84
Mavzuga oid savol va topshiriqlar.
1.
Tektonik harakatlar qanday shakllanadi ?
2.
Yer yuzasida tektonik harakatlar eng faol hududlarga qaysi hududlar kiradi ?
3.
Tektonik harakatlar natijasida qanday jarayonlar shakllanadi ?
4.
Tektonik jarayonlar ta`sirida qanday relyef formalari hosil bo`ladi ?
5.
O`zbekistonning qaysi qismida tektonik harakatlar ko`p kuzatiladi ?
Zilzila tasirida vujudga keladigan tabiiy geografik jarayonlar
Yer po`sti va yuqori mantiyada qatlamlarning to`satdan siljishi, yorilishi va
sinishi natijasida hosil bo`ladigan zilzilalar ham relyef hosil qiluvchi muhim omil
hisoblanadi. Yerning ichki qismidan sirtiga tomon yo`nalgan kuchlanish ta`sirida
yer po`stining ayrim joylarida to`satdan yer silkinishiga zilzila deyiladi. Maʼlumki,
har yili sayyoramizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar
(seysmograflar) qayd etadi. Bulardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia boʻlib, imorat
va
inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo boʻlishiga, ming-
minglab insonlar yostigʻining qurishiga olib keladi.
Zilzilalar yer sharining tektonik jihatdan eng faol boʻlgan togʻ tizmalari
joylashgan hududlarda koʻproq boʻladi. Yer sharida sodir bo`ladigan
zilzilalar
asosan ikki yirik harakatchan mintaqaga to`g`ri keladi:
1. Tinch okeani mintaqasidagi zilzilalar barcha zilzilalarning 80 % ini tashkil
etadi. Bu mintaqaga eng chuqur yer yorig`i o`tgan hududlar kiradi. Ushbu
hududlardagi zilzilalarda giposentrning chuqurligi 700 km gacha boradi.
2. O`rta yer dengizi- Indoneziya mintaqasi.
Ushbu mintaqaga barcha
zilzilalarning 12 % i to`g`ri keladi.
Zilzila tufayli yer yuzidagi silkinishlar ballarda oʻlchanadi. Silkinishlar
epitsentrda eng kuchli boʻlib, undan uzoqlashgan sari kuchi pasaya boradi. Yer
qaʼridagi tektonik, harakatlar faollashgan qismi va uning tevarak atrofida fizikaviy
va kimyoviy jarayonlar ham faollashadi. Jumladan, togʻ jinslarining zichligi, elektr
oʻtkazuvchanligi, magnitik xossalari, elektromagnit toʻlqinlar tarqatish xususiyati,
85
yer sathining vertikal va gorizontal holati kabilar oʻzgarishi mumkin.
Mazkur
hududlarda mavjud boʻlgan burgʻi quduqlari orqali olinayotgan neft, gaz, suv
miqdori keskin oʻzgarishi, yer osti suvlarining kimyoviy tarkibi, mikroelementlar,
gazlar miqdori ham oʻzgaradi. Ushbu sanab oʻtilganlar zilzila sodir boʻlishi
arafasida keskin va koʻp miqdorda oʻzgarib, Zilzilaning
darakchilari sifatida
qaralishi mumkin. Ular Zilzilalarni oldindan aytib berish muammosini hal qilishda
juda muhim ahamiyatga ega. Bu borada Yer sharining seysmik jihatdan faol
boʻlgan barcha hududlarida koʻp yillik xalqaro
va milliy dasturlar asosida
toʻxtovsiz izlanishlar olib borilmoqda.
Bo`lib o`tgan kuchli zilzilalar yer yuzasiga katta ta`sir ko`rsatadi, kuchli
tabiiy geografik jarayonlarning sodir bo`lishiga sababchi bo`ladi.
Zilzilalar
natijasida yer yuzasida uzun va kengyoriqlar hosil bo`ladi. Masalan, 1911 yilda
Verniy (Almati) zilzilasi natijasida chuqurligi 3 metrli yoriqlar hosil bo`lgan. 1948
yilda Ashgabatda bo`lgan zilzila vaqtida uzunligi 100 metrgacha, eni 1 metrgacha
yoriqlar keliv chiqqan.
10
1966-y. 26-aprelda Toshkentda yuz bergan Zilziladan soʻng Oʻzbekiston FA
tarkibida 1966-y. oktabr oyida
Do'stlaringiz bilan baham: