Mavzu: Kinematika asoslari. Moddiy nuqtaning harakati. - Tug`ri chizikli tekis harakat. Harakatning nisbiyligi. Tug`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat. Jimlarning erkin tushishi. Aylana buyicha tekis harakat.
Fizika so`zi grekcha «fyuzis» so`zidan kelib chiqqan bulib, u tabiat degan ma`noni anglatadi. Bu suzni fanga birinchi marta qadimgi yunon mutaffakiri Aristotel` kiritgan. Tabiat haqidagi fanlar orasida fizika ma`lum darajada alohida o`rin egallaydi, chunki u materiya harakatining barcha asosiy va eng umumiy shakllarini o`rganadi. - Fizika so`zi grekcha «fyuzis» so`zidan kelib chiqqan bulib, u tabiat degan ma`noni anglatadi. Bu suzni fanga birinchi marta qadimgi yunon mutaffakiri Aristotel` kiritgan. Tabiat haqidagi fanlar orasida fizika ma`lum darajada alohida o`rin egallaydi, chunki u materiya harakatining barcha asosiy va eng umumiy shakllarini o`rganadi.
- Ba`zan fizik hodisalarni kuzatish uchun inson tabiiy sezgi organlari etarli bo`lmaydi. Bu holda inson o`zi ixtiro qilgan o`lchash asboblari, ya`ni turli xil nihoyatda aniq asboblar erdamida kuzatuv olib boradi. Kuzatish natijalari – faktlarni sistemalastirish, ba`zan maxsus tajriba (eksperiment) amalga oshirish yo`li bilan materianing u eki bu xususiyati tekshiriladi va turli xususiyatlari orasida mavjud bulgan umumiylik va o`zaro bog`liklik aniqlanadi.
Fizik kattaliklar va ularning o`lchov birliklari. - Fizika qonuniyatlari u eki bu hodisa (ob`ekt) larning miqdoriy xarakteristikalari orasidagi munosabatlar tarzida ifodalanadi. Bu miqdoriy xarakteristikalar fizik kattaliklar deb ataladi. Barcha fizik kattaliklarni ikki gruppaga ajratish mumkin` ulchash mumkin bulgan fizik kattaliklar (uzunlik, massa...) va formulalar asosida xisoblash mumkin bo`lgan kattadiklar (hajm, zichlik ...).
- Fizik kattaliklarni ulchash uchun birliklar tanlab olinadi. O`lchash mumkin bo`lgan fizik kattaliklarning birliklari etalonlarga ega. Fizik kattalikning qiymati deganda mazkur kattalik etalondan necha marta farqlanishini ko`rsatadigan son tushuniladi. Fizik kattaliklarning birliklari davlat standarti tarihasida qo`llanilishi nazarda tutilgan. Mazkur standart fizik kattaliklar birliklarining halqaro sistemasi (SI) dan foydalanishni joriy etdi. SI da ettita birlik asosiy birlik sifatida va ikkita birlik qo`shimcha birlik safatida qabul qilingan.
Mexanika. - Mexanika fizika fanining bir bo`limi bo`lib, u materiya harakatining eng oddiy ko`rinishlari-jismlarning bir-biriga nisbatan ko`chishlarini o`rganadi. Mexanika uch qismdan iborat.
- 1. Jism harakatini mazkur harakatga ta`sir ko`rsatuvchi sabablar bilan bog`lamagan holda o`rganuvchi qismi kinematika deb ataladi.
- 2. Jism harakati va unda ta`sir etuvchi kuchlar orasidagi munosabatlarni dinamika aniqlaydi.
- 3. Kuchlar ta`siridagi jismdar muvozanatini statika tekshiradi.
Moddiy nuqtaning harakati. - Mexanik harakat deganda jismning vaqt o`tishi bilan boshqa jismlarga nasbatan vaziyatining o`zgarishini tushunamiz. Masalan, zarb bilan tepilgan to`pning harakati, avtomashinaning yo`l bo`ylab harakati, bir necha vagondan tashkil topgan eshalonning harakati, erning Quesh atrofidagi va hokazo.
Tug`ri chiziqli tekis harakat. - Tug`ri chiziqli traektoriya bo`yicha ilgarilanma harakat qilaetgan moddiy nuqta ixtieriy, lekin teng vaqt oraliqlarida bir xil masofaga ko`chsa, tug`ri chiziqli tekis harakat sodir bo`ladi. Tug`ri chiziqli harakatda moddiy nuqtaning bosib o`tgin yo`li va kuchishi ustma-ust tushadi. Shuning uchun moddiy nuqtaning tug`ri chiziqli harakatda bosib o`tgan yo`l uzunligi va ko`chishi aynan teng bo`ladi.
Tug`ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat. - Moddiy nuqtaning teng vaqt oraliqlaridagi ko`chishlari teng bo`lmagan harakatini notekis harakat deyiladi. Boshqacha aytganda, vaqt utishi bilan tezligi uzgaradigan haraat o`zgaruvchan harakat deb ataladi. Harakatlanaetgan moddiy nuqtaning tezligi vaqt utishi bilan ortib borgan holda tezlanuvchan harakat kamayib borgan holda esa sekinlanuvchan xarakat amalga oshaetgan bo`ladi.
Jismning aylana buyicha tekis xarakati. - Moddiy nuqtaning traektoriyasi egri chiziqdan iborat bulsa, egri chizikli xarakat sodir buladi. Egri chiziqli harakatda kuchish vektori traektoriya bilan ustma-ust tushmaydi. Shuning uchun egri chiziqli harakat tug`ri chiziqli harakatga nisbatan ancha murakkab. Egri chiziqli harakatlardan biri-moddiy nuqtaning aylana bo`yicha tekis harakati bilan tanishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: - M.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.: 1998 y.
- Fizika o`qitish metodikasi asoslari. A.V.Perыshkin va boshq. tahrir ostida. T.: 1990 y.
- E.e.Evenchik, S.Ya.Shamash, A.V.Orlov. O`rta maktabda fizika o`qitish metodikasi. (Mexanika). T.: 1989 y.
- O`rta maktabda fizika o`qitish metodikasi. S.Ya. Shamash tahriri ostida (Molekulyar fizika. Elektrodinamika). T.: 1992 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |