12-rasm. Namib cho'lidagi barxan
Ko'pincha barxanlar yaxlit qum massivlarida hosil bo'ladi. Shu sababli to'da- to'da bo'lib joylashadi va bir-birlari bilan ulanib barxan zanjirlarini hosil qiladi. Barxan zanjirlarining kengligi ularning pastki qismida 800-1000 m gacha, balandligi esa O'rta Osiyo cho'llarida 75 m gacha, Taklamakon cho'lida esa 100 m gacha yetadi. Ba'zi cho'llarda barxan zanjirlarining uzunligi 20 km gacha yetadi. Barxan zanjirlari shamol ta'sirida juda sekin harakat qiladi. Ular shamol juda kuchli bo'lganda ham o'z joylaridan siljimasliklari, faqat ustki qismlari va yonbag'irlarigina o'z shaklini o'zgartirishi mumkin..
Cho'llarda barxanlar va barxan zanjirlariga nisbatan qumlarning ingichka va uzun tizmalari ko'p tarqalgan. Bu qum tizmalari tog'ri yoki egri chiziq bo'ylab cho'ziladi. Ba'zan tizmalar uzunasiga butunlay tugab yana boshlanishi mumkin. Shuning uchun ular dengiz to'lqinlari ko'rinishini beradi. Ularning balndligi va hajmi tulicha bo'lib, uzunligi esa shamol yo'nalishiga qarab bir necha 100 km gacha cho'zilishi mumkin. Masalan, Liviya hududida bunday tizmalarning uzunligi 700 km ga yetadi.
Dyuna (nemischa-qum tepa)-shamol ta'sirida dengiz, daryo, ko'l sohillari bo'ylab, balandligi 10-30 ba'zan 300 m bo'lgan qum tepaliklaridir. Dyunalar ham barxanlar singari yarimoy shaklida bo'ladi. Bunday tepaliklar asta-sekin ko'payib, o'zaro birlasha boshlaydi va dyunalar-ko'ndalang qum tizmalarini keltirib chiqaradi. Bu tizmalarning dengiz (shamol esayotgan) tomoni yotiq va quruqlik tomoni ancha tikdir. Dyunalarning umumiy ko'riishi cho'llardagi barxanlar va qum tizmalariga juda o'xshaydi. Dyunalarning barxanlardan farqi shundaki, birinchidan dyunalar hosil qilgan qumlar suvning qirg'og'idagi tog' jinslariga ta'sir etishidan hosil bo'ladi, ikkinchidan, barxanlar faqat cho'llarda hosil bo'lsa, dyunalar esa har qanday tabiiy sharoitda, yer sharining hamma kengliklarida hosil bo'lishi mumkin,uchinchidan dyunalarni tashkil qilgan qumlar barxan qumlaridan tarkibi bilan farq qiladi. Dyunalar hosil qilgan qumlar suvda erimaydigan tog' jinslaridan iborat.
Dengiz va okean bo'ylaridagi dyunalarning balandligi turlicha, masalan Boltiq dengizi bo'yidagi dyunalarning balandligi 40-60 m, O'rta Dengiz qirg'oqlarida esa 150-200 m balandlikda dyunalar uchraydi. Ularning harakat tezligi ham bir xilda bo'lmay, agar shamol kuchli bo'lsa, kichik dyunalar bir sutka davomida 2-3 m gacha, hajmi juda katta dyunalar esa bir yil davomida 1-20 m gacha siljiydi. Dyunlarning quruqlik ichkarisiga siljishi juda zarar yetkazadi. Ular ekinzorlar, o'rmonlar va aholi yashaydigan joylarni bosib, qum ostida qoldirishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |