6 -rasm. Karst ko'li.
Respublikamizda 100 ga yaqin katta-kichik karst ko'llari mavjud bo'lib, ularning aksariyati kosalarining tagi g'ovakdor, kuchli karstlangan tog' jisnlaridan tashkil topganligi sababli infltratsiya ba'zan esa inflyuatsiya jarayoni kuchli ravishda kechadi natijada, karst dahanasi yoki vodiysi bo'ylab to'plangan suv tezda yer ostiga shmilib yoki quyilishi tufayli qurib qoladi. Bunday “efemer” mavsumiy karst ko'llari biron tektonik yoriqlar yo'nalishi bo'ylab keng tarqalganligini ko'ramiz.
Infltratsiya - gidrologik oqimning tuproq, qum, shag'al va h.k. to'rtlamchi davr yotqiziqlari orqali yer ostiga shimilishi.
Inflyuatsiya - gidrologik oqimning karst o'bqonlari, quduqlari, shaxtalari orqali pastki qatlamlarga to'g'ridan-to'g'ri quyilishi.
G'oyib bo'luvchi daryolar. Yer ostiga, ya'ni quyi qatlamlarga to'g'ridan- to'g'ri quyilib, ko'zdan g'oyib bo'luvchi daryolar kuchli karstlangan xududlar uchun eng xususiyatli ko'rinishlardan biridir. CHunki gidrologik oqim o'zan tubida shakllangan karst o'bqonlari yoki karst quduqlari orqali to'g'ridan-to'g'ri gidrogeologik oqimga aylanib inflyuatsiya jarayonini yuzaga keltiradi. Natijada o'zan bo'ylab xarakatlanayotgan oqim to'satdan g'oyib bo'ladi va g'oyib bo'luvchi daryolarga aylanadi. SHunisi xususiyatliki g'oyib bo'luvchi daryolar me'yoriy ko'rsatkichlariga ko'ra mavsumiy hamda muttasil oquvchi turkumlarga mansub bo'lishi mumkin.
Mavsumiy xususiyatga ega bo'lgan g'oyib bo'luvchi daryolar yomg'ir, erigan qor suvi bilan to'yinganligi tufayli bahor va kuz fasligagina xos davrlarda kuzatilishi muikin. Qish faslida bunday daryolar nisbiy balandlikning yuqoriligi, havo haroratining pastligi tufayli faoliyat ko'rsatmagan holda, yozning issiq kunlarida ham yog'in-sochinni tashkil etuvchi kuestlar yo'nalishiga parallel rivojlangan soy tubidagi Zindanak karst qudug'i (chuqurligi 320 m) bahor va kuz fasllaridagina inflyuatsiya o'chog'iga aylangan holda, shu davrda oqimga ega bo'lgan soyning mavsumiy g'oyib bo'luvchi daryoga aylanishiga sababchi bo'ladi. Bunday daryolar korbonatli, sulbfatli karst massivlarida ko'p uchraydi va ular inflyuatsiya nuqtasida karstning mavsumiy rivojlanishiga sababchi bo'ladi.
G'oyib bo'luvchi daryolarning me'yoriy ko'rsatkichi turg'un holda kuzatiladigan turlari aksariyat hollarda yer osti suvlaridan to'yinadi. Yoki bunday turdagi daryolar goh yer yuzasiga chiqib, goho yana g'oyib bo'lib oqishda davom etadi. Suvsiztog'ning Ponjobsoy darasi boshlanishida ana shunday g'oyib bo'luvchi daryo mavjud bo'lib, bu yerda 5 l/s atrofida suvi bo'lgan jilg'a gips qatlamlari bo'ylab inflyuatsiyaga uchraydi va karstning muttasil rivojlanishiga sababchi bo'ladi.
Ushbu jarayonlarning yuzaga kelishida denudatsiya muhim rol o'ynaydi.
Denudatsiya - lotincha denudatio-ochilib qolish demakdir. Bu holat karst jarayonining asosiy maxanizmini tashkil etadi.
Bu jarayon tufayli tog' jinslarining yuvilishi va relyefining pastqam joylarda to'planishi yuz beradi. Eroziya (oqar suvlar), abraziya (dengiz va ko'l suvlari) karst va suffoziya (gidrologik va gidrogeologik oqim), ekzaratsiya (muzliklar ta'sirida) tog'jinslari bo'lakchalarining boshqa joylarga ko'chirib olib borilishidir. Denudatsiya natijasida tog' jinslari yemirilib, peneplenlashadi.
Karst jarayoni rivojlanayotgan hududlarda uning yer osti hosilalari ham shakllanadi. Yer osti karst xosilalari turkumiga karstlangan yoriqlar, karst quduqlari, karst shaxtalari, g'orlar hamda ko'r yer osti karst bo'shliqlari mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |