F. S. Meliboyeva tabiiy geografik jarayonlar



Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/72
Sana14.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#666664
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
fayl 1983 20211005

Termoeroziya 
– abadiy muzlab yotgan xududlarning oqar suv ta’sirida erib 
yemirilishi tufayli vujudga keladi. Natijada jarliklar, pastqamliklar, vodiylar 
vujudga keladi. Termoeroziya tufayli yuz berayotgan yemirilish chizig’i ko’pincha 
termokarst, tufayli hosil bo’lgan pastqamliklar tomon yo’nalgan bo’ladi. Bunday 
vodiylarda tez-tez erimasdan saqlanib qolgan abadiy muzloq yerlarning qoldiqlari 
tepaliklar tarzida uchraydi. Ular fanda boyjaraxlar deya ataladi. Boyjaraxlarning 
balandligi bir necha metrdan, bir-necha o’nlab metrga yetadi. 
Soliflyuktsiya
– bu tushuncha lotincha ma’no kasb etib, solum-tuproq, 
luchus-oqim degan mazmun beradi. Demak, soliflyuktsiya jarayoni tufayli 
muzlagan yonbag’irlarning harorat ta’sirida erib oqmalar tarziga kirishi 
tushuniladi. Soliflyuktsiya baland tog’larda uchragani kabi abadiy muzlab yotuvchi 
xududlarda ham kuzatiladi. Soliflyuktsiya suvga to’yingan gruntning o’z og’irlik 
kuchi tufayli yon bag’ir bo’lib, quyiga tomon oqishini ta’minlovchi asosiy kuch 
gravitatsiya, tuproq massasining muzlash hamda erish tufayli ortib kamayish, suv 
haroratining 0
0
dan 4
0
ga qadar o’zgarishi tufayli zichligining kamayishi, 
kalloidlarning bo’kib xajman oshishi tufayli yuzaga keladi. Soliflyuktsiya tufayli 
grunt yuzasi bir fasl davomida bir necha dm dan, bir necha metrga qadar 
xarakatlanishi, natijada esa soliflyuktsiya supalarining vujudga kelishi, ayrim 


68 
pastqamliklarning tekislanishi kuzatiladi. 
Zandr tekisliklari- (
Datcha sandur-qum, yoki islandcha sand-qum) materik 
muzliklarining chekka qismlarida morena jismlarining muz suvlari yuvib ketishi va 
qayta yotqizishi natijasida hosil bo’lgan qum, shag’al, qisman xarsang, chag’ir 
toshlar aralash tekisliklar. Zandr tekisliklari flyuvioglyatsial (muzlik suvlari 
keltirgan) qum keltirmalar bilan qoplangan keng maydonlardir. Muzlik eriganda 
uning tagidan oqib chiqqan suvlar ko’plab qum-shag’al oqizib kelgan. Bu suv 
oqimlari pastqam joylarga borib o’zidagi oqiziqlarni qoldirgan. 
Qumlarning yotqizilish va zandrlarning hosil bo’lish sharoiti muzlikdan 
oldingi tekisliklarning nishabiga bog’liq. Bu tekisliklarning ba’zilari muzlikdan 
tashqariga tomon nishab, boshqalari muzlikka tomon nishab bo’lgan.
Zandr tekisliklarining qumli yuzasi, shuningdek ko’l tekisliklari muzlikdan 
keyingi davrda shamol ta’sirida bo’lib, ularda ko’hna dyunalar deb ataladigan eol 
relьefi shakllari vujudga kelgan. 
Drumlinalar-
cho’ziq-tuxumsimon shakldagi, uzun o’qi muzlik yo’nalishga 
parallel bo’lgan tepalar acosiy morena tepalarning bir xilidir. Ularning uzunligi 
500-2500 m, kengligi 150-400 m, balandligi 5-45 m. Drumlinalar odatda to’da-
to’da bo’lib joylashadi va katta maydonlarni qoplaydi. Har bir drumlina tagida tub 
jinslar yadrosi bo’ladi. Turtib chiqqan bu tub jinslar muzda yoriq hosil qilgan va 
shu yoriqqa asosiy morenaning parcha jinslari to’plangan. Muz erigach, bu jinslar 
cho’kib, drumlina tepaligini hosil qilgan. 
Muzlikdan oldingi relьef tekis joylarda muzlik erkin va bir tekis harakat 
qilgan, unda yoriqlar hosil bo’lmagan. Bunday sharoitda muzlik keltirmalari bir 
tekis yotqizilib, Ilmen tekisligi kabi morena tekisliklari vujudga kelgan. 


69 

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish