Nazorat topshiriqlari
1. Zoogeografiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
to ‘g ‘risida so ‘zlab bering.
2. Zoogeografiya fanining bo ‘limlari, tadqiqot va rivojlanish
yo ‘nalishlari to ‘g ‘risida tushuncha bering.
3. Qaysi fanlar zoogeografiyaning rivojlanishida muhim ahami
yatga ega?
4. Zoogeografiyaning nazariy va amaliy ahamiyati nimalardan
iborat?
5. Zoogeografiyaning fan sifatida rivojlanishiga hissa qo ‘shgan
olimlar va ularning ishlari haqida nimalarni bilasiz?
I BOB. BIOSFERA VA UNING TARKIBI
1.1. Hayvonlaming biosferada tarqalishi
va yashash muhitlari
Biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida hayvonot dunyosining
biosferadagi o‘mi va yashash muhitlarini har tomonlama o‘rganish
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Insonning o‘zi ham biosferaning
ajralmas qismi ekanligini inobatga olganda, mazkur masalaning dol
zarbligi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. Inson modda va energiya
almashinuvi jarayonida hayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvo-
sita munosabatda bo‘ladi. Biosferaning har bir komponentini va ular
orasidagi munosabatlaming mohiyatini tushunish kelajakda ekologik
barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Biosferaning yil
lik mahxsuldorligi, biomassasi va uning yer yuzida taqsimlanishini
ilmiy asosda o‘rganish aziq-ovqat tanqisligi kabi dolzarb muammo
lami ilmiy asosda hal etish imkonini beradi.
Dengizlar, okeanlar va yer yuzining quruqlik qismida hayvonlar-
ning tarqalishini aniqlash, ulardan oqilona foydalanishning ilmiy
asoslarini ishlab chiqish biologik resurslami muhofaza qilish va qayta
ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hayvonot dunyosi oziqa zanjirining asosiy tarkibiy qismi hamda
moddalaming biogen migratsiyasi amalga oshishida muhim zveno si
fatida alohida 9‘rinni egallaydi. Bu jihatdan olganda, yer yuzasining
turli mintaqalarida uchrovchi hayvonlaming tur tarkibi va zichligining
turlicha ko‘rsatkichga ega bo‘lishi har bir mintaqada modda va energiya
almashinuvi jadalligining ham turlicha bo'lishiga sabab bo‘ladi.
Har birimiz biosferada, jumladan, o‘zimiz yashayotgan hududda
hayvonot dunyosining tarqalishi, tur tarkibi, yashash muhitlari va
hayvonot dunyosining ahamiyati to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlarga
ega bo‘lishimiz zarur. Bu esa insoniyatning biosferadagi o‘z o‘mini
9
belgilashda, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona
foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biosfera (grekcha bios - hayot, sphaira - shar, sfera) tushunchasi
avstriyalik geolog E.Zyus (1875) tomonidan qoilanilgan. Biosfera
tushunchasining to‘liq va chuqur talqini esa akademik V.I. Vemad-
skiyning “Biosfera” (1926) nomli asaridabayon etilgan. Biosfera bar
cha organizmlar va ulaming qoldiqlari majmuasidan iborat bo‘lgan,
atmosfera, gidrosfera va litosferaning qismlari hisoblangan, tirik or
ganizmlar tomonidan egallangan hamda ulaming o‘tmishdagi faoli
yatlari natijasida shakllangan va termodinamik ochiq hudud sanalgan
Yer planetasining maxsus qatlamidir (Kamshilov, 1980). Biosfera tu
shunchasi barcha tirik organizmlar bilan bir qatorda ular yashaydigan
muhit sharoitlarini ham o‘z tarkibiga oladi.
Hozirgi vaqtda biosferaning tarkibiy qismlari sanalgan litosfera
ning yuqori va atmosferaning pastki qatlamlari hamda butun gidro
sfera tirik organizmlar tomonidan egallangan. Litosferada tirik orga
nizmlar 4 km gacha (bakteriyalar) bo‘lgan chuqurlikkacha tarqalgan
bo‘Isa, atmosferada bakteriyalar, spora va sistalar ozon ekranigacha,
ya’ni 18-30 km gacha bo‘lgan balandlikda uchrashi qayd etilgan.
Alohida pigmentlashgan bakteriya hujayralarining yer yuzasidan
84 km gacha balandlikka ko‘tarila olishi kosmik apparatlardagi tad-
qiqotlar natijasida aniqlangan. Okeanda esa hayot uning eng chuqur
qismlarigacha (11 km) yetib borganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Tiriklikning, shu jumladan, hayvonot dunyosining asosiy biomas
sasi biosferaning tor chegarasida jamlangan. Bu chegara litosfera,
atmosfera va gidrosferaning, ya’ni biosfera qismlarining tutashgan
joylariga to‘g‘ri keladi. Mazkur chegarada hayot uchun zamr bo‘lgan
muhit omillari nisbatan optimal bo‘ladi. Bunday omillarga tuproq
va havo namligini, yorug‘lik va ultrabinafsha nurlarini, harorat, bo
sim, substrat va boshqalami kiritish mumkin. Mazkur omillaming
o‘zi ham yer yuzasining turli hududlarida turlicha bo‘ladi va shunga
mos ravishda har bir hayvonot dunyosi har xil sifat hamda miqdor
ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi.
10
Hozirgi hisob-kitoblarga qaraganda, tirik moddaning umumiy
biomassasi Yer massasining arzimas qismini, ya’ni 2420 mlrd. ton-
nani tashkil etar ekan. Solishtirib qaraganda, bu miqdor gidrosfera
massasining 602500 dan bir qismini tashkil etadi. Bir qarashda bu
ko‘rsatkich juda kichik ko‘rinsa-da, biosferaning mavjudligi va uning
o‘z-o‘zini boshqarishini ta’minlash uchun yetarlidir.
Biosferadagi organizmlar oziqlanish usuliga ko‘ra o‘zaro farq-
lanuvchi produtsent, konsument va redutsentlardan tashkil topadi.
Hayvonot dunyosi konsumentlaming asosini tashkil etadi. Kon
sumentlaming ahamiyatini, ulaming ekosistemalarda va umuman,
biosferada modda va energiyaning biogen aylanishida tutgan salmoq-
li o‘mi bilan tushuntirish mumkin. Moddalaming biogen migratsi
yasi esa har qanday ekosistemaning mavjudligi va barqarorligini
ta’minlaydi.
Ma’lumki, o‘simliklar dunyosi hayvonlar hayotida turli-tuman
ahamiyat kasb etadi. Har qanday ekologik jamoadagi hayvonlaming
tur tarkibi, zichligi va biomassasi ushbu jamoadagi o‘simliklar qop-
lamining turli-tumanligi va biomassasi bilan bog‘liq. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda, o‘simliklar qoplami hayvonot dunyosining
biosferada tarqalishi va mavjudligini belgilovchi muhim omildir. Shu
bilan bir qatorda, har qanday jamoadagi hayvonlaming tur tarkibini
belgilashda relyef va tuproq tarkibi kabi omillar va boshqa xususiyat
lar ham muhim o‘rin egallaydi. Yuqorida qayd etilgan omillar hayvo
not dunyosining u yoki bu biogeotsenozda nafaqat mavjudligi, balki
tarqalishini ham belgilaydi.
Yer yuzining quruqlik mintaqalaridagi organik dunyo suv muhit
lariga qaraganda tur soni bo‘yicha ancha ustun turadi. Agar quruqlik
da butun hayvonot dunyosining 93 %i uchrasa, suv muhitida atigi 3%
uchraydi. 0 ‘simliklar olamida ham turlaming 92%i quruqlikda, 8%i
suv muhitida uchrashi qayd etiladi. Bunday muvofiqlik o‘simlik va
hayvonot dunyosining tarqalishi o‘zaro o‘xshash qonuniyatlar asosi
da kechishini ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan nisbatlar, suv muhitiga
qaraganda qumqlikda tur hosil bo‘lish jarayonlari samarali kechgan-
11
ligini, quruqlikning yashash uchun ancha qulayligini ham isbotlaydi.
Biosferada hayvonot dunyosining biomassasi va uning taqsimlanishi
to‘g‘risida tasawur hosil qilish uchun quyidagi jadvalni tahlil qilish
maqsadga muvofiq (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |