1. Tushunchaning ta’rifi, tuzilishi va turlari Tushuncha tafakkur shakllaridan biri sifatida til orqali ifodalanadi.
Tushunchaning mohiyatini bilish uchun uning nom va so‘z
bilan qanday bog‘liqligini aniqlab olamiz.
Inson buyum va hodisalar haqida tushunchaga ega bo‘lish
uchun ularning nomlarini bilishi zarur. Olamdagi barcha jonli va
jonsiz mavjudotlarning, voqea va hodisalarning nomi bor. Nomlar
bilish va muloqotning zaruriy vositasidir. Buyum va hodisalarning
nomi tilni mavjud voqelik bilan bog‘lab turadi. Faraz qiling,
olamdagi hech bir narsaning nomini bilmasak, ular haqida tushunchaga
ega bo‘lishimiz, fikr yuritishimiz mumkinmi?
Nom nima? U tushuncha bilan aynanmi?Nom alohida predmetni
yoki predmetlar guruhini belgilovchi til ifodasidir. Masalan:
«Amur Temur» so‘zi temuriylar davlatining asoschisi bo‘lgan
buyuk bobokalonimizning nomini bildiradi; «o‘qituvchi» so‘zi
bilim beruvchi insonni, «qizil» so‘zi esa barcha buyumlardagi
qizil rangni ifodalaydi. Buyum va hodisalarga inson nom qo‘yadi
va nom tufayli ular haqida tushunchaga ega bo‘ladi. Bundan
209
ma’lum bo‘ladiki, nom til ifodasi bo‘lsa, tushuncha tafakkur
shaklidir.
Ttishuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafakkur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr
yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qiladigan
belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga
o‘xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni
ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish
faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoliyat
bilan shug‘ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq
qiluvchi turlarga bo‘linadi. Bir sinfga mansub boMgan hamma
predmetlarga xos bo‘lgan belgilar — umumiy belgilardir. Insonlar
sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shunday
belgilarga misol bo‘ladi. Biror belgining o‘zgarishi yoki yo‘q
bo‘lishi tushunchaning ham o‘zgarishi yoki yo‘q bolishiga olib
keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafakkur
qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o‘ziga
o‘xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruvchi
belgidir. Masalan, har bir inson o‘ziga xos individual belgilari
bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma’lum
belgilariga ko‘ra bir to‘plamga birlashgan predmetlarning birligini
ifodalaydi.