Surilma — tog‘ jinslarining gravitatsion jarayonlar ta’sirida yon bag‘ir bo‘ylab pastga tomon siljishi. Surilgan tog‘ jinslarining hajmi bir necha o‘n m3 dan 1 mlrd. m3 gacha bo‘lishi mumkin. Surilma massa (tana), uzilish devori, sirpanish yuzasidan iborat. Qalinligi 1 m dan 20 m gacha va undan ortiq bo‘ladi. Surilmaning yuzaga kelishiga, asosan, yon bag‘irlar ostki qismida tayanchlarning yo‘qolishi yoki kamayishi sabab bo‘ladi. Ular esa yon bag‘irlarning suv yuvishi natijasida yemirilib qiyaligini ortishi, tog jinslarining nurash yoki yog‘ingarchilik
va yer osti suvlari ta’sirida ortiqcha namlanishi sababli jinslar mustahkamligining kamayishi, seysmik harakatlar, joyning geologik sharoitlari hisobga olinmay, olib borilayotgan qurilish va boshqa xo‘jalik faoliyatlari (yon
bag‘irlarda yo‘llar qurilishi, bog‘ va ekinzorlarni ortiqcha sug‘orish va h. k.) oqibatida kelib chiqadi. Siljishning, asosan, 4 tipi farq qilinadi: sirpanish — bunda zo‘riqish qulab tushishi pog‘onasiga yetadi; yuvilish — yer osti eroziyasi vujudga kelib, qatlamlar orasi erib oqadi; suyulish — yon bag‘irlarda suvga to‘yingan qumgilli va lyossli jinslarda seysmik tebranishlar natijasida suv utkazmaydigan 2 qatlam oralig‘idagi loysimon massa oqib chiqadi; sudral ib tushish — doimiy bosim ostida sekin asta deformatsiyalanish. Surilma larning yuzaki, loyli oqim, seysmogen turlari ham bor. Seysmogen Surilmalar hajmi katta, chuqur, shiddatli bo‘ladi [mas, Usoy (1911), Fayzobod (1943,1947), Burchmulla (1946), Hait (1949), Hisor (1989) va b. surilmalarning aniq vaqtini oddindan aytish kiyin, chunki u meteorologik, gidrogeologik va seysmik omillar bilan bog‘liq. Surilma ko‘p hollarda suvli va suv utkazmaydigan gilli qatlamlar navbatlanib joylashgan, yon bag‘irlar ostini suv yuvib ketgan joylarda ro‘y beradi. Yuzasining qiyaligiga kaiab juda yotik (5°). yotik (5—15°). Surilma pogonalari yoki dongliklor tikroq (15—45°), tik (45°) yon bag‘irlarda sodir bo‘ladigan Surilmalar mavjud. Yuzasining chuqurligi yuza (1 m gacha), sayoz (5 m gacha), chuqur (20 m gacha) va juda chuqur (20 m dan ziyod) bo‘lishi mumkin. Sathi bir necha m2 dan 500 — 600 m2 gacha.
Surilmaning tuzilishi va tarkibiga nisbatan: turli tarkibli jinslarning qatlamlarida va bu qatlamlarning ulanish joylarida; tektonik buzilish zonalaridagi darzliklardagi bir jinsli bo‘lmagan to‘ldirgichlarda; tog‘ jinslarining ulanish joylarida va sun’iy inshootlar (filtr, drenaj va boshqalar)dan to‘kilgan materiallarda rivojlanadi. Surilma tog‘ jinslari tarkibi va tuzilishisining o‘zgarishiga, ularning g‘ovakliligi va suv o‘tkazuvchanligini ortishiga, mahkamliligini pasayishiga olib keladi. Natijada ustki qatlam cho‘kib, yuqorida diametri 10 m gacha, ba’zan 100500 m gacha bo‘lgan mayda va yirik halqasimon chuqurlar hosil bo‘ladi. S. natijasida yumshagan jinslar tog‘ yon bag‘irlarida ko‘chki hosil bo‘lishiga imkon yaratadi. Inshootlar asosidagi tog‘ jinslarda Surilma ularning notekis cho‘kishiga, shaklini o‘zgartirishiga va buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |