Ish yuritish tili vа uslubi



Download 17,69 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi17,69 Kb.
#433931

ISh YURITISh TILI VА USLUBI
Oʼzbek hujjatchiligini shakllantirish va takomillashtirishdagi eng muhim va dolzarb masalalardan birihujjatlarning tili va uslubi masalasidir. Hujjat tayyorlash va rasmiylashtirishda, eng avvalo, oʼzbek tiliningbarcha asosiy qonuniyatlari va qoidalarini maʼlum darajada tasavvur etish zarur. Har bir rahbar, boshqaruv muassasalarining xodimlari, umuman, faoliyati ish qogʼozlarinituzish bilan bogʼliq kishi oʼzbek tilining imlosini, tinishbelgilari va uslubiy qoidalarini egallagan boʼlishi kerak.Busiz bugungi taraqqiyotimiz talablariga javob beradigananiq, loʼnda va teran mantiqli hujjatchilikni yaratib boʼlmaydi. Hisob-kitoblarga qaraganda, boshqaruv sohasidagixizmatchilar oʼz ish vaqtlarining 80 foizgacha qismini hujjatlashtirish ishiga sarflar ekan. Mazkur xodimlar oʼzbektili qonuniyatlaridan yaxshi xabardor boʼlmasa, ish vaqtlarining 100 foizini bu ishga sarflaganlarida hami jobiy natijaga erishish qiyin.
Oʼzbek hujjatchiligidagi jiddiy oʼrganilishi, amaliy va nazariy tadqiq etilishi lozim boʼlgan oʼrinlardan biri ayrim hujjatlarning nomlanishi masalasidir. Bir nechatur hujjatlar rus tilida qanday nomlansa, oʼzbek tilida ham shundayligicha nomlab kelingan. Shoʼrolar davrida idoraviy ish yuritish, asosan, rus tilida olib borilganligiuchun ham bunga ehtiyoj boʼlmagan.Bunday hol hujjatlarning nomlarida, matnida ham koʼp kuzatilgan. Oʼzbek tilida uzoq vaqtlar qoʼllanishda boʼlgan «spravka», «raport», «instruktsiya», «akt», «xarakteristika» kabi koʼplab hujjat nomlari uchun tegishli oʼzbekcha muqobil soʼzlar yoʼqmidi?! Izlansa, tariximizga, noyob kitoblarimizga murojaat qilinsa, topilardi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadgʼu bilig» (XI asr) asarida «yorliq, noma» maʼnosidagi «bildirguluk» soʼzi bor. Bu soʼz sof turkey «bilmoq» feʼlidan yasalgan. Shularni hisobga olib, «raport» deyiladigan hujjatni oʼzbek tilida «bildirish» soʼzi bilan nomlash mumkin. «Spravka» maʼnosini «maʼlumotnoma» soʼzi bemalol ifoda etib kelmoqda. «Аkt» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa yoki biron-bir faktning toʼgʼriligi tasdiqlanadi va bunga bir necha kishining guvohligi keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjatni oʼzbek tilida «dalolatnoma» soʼzi bilan atayverish mumkin, bu soʼz mazkur hujjatning mohiyatini toʼgʼri va toʼliq aks ettira oladi. Mazkur soʼzdagi «noma» qismi hujjatning yozma shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Instruktsiya» soʼzi oʼrnida oʼzbekcha «yoʼriqnoma» soʼzini bemalol ishlatish mumkinligini keyingi yillardagi amaliyot koʼrsatib turibdi. Qisqasi, hujjat nomlarini oʼzbek tilining oʼz imkoniyatlari asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi soʼz va iboralarning oʼzbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qoʼyiladigan eng muhim talablardan biri – xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlarni ifodalovchi va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xolis aks ettirmogʼi lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida soʼz va soʼz shakllarini qoʼllashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qoʼshimchalarini olgan soʼzlar, koʼtarinki-tantanavor yoki bachkana, dagʼal soʼzlar, shevaga oid soʼzlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan soʼzlar, oʼxshatish, jonlantirish, mubolagʼa, istiora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluvchi usullar ishlatilmaydi. Ularning ishlatilishi hujjatlar matnidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, loʼndalik, mazmuniy toʼliqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Ish yuritish tili va uslubilarga javob bera olmaydigan hujjat chinakam hujjat boʼla olmaydi, bunday hujjat ish yuritish jarayoniga xalaqit beradi, uning samaradorligini keskin pasaytiradi. Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik,
loʼndalik, mazmuniy toʼliqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik tilining oʼziga xos uslubi, undagi oʼziga xos soʼz qoʼllash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali taʼminlanadi. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid soʼzlar koʼp qoʼllanadi. Hatto feʼl bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin soʼz shakllari tanlanadi, yaʼni «harakat nomi» deb ataluvchi soʼz shakllari faol ishlatiladi: «...tayyorgarlikning borishi haqida», «...qarorning bajarilishi toʼgʼrisida», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni soʼrayman» kabi. Feʼl shakllarining qoʼllanishida ham birmuncha oʼziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki oʼtgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi feʼl shakllarining qoʼllanish darajasi ancha yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, boʼshatilsin, tayinlansin; eshitildi, qaror qilindi, koʼrib chiqildi, koʼrsatib oʼtildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq boʼlakli gaplar koʼp qoʼllanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi soʼz tartibiga qatʼiy rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin boʼlgan gʼayriodatiy soʼz tartibiga yoʼl qoʼyilmaydi. Hujjatlarning mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, ularda soʼroq va undov gaplar deyarli qoʼllanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki vazifasi – xabar berish va buyurish vaIsh yuritish tili va uslubi vazifalari amalga oshadi. Masalan, maʼlumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks etadi, bayonnomada ham axborot («Eshitildi...»), ham buyurish («Qaror qilindi...») oʼz ifodasini topadi.
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari (buyruq, farmoyish, koʼrsatma kabilar) birinchi shaxs tilidan boʼladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, birlik sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs koʼplik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi: «...ga ruxsat berishingizni soʼraymiz», «...deb hisoblaymiz»; «maʼmuriyat talab qiladi», «boshqarma soʼraydi» kabi. Hujjatlar matnini tuzishda turgʼunlashgan, qoliplashgan soʼz birikmalaridan koʼproq foydalanish lozim. Chunki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega boʼlgan soʼz tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi maʼlumotlariga koʼra, boshqa soʼz birikmalariga qaraganda 8-10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan soʼz birikmalari hujjatlarni tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonlarini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bogʼliq ravishda oʼziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana boradi. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar qoʼllanishi mumkin:
«... soʼm maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin»;
«... oʼz xohishiga koʼra ... lavozimidan ozod qilinsin»;
«... boshqa ishga oʼtganligi munosabati bilan ... lavozimidan ozod qilinsin».
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan soʼzlardan foydalanish mumkin:
«Sizga ...ni maʼlum qilamiz»; «Sizga ...ni bildiramiz»; «Sizga ...ni eslatamiz»; «...yordam tariqasida...»; «... munosabati bilan...»;
Ish yuritish tili va uslubi
«... qaroriga muvofiq ravishda ...»;
«...ga korxona maʼmuriyati qarshi emas»;
«...ga korxona kafolat beradi» va h.k.
Oʼzbek tilidagi hujjatchilik takomillasha borgani sari bunday qoliplashgan birikmalar ham koʼpayib, mukammallashib boradi. Buning natijasida hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirish ishi bir qadar yengillashadi. Аna shu qoliplashgan birikmalarning ishtirokiga koʼra hujjatchilar «hujjatlar yozilmaydi, balki tuziladi» deydilar. Hamonki, har qanday hujjat, eng avvalo, axborot tashuvchi vosita ekan, uning axborot sigʼimini kengaytirish, fikrning teran, mantiqli boʼlishi muhimdir. Shuning uchun hujjatda tilning ortiqchalik printsipini chetlab oʼtish, soʼzlarni tejash printsipidan oqilona foydalana bilish kerak. Buning uchun qisqartmalarni qoʼllash yaxshi natija beradi, bunda meʼyorga qatʼiy va izchil amal qilmoq lozim. Chunki qisqartmalar oʼzbek tilining tabiatiga u qadar mos emas, shuning uchun ham qisqartmalar oʼzbek tilida uncha koʼp kuzatilmaydi. Hozirda bir qadar odatga kirgan qisqartmalarimiz bor: «prof.» (professor), «km» (kilometr), «sh.k.» (shu kabi), «va h.k.» (va hokazo) va boshqalar. Аyni paytda tilimizning soʼz va soʼz birikmalaridagi ichki maʼnoviy imkoniyatlaridan kengroq va unumli foydalanmoq zarur. Hujjatdagi fikrni aniq, loʼnda bayon qilishda xatboshining ahamiyati ham katta. Har bir yangi, alohida fikr xatboshi bilan ajratilishi, bir xatboshidan ikkinchi xatboshigacha boʼlgan matn 4–5 jumladan oshmasligi maqsadga muvofiq. Hujjatchilikda imlo va tinish belgilari masalasiga alohida eʼtibor qilish kerak. Hujjatning nomini yozishda bizda har xillik mavjud, xususan, baʼzan kichik harf bilan, baʼzan bosh harf bilan yoziladi. Hujjatning nomi boʼlganligi uchun uni bosh harf bilan yozgan maʼqul, shuningdek, bosma matnda boshqa usul bilan, masalan, mazkur nomni toʼligʼicha bosh harflar bilan yozish orqali ham ajratib koʼrIsh yuritish tili va uslubi ko’ratish mumkin. Lekin hujjatning nomi boʼlganligi uchun (sarlavhalardagi kabi) undan soʼng nuqta qoʼyish shart emas.
Download 17,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish