A B
10-rasm. A- Surilma; B-Surilmaning ko'ndalang kesimi.
1-massiv asosi; 2-surilmajinslari; 3-surilma o'zani; 4-surilma tili; 5-turg'un suv;
6-surilma zamini deformatsiyasi; 7-uzilish devori.
Surilmalar tog‘li hududlar xo‘jaligiga katta zarar yetkazadi. Ularga qarshi yon bag‘irlarda o‘simliklar ekish, suvli qatlamga tushadigan suv miqsorini kamaytirish va b. tadbirlar amalga oshiriladi. O‘zbekistonda 2 mingga yaqin Surilma maydonlari qayd etilgan bo‘lib, ularda so‘nggi 40 yil davomida 8 ming chamasida mayda va yirik Surilmalar ro‘y bergan. Avtomobil yo‘llari, kanallar, konlar, suv omborlari chekkasidagi qiyaliklarda texnogen Surilmalar soni 1980-y. dagidan 3—4 barobarga ortdi. O‘zbekistonda Surilmalar, asosan, Chirchiq, Ohangaron vodiylari tog‘ yon bag‘irlarida, G‘alvasoy, Xo‘jakent, Ohangaron, Zag‘anasoy va b. joylarda, shuningdek, Tojikiston va Qirg‘izistonda ko‘proq sodir bo‘ladi. Surilma dunyoning juda ko‘p regionlarida uchraydi. Aholi yashaydigan joylarda vayronagarchiliklarga olib keladi. YUNESKO qoshida 2002-y. da S bo‘yicha Xalqaro konsern tashkil etilgan.
Soliflyuksiya-lotin tilida solum-tuproq, fluchus-oqim, ya'ni grunt qatlamining oqishi degan mazmun beradi. Ushbu jarayon tuproq-gruntlarni fasliy muzlashi kuzatiladigan tekislik va tog'larda, aynisa muzloq yerlarda kuzatiladi. Soliflyuksiya faol qatlamda, ya'ni issiq faslda muzloq yerlar erib, sovuq faslda muzlaydigan qatlamda yuz beradi.
(S.G.Bochu).
Soliflyuksiya asosan doimiy muzloq yerlarda va tog'li hududlarning baland mintaqalariga to'g'ri keladi. Ushbu hududlarda grunt qatlam deyarli yi bo'yi muzlab yotadi (ushbu qatlamlarning qalinligi 20 sm dan, 1,5 m gacha boradi)va havo harorati ilishi natijasida muzlarning faqat yuza qismigina eriydi xolos. Bu qatlam muzlarning erishidan va yog'inlardan to'yinib suyuq massaga aylanadi va gravitatsion kuch ta'sirida pastga tomon (qiyalik 30 dan oshganda) sekinlik bilan oqa boshlaydi. Suyuq massaning qalinligi 20-60 sm, tezligi yiliga 3 metrdan 10 metrgacha yetadi.
Soliflyuktsiyaning geografik tarqalishi asosan abadiy muzloq yerlar va baland tog' mintaqasiga xos xududlarga to'g'ri keladi. Bunday joylarda grunt yilning aksariyat qismida muzlab yotadi, qisqa vaqt davomida yerning yuza satxigina qisman eriydi. Qor qoplamining muntazam erishi, yomg'ir yog'ishi natijasida esa, nam tuproq yanada ko'proq bo'kadi. Natijada og'irligi oshib, gravitatsion kuch ta'sirida quyiga tamon sekinlik bilan oqa boshlaydi. Bu xarakatni anglatuvchi bir necha tashqi ko'rsatkichlar mavjud:
O'sha yerda mavjud bo'lgan daraxtlar yirik buta va simyog'ochlarning yalpi qiyshayib qolishi;
Yo'llarning deformatsiya olishi;
Zinapoyasimon, sufasimon yalanglik do'ngliklarining shakllanishi;
Hosil bo'lgan do'ngliklarning old qismida qurumlarning to'planishi.
Qurumlar, turli o'lchamdagi tog' jinsi parchalarining yon bag'ir bo'ylab tartibsiz sochilib, uyulib yotishidir.
Qurum-yoqut tilidan o'zbekchaga ag'darilganda tosh degan mazmun beradi. Qurumalar tufayli tosh dengizlari, tosh daryolari shakllanadi. Tosh daryolari qurumlarning chiziqli yo'nalish bo'yicha tarqalishi, tosh dengizlari esa qurumlarning keng yalangliklar bo'ylab shakllanishidir.
Soliflyuktsiya natijasida suvga bo'kib, yumshagan va qiyalik hamda gravitatsion kuch tufayli siljish darajasiga yetgan gruntning harakati juda sust kechadi. Bu ko'rsatgich turli sharoitda turlicha bo'lishi mumkin. Bu jarayon mobaynida siljiyotgan gruntning sovuq ta'sirida muzlashi hamda harorat birmuncha iligach erib, zarrachalarining yanada maydalanishi uning harakatini faollashtiradi. Bu ko'rsatgich 5-100 qiyalikdagi yon big'irlar bo'ylab atiga bir necha sm bir fasl bo'yicha esa bir necha metrga yetishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |