F. S. Meliboyeva tabiiy geografik jarayonlar



Download 0,81 Mb.
bet1/63
Sana21.05.2023
Hajmi0,81 Mb.
#941897
TuriУчебник
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63

F. S. Meliboyeva


TABIIY GEOGRAFIK
JARAYONLAR
Mazkur o'quv qo'llanmada tabiiy geografik jarayonlar, ular haqidagi tadqiqotlarning rivojlanishi hamda hosil bo'lishiga ko'ra tasniflanishi haqida tushunchalar berilgan.Shu bilan birga o'quv qo'llanmada nurash, suv, gravitatsion kuch, eol jarayonlar, muzliklar, tektonik kuchlar hamda antropogen ta'sir tufayli shakllangan jarayonlarni nazariy jihatdan yoritib berilgan.
Ushbu qo'llanma Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
Настоящие учебное пособие дает понятие о физико-географических процессах, истории научного исследования и классификации их по генетическому происхождению. В том числе, в этом учебном пособие освещаются вопросы о их происхождении в связи с тектоническими силами, климатическими факторами, водными потоками, деятельностью ледников и антропогенных сил.
Учебник предназначен для студентов высших учебных заведений.
This manual book provides insights into physical geographical processes, their development and classification. At the same time, the manual describes the theoretical processes that are caused by weathering, water, gravitational forces, crustal processes, glaciation, tectonic forces and anthropogenic effects.
The manual book is intended for students of higher educational institutions.
Taqrizchilar:
V.Yu. Isaqov- Qo'qon davlat pedagogika instituti “Geografiya o'qitish metodikasi”
kafedrasi professori, b.f.d;
A.A. Hamidov- Farg'ona davlat universiteti “Geografiya” kafedrasi katta o'qituvchisi, g.f.n.
KIRISH
Hozirgi kunda pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak geograflarni tayyorlashda asosiy fanlardan biri Tabiiy geografik jarayonlar kursidir. Bu fan orqali talabalar Yerning ichki va tashqi kuchlari ta'sirida shakllanuvchi (endogen va ekzogen) jarayonlar, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va ushbu jarayonlar natijasida hosil bo'lgan relyef shakllarini o'rganadilar. Tabiiy geografik jarayonlarni o'qitish orqali talabalarga o'zlarini yashash joylari va Yer yuzasida bo'layotgan tabiiy geografik jarayonlar va ularning mohiyati, oldini olish chora tadbirlarini o'rganishni targ'ibot qiluvchi pedagoglar yetishtiriladi.
Tabiatda sodir bo'ladigan barcha jarayonlar tashqi va ichki kuchlar ta'siri natijasida yuzaga keladi. Bu fanning vazifasi tabiiy geografik jarayonlarni tabiiy omillar ta'sirida shakllanadigan ya'ni nurash, eroziya, sel, surilma, karst, vulkan va zilzila kabilarning kelib chiqish sabablarini o'rganish va sodir bo'lish jarayonlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Tabiatda sodir bo'layotgan jarayonlarga ta'sir qiluvchi sun'iy omillar, masalan, sho'rlanish, ikkilamchi sho'rlanish, botqoqlanish, cho'llanish, agroeroziya kabilarni tahlil qilish, ularni oldini olish choralarini ishlab chiqish yo'llarini o'rgatishdan iborat.
Ushbu kursni o'rganish orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  1. Tabiiy geografik jarayonlarni o'rganishni ilmiy va amaliy ahamiyatini tahlil qilish;

  2. Tabiiy geografik jarayonlarni kelib chiqish sabablari va ularni tasniflash;

  3. Tabiiy geografik jarayonlar natijasida hosil bo'lgan relyef formalarini izohlash.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish