Kimyoviy nurash. Fizik nurash natijasida jinslar (uvalanadi) parchalanadi, ba'zan eziladi. Tog' jinsiga erkin kislorodning ta'sir etishi natijasida ayniqsa jins orasiga suvning o'tib borishidan u yerda ximiyaviy reaksiya bo'lib ximiyaviy nurash yuz beradi. Kimyoviy nurash qattiq minerallarning yana ham ko'proq maydalaiishiga yordam beradi.
Nurashning bu turi asosan suv, havo (SO2 va O2) hamda mikroorganizmlar ta'sirida kechadi. Ma'lumki, barcha tog' jisnlari suv ta'sirida ma'lum miqdorda eriydi. Ayniqsa, suv tarkibida erigan korbonat angdrid miqdori ko'paysa, bu jarayon yanda kuchayadi. Erigan karbonat angdrid esa, atmosfera yog'inlari tarkibida ko'proq uchraydi, chunki qor yomg'ir suvi uni havodan ko'proq yutib oladi. Natijada atmosfera yog'inlarining tog'da erishidan hosil bo'ladigan karbon kislotasi jinslarini erituvchanlik darajasi keskin oshadi. Karbonat angidritning suvda erishidan hsil bo'ladigan karbon kislotasi silikatlarni parchalab, ularing tarkibidagi kremnozyomni xaydab chiqaradi, kislotaning o'zi esa silikat metallariga qo'shiladi va ular bilan birgalikda turli karbonat kislota tuzlarini hosil qiladi, bu tuzlarning ko'pchiligi har holda oson eriydi. Qiyin eriydigan monokorbonatlar (kalsiy karbonat) karbon kislota ishtirokida oson eriydigan biokarbonatlarga (kalsiy gidrokarbonatga) ham aylandi. Bundan tashqari, suv suvsiz minerallarga qo'shilishi va ularni suvli minerallarga aylantirishi mumkin. Masalan qizil temirtoshning limonatga, angdritning gipsga aylanishi ushbu jarayonga misol bo'ladi. Shunday qilib ximik nurash natijasida tog' jinsi tarkibidagi dastlabki murakkab minerllar, oddiyroq minerallarga parchalanadi (Kelesnik 1966).
Biologik nurash- O'simlik va organizmlarning tog' jislariga ta'siri natijasida sodir bo'ladi. Biologik nurashda organik dunyoning roli katta. V.I. Vernadskiy (1920), keyinroq B.B. Polinov (1923) mikroorganizmlarni, o'simliklarni suvda va quruqlikda nurash jarayonini borishida hamda jins paydo bo'lishida ahamiyatini ko'rsatib berdilar. Bunda yer yuzidagi o'simliklar asosiy omillardan hisoblanadi. O'simliklarning ildizi tog' jinslari orasiga yorib kirib, ularni turli bo'laklarga ajratadi va darzlarni kengaytiradi. Chirigan ildizlardan kirgan suv tog' jinslarida muzlab, nurash jarayonini tezlashtiradi. Qoyalardan ajralib singan yirik jins parchalari qiyalikning quyi qismida, maydalari esa yuqorisida to'planadi. Yerdagi mikroorganizmlar tog' jinslari orasida ko'p miqdorda g'ovak hosil qilib ularni yemiradi.
Biologik nurashda organik dunyoning roli katta. V.I. Vernadskiy (1920), keyinroq B.B. Polinov (1923) mikroorganizmlarni, o'simliklarni suvda va quruqlikda nurash protsessini borishida hamda jins paydo bo'lishida ahamiyatini ko'rsatib berdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |