F. S. Meliboyeva tabiiy geografik jarayonlar


-rasm. Muzlik qoplami maydoni



Download 2,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/72
Sana14.06.2022
Hajmi2,61 Mb.
#666664
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
fayl 1983 20211005

16-rasm. Muzlik qoplami maydoni. 
1.
 
Muzlik; 2-oxirgi morena; 3-zandr tekisligi; 4-ozlar; 5-kamlar; 6-muz 
ko`llari; 7-drumlinalar. 
 
Kamlar
-yakka-yakka yoki to’da-to’da bo’lib joylashgan tepalar. Morena 
yotqiziqlari relyefi hududida, ayniqsa uning shimoliy qismida kamlar ko’p. Kamlar 
tepasi yumaloq, tuxumsimon yoki noto’g’ri shaklda bo’lib yonbag’irlari tik, biroq 
umumiy ko’rinishi har doim doirasimon bo’ladi. Kamlarning nisbiy balandligi 30-
40 m ga yetadi. Ba’zan katta maydonda to’da-to’da bo’lib joylashgan kamlar 
o’ziga xos kam relьefi hosil qiladi.
Morena tepaliklaridan farq qilib kamlar saralangan materiallardan asosan qum 
va qumloqlardan, shag`aldan tarkib topgan. Tepaliklarda qumlar lentasimon 
shaklda uchraydi. Kamlarni tashkil etgan materiallarning saralanganligi ularning 
suvda vujudga kelganligini ko’rsatadi. Qumli qatlamlarning lentasimon ekanligi 
kamlarning ko’l suvida paydo bo’lganligini ko’rsatadi g’o’latoshlarning mavjudligi 
esa, bu ko’llarning muzlik ko’llari ekanligidan dalolat beradi. 
Kam relyefi muzlik qalqonining chekkasida muzlik qisqarayotganda paydo 
bo’lgan. Muzlikning chekka qismini yoriqlar va muzlikning erigan joylari ayrim 
qismlarga-“tillarga” bo’lib qo’ygan. Muzliklar orasida va joy relьefida past-
balandliklarning bo’lishi ko’pdan-ko’p ko’llarning vujudga kelishiga sabab 


70 
bo’lgan. Flyuvioglyatsial (muzlik suvi) oqimlar mineral jinslar keltirib to’plagan. 
Muzlik chekkasining murakkab parchalanganligi kamlarning betartib joylashishiga 
olib kelgan.
Oz
– (shved tili ozach yoki oz tizma) uzun, yonbag`ri tik va ensiz qirlar 
bo`lib, ular asosan muz to`xtagan joyda tor va uzun qirlar tarzida oxirgi morena 
marzalarida hosil bo`ladi. Ozlarning tarkibi qum, shag’al, xarsang toshlardan 
iborat. Ularni uzunasiga 30-40 km, kengligi asosida 40-100 m, o’rkach qismida 4-5 
m, balandligi 25-30, ba`zan 90 m gacha yetadi. Ozlar muzlik suvlari qoldirgan 
dioganal qat-qat yoki gorizontal yotqiziqlar bo’lib, ular muzlik uzoq davrlar 
saqlanib qolgach, erigan muzlik suvi keltirgan loyqa deltalar xosil qilib, o’sha 
deltalar tuzilishiga ko’ra turli o’lchamlardan iborat bo’ladi. Ular muzliklarning 
ko’lami, saqlanish davriga bog’liq holda shakllanadi.
Qo’y peshonalar
– materik muzliklari siljishi natijasida o`z yo`lida yer 
yuzasiga chiqib qolgan qoyalarga uchrashi va ularni yemirib silliqlashi va unga 
qarama-qarshi tomoni esa bir muncha tik bo`lishi bilan shakllanadi. Natijada yer 
yuzasiga chiqib qolgan qoyatoshlarning bir tomoni qo`yning peshonasi kabi 
bo`rtgan holatdagi relyef ko`rinishiga ega bo`ladi. Ularning silliqlangan yuzasida 
muz hosil qilgan chandiqlar, harakatdagi muzga yopishib qolgan toshlar tirnagan 
chiziq va jo`yaklar hosil bo`ladi. Bir qancha “Qo`y peshonalari” top`lami “jingalak 
qoyalar”ni hosil qiladi.

Download 2,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish