigan til bilan ilmiy til bir- biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun’iy til va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi.
Termin (atama) ilmning har bir sohasida predmetlarni belgilash uchun faqat bir ma’noda qo‘IIani!adigan so‘z yoki so‘z birikmasidir.
Ilmiy tilda termin va tushuncha bir ma’noda qo‘llanadi.
Tushuncha va so‘z shakllanishiga ko‘ra ham bir-biridan farq- lanadi. So‘zning shakllanishida so‘z yasovchi qo‘shimchalar ishtirok etadi. Shuningdek, o‘zlashtirma (boshqa tillardan kirib kelgan) so‘zlar ham milliy tillarda yangi so‘zlarning shakllani- shiga sabab bo‘ladi. Tushuncha esa quyidagi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi:
Taqqoslash usulida predmetlarning sifat va xususiyatlari o‘zaro so-
lishtirilib, tushuncha hosil qilinadi.
Analiz — tahlil yordamida predmet uni tashkil qiluvchi qismlar, to- monlarga fikrda ajratilib, har qaysinisi haqida alohida tushuncha ho-
sil qilinadi.
Sintez usulida tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlar fikran bir-
lashtirilib, predmet haqida tushuncha hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |