Tabiiy geografik jarayonlar fanidan talabalar quyidagi bilimga ega bo'ladilar.
-tabiiy geografik jarayonlarning shakllanishi va rivojlanish qonuniyatlari;
-tabiiy geografik jarayonlarning turlari va ularni hosil bo'lishiga ko'ra tasniflash;
-yerning ichki kuchlari ta'sirida shakllanadigan tabiiy geografik jarayonlar (zilzila, vulkanlar otilishi) ni ahamiyati;
-iqlim omillari ta'sirida shakllanuvchi tabiiy geografik jarayonlar (nurash, deflyatsiya, korraziya, akkumulyatsiya) ni shakllanishini;
-suv faoliyati tufayli yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar (o'zan va qirg'oq eroziyasi, kasrt, suffoziya, abraziya, botqoqlanish, sho'rlanish) ni rivojlanishini;
-muzliklar ta'sirida hosil bo'luvchi tabiiy geografik jarayonlar (termoabraziya, termoeroziya, soliflyuksiya, termokarst, termoakkumlatsiya, altiplinatsiya, ekzaratsiya) ni ahamiyatini.
-grovitatsion kuch yetakchiligida yuzaga keladigan tabiiy geografik jarayonlar (surilma, soliflyuksiy, ko'chki) ni hosil bo'lishini;
-antropogen ta'sir tufayli shakllanadigan tabiiy geografik jarayonlar (sho'rlanish, ikkilamchi sho'rlanish, botqoqlanish, cho'llanish, agroeroziya, suv omborlar qirg'og'ining abraziyaga uchrashi) ni ahamiyatini.
Yuqoridagi fikrlardan ma'lumki, tabiiy geografik jarayonlar haqida puxta bilim beradigan va ularni kelib chiqish sabablari hamda oldini olish chora - tadbirlarini chuqur mulohaza yuritib tushuntira oladigan geograflarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Ushbu o'quv qo'llanmani tayyorlashda quyidagilarni nazarda tutdik: talabalarni nazariyada olgan bilimlarini mustahkamlash; jarayonlarni genetik jihatdan tasniflash; tahlil qilish, baholash; mavzular yuzasidan tegishli xulosalar chiqarish; amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirish; ularda mustaqil ishlash qobiliyatini yanada takomillashtirshdan iborat.
Tabiiy geografik jarayonlar haqida tadqiqotlarni rivojlanishi
haqida ma'lumotlar qoldirganlar.
Tabiiy geografik jarayonlar hozirda eng yosh va rivojlanayotgan fanlardan biri hisoblanadi. Lekin bu fanni rivojlanish tarixi qadimgi davrlarga borib taqaladi. Tarixiy davrlarda tabiiy geografik jarayonlar to'liqligicha o'rganilmagan bo'lsada, o'sha davrda yashab o'tgan geograflar, tarixchilar o'z zamonalarida bo'lib o'tgan ma'lum bir tabiiy geografik jarayon va uning hosil bo'lishi to'g'risida o'zlarining tarixiy va ilmiy geografik asarlarida ma'lumot yozib qoldirganlar. Jumladan O'zbekistonda o'rta asrlarda yashagan buyuk mutafakkirlar Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Abdulla Jayxoniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Qoshg'ariy, Zahiriddin Muhammad Bobur o'z asarlarida o'lkamizdagi relyef shakllari (tog'lar, vodiylar, qirlar va b.), ularning shakllanish taraqqiyoti va ularga yerning ichki va tashqi kuchlarining ta'siri, relyef shakllarining kelib chiqishida tog' jinslari tarkibining ahamiyati, daryo yo'nalishining o'zgarganligi
Do'stlaringiz bilan baham: |