Karst hodisasi (Bu nom Bolqon yarim orolidagi Dinara tog‘ligining shimoli-g‘arbiy chekkasidagi ohaktoshli Karst platosi nomidan) — tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomit, bo‘r, gips, tuz)ning suvda erishi natijasida sodir bo‘ladigan hodisa. Karst hosil qiluvchi tog‘ jinslari yer sharida 51 mln. km2 ga yaqin maydonni egallaydi. Karstning rivojlanishi uchun suv harorati yuqori bo'lishi shart. Karst yer yuzidan chuqurlashgan sari kamayib boradi. Karstlar ochiq va yopiq turlarga bulinadi. Karstlanuvchi tog‘ jinslari yer ustida yotsa, Karstning karr, voronka, quduq, g‘orlar kabi shakllari ochiq (yalang‘och) karst deyiladi. Bunday karstlar O‘rta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va O‘rta Osiyoning ba’zi joylarida bor. Karstlanuvchi tog‘ jinslarining usti qum va boshqa jinslar bilan qoplangan bo‘lsa, yopiq karst deyiladi. Karst G‘arbiy Yevropa, Amerika, Avstraliyada, Qrim yarim orolda, Kavkazda, Sharqiy Yevropa tekisligining ko'pgina qismida, Sibir va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Karst tarqalgan joylarda yer usti suvlari juda kam. Yog‘inlarning hammasi karstga yoki tog‘ jinslaridagi yoriqlarga singib ketadi. Karstlanuvchi tog‘ jinslariga singigan suv vodiylarda yer yuziga buloq shaklida chiqadi. Bunday buloqlar O‘zbekiston hududida (Nurota, Tomdi, Zarafshon, Chatqol, Turkiston tog‘lari etaklarida) keng tarqalgan bo‘lib, aholini suv bilan ta’minlashda ahamiyatli. Karst tarqalgan joylarda gidrotexnik inshoot, ko‘p qavatli imorat, temir yo‘l qurish noqulay. Gidrotexnik inshoot (Norak, Chorvoq va b. GES) lar, binolar, yullar qurishdan oldin Karst hodisasi sinchiklab o‘rganiladi. Karst turli qazilma boyliklarni qazib olishda ham ancha qiyinchiliklar (shaxtalar qazishda tog‘ jinslari mustahkamligini bo‘shashtiradi, shaxtalarni suv bosib ketadi) tug‘diradi.11
5-rasm. Karst jarayonining shakllanishi.
Karst jarayonini ilmiy o'rganish jahonning ko'pgina mamlakatlarida keng yo'lga qo'yilgan, natijada rus platfrmasi, Ural, Kavkaz, Albp. Appenin, Bolqon yarim oroli, Kordilbera, And tog'lari, janubiy Xitoy, V'etnam, Yaponiya kabi O'rta Osiyo tog'lari qisman tekislik (Ustyurt platasi) larida ham o'rganila boshladi. N.A.Gvozdetskiy, O.Yu.Poslavskaya, M.A.Abdujabarov, Ya.A.Leven,
M.M.Mamatqulov, A.A.Kreyter, A.Mamatov, Z.S.Sultonov, P.Ataev, M.A.Xashimov, A.Alimov, V.I.Kucheryavix, R.X.Xalimov, K.R.Aripov, I.I.Otajonov, A.Nizomov kabi olimlar O'rta Osiyoning turli regionlarida karstning
turli muammolari bilan shug'ullandilar. Natijada karstning genetik-litologik, geomorfologik turlari, gidrologik, gidrogeologik xususiyati ilmiy va xo'jalik ahamiyati kabi ko'plab muammolari yoritildi. Jumladan M. Mamatqulov
tomonidan karstlarni ilmiy o'rganish natijasida quyidagi ishlar amalga oshirilgan: -O‘rta Osiyoda tarqalgan karst jarayonlari va karst relyef shakllarining morfologenetik klassifikatsiyasi yaratilgan;
O‘rta Osiyo misolida karst jarayonlarining tarqalish va taraqqiy etish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
