Drumlinalar-cho'ziq-tuxumsimon shakldagi, uzun o'qi muzlik yo'nalishga parallel bo'lgan tepalar acosiy morena tepalarning bir xilidir. Ularning uzunligi 500-2500 m, kengligi 150-400 m, balandligi 5-45 m. Drumlinalar odatda to'da- to'da bo'lib joylashadi va katta maydonlarni qoplaydi. Har bir drumlina tagida tub jinslar yadrosi bo'ladi. Turtib chiqqan bu tub jinslar muzda yoriq hosil qilgan va shu yoriqqa asosiy morenaning parcha jinslari to'plangan. Muz erigach, bu jinslar cho'kib, drumlina tepaligini hosil qilgan.
Muzlikdan oldingi relbef tekis joylarda muzlik erkin va bir tekis harakat qilgan, unda yoriqlar hosil bo'lmagan. Bunday sharoitda muzlik keltirmalari bir tekis yotqizilib, Ilmen tekisligi kabi morena tekisliklari vujudga kelgan.
16-rasm. Muzlik qoplami maydoni.
Muzlik; 2-oxirgi morena; 3-zandr tekisligi; 4-ozlar; 5-kamlar; 6-muz ko'llari; 7-drumlinalar.
Kamlar-yakka-yakka yoki to'da-to'da bo'lib joylashgan tepalar. Morena yotqiziqlari relyefi hududida, ayniqsa uning shimoliy qismida kamlar ko'p. Kamlar tepasi yumaloq, tuxumsimon yoki noto'g'ri shaklda bo'lib yonbag'irlari tik, biroq umumiy ko'rinishi har doim doirasimon bo'ladi. Kamlarning nisbiy balandligi 3040 m ga yetadi. Ba'zan katta maydonda to'da-to'da bo'lib joylashgan kamlar o'ziga xos kam relbefi hosil qiladi.
Morena tepaliklaridan farq qilib kamlar saralangan materiallardan asosan qum va qumloqlardan, shag'aldan tarkib topgan. Tepaliklarda qumlar lentasimon shaklda uchraydi. Kamlarni tashkil etgan materiallarning saralanganligi ularning suvda vujudga kelganligini ko'rsatadi. Qumli qatlamlarning lentasimon ekanligi kamlarning ko'l suvida paydo bo'lganligini ko'rsatadi g'o'latoshlarning mavjudligi esa, bu ko'llarning muzlik ko'llari ekanligidan dalolat beradi.
Kam relyefi muzlik qalqonining chekkasida muzlik qisqarayotganda paydo bo'lgan. Muzlikning chekka qismini yoriqlar va muzlikning erigan joylari ayrim qismlarga-“tillarga” bo'lib qo'ygan. Muzliklar orasida va joy relbefida past- balandliklarning bo'lishi ko'pdan-ko'p ko'llarning vujudga kelishiga sabab bo'lgan. Flyuvioglyatsial (muzlik suvi) oqimlar mineral jinslar keltirib to'plagan. Muzlik chekkasining murakkab parchalanganligi kamlarning betartib joylashishiga olib kelgan.
Oz - (shved tili ozach yoki oz tizma) uzun, yonbag'ri tik va ensiz qirlar bo'lib, ular asosan muz to'xtagan joyda tor va uzun qirlar tarzida oxirgi morena marzalarida hosil bo'ladi. Ozlarning tarkibi qum, shag'al, xarsang toshlardan iborat. Ularni uzunasiga 30-40 km, kengligi asosida 40-100 m, o'rkach qismida 4-5 m, balandligi 25-30, ba'zan 90 m gacha yetadi. Ozlar muzlik suvlari qoldirgan dioganal qat-qat yoki gorizontal yotqiziqlar bo'lib, ular muzlik uzoq davrlar saqlanib qolgach, erigan muzlik suvi keltirgan loyqa deltalar xosil qilib, o'sha deltalar tuzilishiga ko'ra turli o'lchamlardan iborat bo'ladi. Ular muzliklarning ko'lami, saqlanish davriga bog'liq holda shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |