Suffoziya (latincha suffosio-qazish), ya'ni suvli qatlamdagi uvoq tog' jinslari mayda mineral zarralarining undan sizib o'tayotgan suv bilan pastga olib ketilishi va buning natijasida tog' jinslarining cho'kib qolishidan iborat. Suffoziya, fanda psevdokarst (psevdo-yolg'on degan ma'no beradi), ya'ni yolg'onchi karst deb ham ataladi. Chunki suffoziya shakllanish jarayoniga ko'ra, karstni eslatadi. Ammo karst jarayonida ko'proq denudatsiya eritish va qisman yuvib olib chiqib ketish jarayoni ishtirok etgani holda, suffoziya jarayonida esa yuvib olib chiqib ketish katta rol o'ynaydi.
Atmosferadan namlanish ortiqcha bo'lgan zonalarda suffoziya va eroziya jarayonlari birgalikda ro'y beradi. Suffoziya jarlarning o'sishini tezlashtiradi, tikyonbag'irlarda surilma va o'pirilmalarga sabab bo'ladi. Arid iqlimi tekisliklarda, ayniqsa dasht zonasida, suffoziya iatijasida atrofi berk sayoz chuqurliklar hosil bo'ladi. Ularning eni 10-15 m, chuqurligi 1-2 m keladi. Ba'zi suffozion chuqurliklarda tagi yassi sayoz ko'llar joylashgan.
Suffoziya tarqalgan maydonlar yuzasida aylana sifat chuqurliklari o'pirishlar va voronkalar hosil bo'ladi. Ularning ko'pchiligi qiya tekis yuzalarda yoki nishabligi katta bo'lmagan yonbag'irliklarda sodir bo'ladi. Ularning o'lchami juda katta bo'lmaydi (diametri 10-20 m, chuqurligi 1-8 m), lekin ular birlashib keng o'yilgan pastqamliklarni hosil qilishi mumkin. Ayniqsa, yonbag'irliklarda suffozion botiq relyef-sirklar paydo bo'ladi. Shunday qilib, suffozion hodisalar ta'sirida yer yuzasidagi relyef shakllari murakkablashadi va erozion jarayonlar kuchayadi.
Suffozion ko'llar nurash po'stining ustki qavatlaridagi oson harakatlanadigan va eruvchan tog' jinslarini grunt suvlari olib ketishi natijasida gruntning cho'kishidan hosil bo'ladi. G'arbiy Sibir tekisligining dasht qismidagi va Qozog'iston hamda Markaziy Osiyodagi ko'pdan-ko'p ko'llar suffoziya natijasida paydo bo'lgan.
Mavzuga oid savol va topshiriqlar.
Suv ta' sirida qanday tabiiy geografik jarayonlar shakllanadi?
Vaqtincha o'zansiz oqar suvlar qanday shakllanadi?
Vaqtincha o'zanli oqar suvlar, o'zansiz oqar suvlardan qanday farqlanadi?
Doimiy o'zanli oqar suvlarga nimalar kiradi?
Jarlanish qanday, qaysi omillar va qaysi hududlarda shakllanadi?
Andesedent vodiylar va ularning shakllanishi to'g'risida nimalarni bilasiz?
O'zan va qirg'oq eroziyasini shakllanish sabablari nimalardan iborat?
Sel qanday va qaysi hududlarda shakllanadi?
Selning salbiy va ijobiy xususiyatlari to'g'risda nimalarni bilasiz?
O'zbekistonda karst jarayoni kimlar tomonidan tadqiq etilgan?
1 1 .Karst qanday turlarga bo'linadi?
Yer yuzidagi eng yirik karst g'orlari qaysilar?
Karst quduqlari qanday hosil bo'ladi?
Suffoziya nima?
Suffozion ko'llar qanday shakllanadi?
Gravitatsion kuch tufayli yuzaga keluvchi tabiiy geografik jarayonlar
Gravitatsion kuch ta'sirida surilma, soliflyuktsiya, nivatsiya va deflyuktsiya kabi tabiiy geografik jarayonlar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |