21-rasm. G`arbiy Ustyurt chinklari.
81
Kuesta
(ispancha- qiyalik, tog` yon bag`ri) deb, asosiy tog` tizmasiga
parallel yo`nalgan tog` oldi qirlari yoki tog` tizimlariga aytiladi. Ular burmalar
qatoriga yuqoridan pastga emas, balki yonbag`ir bo`ylab yo`nalgan shaklda
bo`ladi. Kuestalar asosan alp tipidagi tog` tizmalariga xos yirik relyef shakllaridan
biri bo`lib, gumbazsimon ko`tarilgan qatlamlarning monoklinal (bir tomonlama)
yotgan holatida shakllanadi.
+
22–rasm. Qrim tog`laridagi kuesta relyef shakli
Qrim tog`lari uzunligi 150 km, eni 50 km gacha 3 qator tizmadan iborat.
Janubiy yoki Bosh tizma (eng baland joyi 1545 m, Babugan Yayladagi Roman-
Kosh tog`i) va 2 qator kuesta tipidagi tizmalardan iborat.
9
Kuesta – ispan tilida cuesta – tog’ qoyasi degan mazmun beradi.
O’zbek xalq tabiiy geografik terminlarida esa, uchma, qoya, zov tarzida
ifoda etilgan. Ular asosan alьp tipidagi tog’ tizmalariga xos yirik relьef
formalaridandir.
Kuestalar
gumbazsimon ko’tarilgan qatlamlarning
9
O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi 11-tom. 124 b
82
monoklinal (bir tomonlama) yotgan holatda shakllanadi. SHu boisdan kuesta
deb, asosiy tog’ tizmasiga yoki tizmalariga aytiladi. Ular ba’zan juda baland
xususiyatga ega bo’ladi.
O’zbekistonda kuesta relyefi Hisor tog’ tizmalarini tashkil etuvchi,
zinapoyasimon rivojlangan olti qatorlik tizmalarini tashkil etadi.Eng baland
va uzun kuestalar Kavkaz tizmasining shimoli g’arbida, sharqda Terek
daryosi bilan, G’arbda Belaya daryosi oralig’ida joylashgan bo’lib, u bir
necha yo’nalishlardan iborat (SHubaev. 300-b .)
Dastlabki kuesta relyefi tog’ oldi ko’tarilmalari-qirlar tarzida
nomoyon bo’ladi. Ikkinchi qator 1400 m.ga ko’tarilgan tog’ relьefini tashkil
etgan holda uchinchi qator kuestalar relьefi 3480 m.ga qadar ko’tarilgan
baland tog’lardan iborat.
Qrim tog’larining shimoliy yon bag’irlarida tik ko’tarilgan old qismi 340,
xatto 720 m.ga qadar ko’tarilgan holda uchraydi.
Sirt.
Turkiy o’zakdan iborat tushuncha bo’lib, o’zbek xalq tabiiy geografik
terminidir. Sirt atamasi tashqarida, orqa qismida degan mazmun beradi. Ular
asosan nadviglarning orqa qismini tashkil etadi. SHu boisdan sirt deganda
Tyanshanь tog’larida 3500-4000 m balandlikda joylashgan usti tekis, bilinar-
bilinmas to’lqinsimon tarzda rivojlangan qiya maydonlarni tashkil etuvchi
yalangliklar tushuniladi. Sirtlar tog’larning mezazoy erasida pasaygan va
tekislangan, hamda keyinchalik qayta ko’tarilgan qoldiqlaridir. Hisor tizmasida
sirtlar yuzasini yura davriga xos ohaktoshlar tashkil etganligi uchun o’ta kuchli
karstlangan, katta maydonlarni karst daxanalari, vodiylari, o’bqonlari, g’orlar bilan
qoplangan karrlangan dalalar tashkil etadi. Sirtlar bo’ylab qisman alьp o’tloqlari
rivojlangan holda iqlimi salqin, yozi qisqa, qishi davomli, seryog’in (800-1000 mm
dan ziyod) ekanligini ko’ramiz. SHu boisdan sirtlardan yozgi o’tloqlar sifatida
foydalaniladi.
83
Do'stlaringiz bilan baham: |