O‘rta Osiyo hududida 1800 ga yaqin yer osti karst bo‘shliqlari (karst g‘orlari, quduqlari, shaxtalari) mavjudligi aniqlangan;
O‘zbekistonning tog‘oldi va tekislik qismlarida yer yuzasidan turli chuqurliklarda shakllangan bir qancha karstlangan suvli gorizontlar borligi aniqlangan va ularning tarqalish xaritasi tuzilib, bu borada ish olib boruvchi tashkilotlarga tavsiyanomalar berilgan;
O‘rta Osiyoning tog‘li va tog‘oldi mintaqalarida ko‘plab yer osti karst bo‘shliqlaridan chiqayotgan buloqlar borligi aniqlangan, ularning joylanishi, suvining sarfi, rejimi, harorati, kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatlari o‘rganilgan va ulardan foydalanish maqsadida tegishli tashkilotlarga tavsiyanomalar berilgan;
O‘rta Osiyo hududida topilgan va tekshirilgan bir qancha yer osti karst bo‘shliqlarida marmar oniksi, oltingugurt, aragonit, boksit, mumiyo singari kelib chiqishi karst jarayonlari bilan bog‘liq foydali qazilmalar borligi aniqlangan va ulardan foydalanish tavsiyanomalari ishlanib, bunday foydali qazilmalarni qidiruvchi tashkilotlarga topshirilgan;
- O‘zbekiston yer osti karst bo‘shliqlaridan turizm va boshqa maqsadlarda foydalanish va ulardan foydalanishda muhofaza qilish ishlariga asosiy e'tiborni jalb etish masalalari ishlab chiqilgan;
Karbonatli (oxaktosh, dolomit, mergel), sulfatli (gips, angidrid), xloridli (tuz, tosh tuz) kabi jinslar karst jarayoni davomida tektonik yoki qisman mexanik yoriqlar bo'ylab harakatlanayotgan yer usti va yer osti suvlari ta'sirida oson eriydi.
Natijada yer usti va yer ostida turli shakllarda bo'shliqlar hosil bo'ladi. Ularni ilmiy va amaliy jihatdan o'rganish juda muhimdir. Karst jarayoni shakllanish hususiyatlariga qarab ochiq hamda yopiq karst jarayonlariga bo'lib o'rganiladi.
Suvda eriydigan jinslar bevosita yer yuzasiga chiqib yotgan joylardagi karst ochiq karst deyiladi. Yog'inlar miqdori katta va karstlashishga xalaqit beruvchi jinslar tez yuvilib ketishi natijasida doim ochiqligicha qoladi. Ochiq karstning ko'payishiga o'rmonlarni kesish, tuproq qoplamini yuvilib ketishiga imkon yaratilishi asosiy sabablardan biridir. Bunday karstlar O‘rta dengiz atrofi mamlakatlarida, Qrim, Kavkaz va O‘rta Osiyoning ba’zi joylarida bor.
Ochiq karst relyefiga karrlar, karst, voronkalari, karst quduqlari, soyliklar, qoldiq balandliklar kiradi.
Karrlar- yong'ir va qor suvlarining eroziya ishi va karstlanuvchi tog' jinslarining eritilishi natijasida hosil bo'lgan chuqur (1-2 m gacha) va tor, bir- biriga parallel bo'lgan jo'yaklar hisoblanadi. Ular yoriqli jinslar qoplagan tik yonbag'irlarda hosil bo'ladi. Bunday shakllarni Shoximardon xavzasida Yordondagi Qiziltog'ning tik qoyasida kuzatish mumkin.
Karrlar ko'p uchraydigan joylarni karr dalalari deyiladi. Ushbu hududlar esa eng noquloy yerlar hisoblanadi. Vaqtlar o'tishi bilan karrlar nurash natijasida o'z qiyofasini o'zgartiradi.
A. Nizomov tomonidan karrlar quyidagi guruhlarga bo'lib o'ragnilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |