Materik muzliklari bilan bog'liq holda shakllangan tabiiy geografik
jarayonlar
Yer sharining har ikkala qutbida havo harorati doimiy manfiy darajaga ega bo'lganligi sababli materik muzliklarisi ushbu hududlarga to'gri keladi va ularni muzlik qalqonlari deb ham yuritiladi. Materik muzliklarining chekka qismlarida grunt qatlam havo harorati pastligi sababli doimiy ravishda muzlab yotadi. Shu sababli ushbu hududlarni doimiy yoki muttasil muzloq yerlar deyiladi. Doimiy muzlab yotuvchi yerlarning yuza qismi garchand yilning iliq fasllarida bir-necha o'n sm dan bir necha m gacha erisada, gruntning quyi qismi doimo muzlagan holda kuzatiladi.
Materik muzliklari asosan qor yog'ishi va qisman atmosferadagi namlik hisobiga to'yinib, hajmi oshadi. Hosil bo'lgan muz qatlami relbefning holatiga ko'ra egilib bukiluvchanlik, siljib harakatlanuvchanlik, havo haroratining ko'rsatgichi musbat darajaga yetganda esa eruvchanlik, hamda aksincha harorat manfiy darajaga yetganda, qattiqlashish hususiyatiga egadir. Masalan Гренландия ва Антарктида музлик қалқонларида музнинг ҳаракати кунига 3-30 см, яъни йилига 10-130 м. Бироқ бу қалқонлардан ажралиб чиққан музликлар тоғ музликларига қараганда ҳам тезроқ-секундига 300 см дан 2700 см гача ёки йилига 1 км дан 10 км гача тезлик билан ҳаракат қилади.
Materiklardagi doimiy muzloqlar o'z og'irlik kuchi tufayli siljib yer yuzasi 10 qiyalikka ega bo'lgan hududlarda shakllangan 60-65 m qalinlikdagi muz massasi siljib harakatlanishga tushadi. Qiyalik ortib borgan sari, muz massasining qalinligi ko'rsatilgan darajada bo'lishi shart emas. Masalan, 450 qiyalikdagi hosil bo'lgan 1,5-2 m qalinlikdagi muzlik ham siljish xususiyatiga ega. Aynan shu harakat ta'sirida turli xil tabiiy geografik jarayonlar shkllanishiga sababchi bo'ladi
Muz yuzasining harakatlanishi davomida tartibsiz, notekis harakatga kelishiga taroslar deyiladi. Ular ta'sirida muzliklarning o'rta qismida juda katta bosim vujudga kelib, yuzasining balandligi 10 m, ba'zi holatlarda undan ham yuqori bo'lgan muz qatlamlari, yuqori qismi qirrador, ba'zan birmuncha yotiq, tik yonbag'irli muz do'ngliklari vujudga keladi. Tarosli dalalar o'nlab, ba'zan yuzlab km larga cho'zilib ketadi. Shu boisdan taroslar bo'ylab harakatlanish juda qiyinlashadi. Taroslar muzlikning harakatiga munosib ravishda qisqa muddatlar ichida ham shaklini o'zgartirib turishi mumkin.
Materik muzliklari va orol tarzida tarqalgan muz qoplami juda katta, yaxlit va qalin muzlardan iborat bo'lib, ular orollarni, hatto butun bir materik-Antarktidani qoplab yotadi. Yer yuzasida muzlik osti relbefi aks etmaydi. Muz yuzasi yassi, do'ng bo'lgani uchun uni muz qalqoni deb ham ataydilar.
Materik muzlari harakati jarayonida ayrim joylarda birmuncha tez harakat qiladi, bir xil joylarda esa deyarli harakat qilmaydi. Harakatdagi muzliklar odatda vodiy muzliklari shaklida bo'lsada, ular tog'lardagi kabi tizmalar yonbag'ri bilan emas, balki sust harakat qiluvchi muz massalari bilan chegaralanadi. Muz qalqonlari chetida joylashgan va dengizga borib tushadigan harakatlanuvchi muzliklar ajralib chiquvchi muzliklar deb ataladi. Bunday muzliklar muz qoplamining ichkarisidan boshlanib, dengizga tomon muz tillari shaklida siljishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |