Zoogeografiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va
rivojlanish tarixi
Zoogeografiya grekcha zoon - hayvon, ge - yer, grapho - yozaman,
ya’ni yer yuzida hayvonot dunyosining qadimda va hozirgi vaqtda
geografik tarqalishini hamda bu tarqalishning umumiy qonuniyat-
larini o‘rganuvchi fan degan ma’noni anglatadi. Zoogeografiyaning
asosiy o‘rganish obyekti fauna hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu
fan hayvonlaming areallarini ham o‘rganadi. Fauna va arealga oid
tadqiqotlar zoogeografiyaning biologik fanlar tizimi, ayniqsa, zo-
ologiya bilan uzviy aloqada rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Zoogeografiyaning maqsadi faunaning tabiiy va antropogen omil
lar ta’sirida o‘zgarishining barcha sabablari hamda yo‘nalishlarini
o‘rganishdan iborat. Shunga bog‘liq holda zoogeografiya o‘z oldiga
quyidagi vazifalami qo‘yadi: muayyan turlaming populatsiyalari to
monidan egallangan areallami - yer sharining zoogeografik oblastla-
rini o‘rganish; hayvonlaming geografik tarqalish xususiyatlarini bel-
gilovchi sabablarni aniqlash; tabiiy va antropogen omillar ta’siri os
tida faunaning shakllanish qonuniyatlarini o‘rganish; yaqin kelajakda
hayvonot dunyosining insonga ma’qul bo‘lmagan tomonga o‘zgarishi
kabi holatlaming oldini olish maqsadida uni bashoratlash.
Ayni vaqtda zoogeografiya ko‘pgina boshqa tabiiy fanlar bilan
hamkorlikda ushbu vazifalami muvaffaqiyatli hal etmoqda.
Zoogeografiyani registratsion (ro‘yxatga olish), solishtirma va
kauzal zoogeografiya kabi bo‘limlarga ajratish qabul qilingan. Regis
tratsion zoogeografiya imkon darajasida muayyan zoogeografik maj-
mua tarkibidagi barcha turlami ro‘yxatga olish bilan shug‘ullanadi.
Faunistik majmua tarkibidagi barcha turlar ro‘yxatga olinganda zoo
geografik ma’lumotlar to‘liq va ahamiyatli bo‘ladi. Solishtirma zoo-
geografiyada turlar ro‘yxati aniqlangandan so‘ng, bir faunaning tur
tarkibi qo‘shni yoki birmuncha uzoqda joylashgan boshqa faunaning
tur tarkibi bilan solishtiriladi. Buning natijasida har bir faunaga xos
bo‘lgan xususiyatlami, ya’ni faunaning yoshi, uning o‘tmishda va
4
hozirda boshqa faunalar bilan aloqasini aniqlash imkoniyatlari yara
tiladi. Muayyan hududning u yoki bu faunistik majmua bilan egal
lanishiga sabab bo‘luvchi muhit omillarini kauzal (lot.sausa-sabab)
zoogeografiya o‘rganadi. Bunday omillarga iqlimiy sharoitlar, relyef,
o‘simliklarning tiplari va boshqalami misol qilish mumkin. Hayvo
not dunyosiga ta’sir etuvchi omillami kauzal zoogeografiyaning hay
vonlami tarqalishiga muhitning ta’sirini tekshimvchi bo‘limi, ya’ni
ekologik zoogeografiya о‘rganadi. Hayvonot dunyosining tarqalishi
ga sabab bo‘lgan barcha omillami hozirda mavjud bo‘lgan sharoitlar
bilan tushuntirish juda qiyin. Chunki faunaning shakllanishi va rivoj-
lanishi uzoq muddatni talab etadi. Kauzal zoogeografiyaning bo‘limi
sanalgan tarixiy yoki genetik zoogeografiya o‘tmishda hayvonlaming
tarqalishiga sabab bo‘lgan omillami tushuntirish bilan shug‘ullanadi.
0 ‘tmishdagi bunday sabablarga materiklaming o‘zaro bog‘liqlik
darajalarini, iqlimiy xususiyatlami va o‘simliklar qoplamining
o‘zgarishini va boshqalami misol qilish mumkin.
Zoogeografiya fani o‘z oldida turgan vazifalami bajarishga ixtisos-
lashgan bir necha yo‘nalishlarga ajratiladi. Shunday yo‘nalishlardan
biri zoogeografik tadqiqot yo‘nalishidir. Zoogeografik tadqiqot
yo‘nalishining bir nechta turlari farq qilinadi. Jumladan, areallarning
tiplari, ulaming tarkibi va paydo bo‘lishini - arealografiya, faunaning
tur tarkibini qiyosiy jihatdan baholashni - faunistika, alohida siste
matik birliklaming (tur, avlod, oila, turkum va boshqalar) tarqalishini -
geografik zoologiya, landshaftdagi barcha hayvon majmualarini - geo-
zoologiya, hayvonlaming tarqalishiga muhitning ta’sirini tekshirishni
ekologik zoogeografiya yo‘nalishlari о‘rganadi.
Zoogeografiya yo‘nalishlaridan yana biri rivojlanish yo‘nalishidir.
Zoogeografiyaning rivojlanish yo‘nalishlarini quyidagi turlari
farq qilinadi: kelajakda alohida turlar va yirik taksonlar arealini
o‘rganishni yana davom ettirish; hayvonlar gumhining geografiya-
sini o‘rganish, ya’ni alohida hududda muayyan hayvon jamoalari-
ning mavjudligi va paydo bo‘lish qonuniyatlarini, bu jamoaning tur
tarkibi, soni va undagi organizmlar massasining o‘zgarishiga olib
5
keluvchi sabablami o‘rganish; kelajakda faunistik majmualaming
hududiy taqsimlanishini aniqlash, ularning shakllanish yo‘llari va
sabablarini, dinamikasini, ichki tuzilishini, tarkibidagi o‘zgarishlami
va insonning ta’sirini o‘rganish; hayvonlar va landshaftning o‘zaro
munosabatlarini o‘rganish.
Zoogeografiya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalami bajarishda boshqa
fanlaming yutuqlari va tadqiqot uslublaridan ham foydalanadi. Hay
vonlar sistematikasining yutuqlari zoogeografiya rivojlanishida
muhim o‘rin tutadi. 1936-yilda atoqli olim V.G. Geptner “sistemati-
kasiz zoogeografiya ham bo‘lishi mumkin emas” deb ta’kidlagan edi.
Xuddi shunday, mikroevolutsion jarayonlami o‘rganish zoogeografik
g‘oyalami tushunish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda
zoogeografiya evolutsion nazariyaning ma’lumotlari va g‘oyalaridan
foydalanadi. 0 ‘tmishda hayvonlaming yer yuzida tarqalishini
aniqlashda eng qulay asos bo‘lib xizmat qiladigan paleozoologiya va
o‘simliklar geografiyasi (fitogeografiya) kabi sohalar zoogeografiya
ning taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega.
0 ‘simliklar geografiyasi va zoogeografiya yaxlit fan sanalgan
biogeografiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan qismlaridir.
0 ‘simlik va hayvonlaming tarqalishi deyarli bir xil omillar ishtirokida
amalga oshadi, ulaming evolutsiyasi bir xil qonunlarga bo‘ysunadi.
Ayni vaqtda zoogeografiya ekologiya, iqlimshunoslik, landshaft-
shunoslik, geologiya, paleogeografiya, tarixiy geologiya, paleoiqlim-
shunoslik, tarix, arxeologiya va boshqa fanlar bilan uzviy aloqada
rivojlanmoqda.
Zoogeografiya nisbatan yosh fan bo‘lishiga qaramasdan, undagi
ma’lumotlar muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Zoogeografi
ya hayvonot dunyosining yer yuzida tarqalishi to‘g‘risida tushun
cha hosil qilish, turli faunalar o‘rtasidagi o‘zaro farqlaming sababi
ni aniqlash, o‘tmishda hayvonlaming kelib chiqish markazlaridan
tarqalishini boshqargan va boshqarayotgan qonuniyatlami ochib
berish kabi nazariy ahamiyatga ega. Zoogeografiyaning amaliy aha-
miyati ovchilik xo‘jaligini va dengiz baliqchiligini yuritish, qishloq
va o‘rmon xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurash chora-tadbirla-
rini ishlab chiqish, hayvonlaming sonini boshqarish va ulami iqlim
lashtirish, tabiatni muhofaza qilish, turlaming kelajakdagi taqdirini
oldindan aytib berish (bashoratlash), tibbiyot va boshqa sohalarda
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Zoogeografiya biogeografiyaning ajralmas qismi bo‘lib, fan si
fatida XIX asrda shakllandi. Ammo zoogeografiya sohasiga tegish
li bo‘lgan turli mazmundagi fikrlaming paydo bo‘lishi ancha ilgari
boshlangan. Zoogeografiyaning rivojlanish tarixini olimlar turli davr-
larga bo‘ladilar. Jumladan, biolog va zoogeograf olim M.A.Menzbir
(1882) birinchi bo‘lib, zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta,
amerikalik biogeograf L.Styuart (1957) esa uchta davrga ajratishni
taklif etishgan. Ayni vaqtda zoogeografiyaning rivojlanish tarixi va
uni davrlarga bo‘linishini oydinlashtirishda ko‘pincha biogeograf
olimlardan A.G.Voronov (1963) va G.V.Naumov (1969)ning ishla-
riga tayaniladi. Ular zoogeografiyaning rivojlanish tarixini to‘rtta
davrga bo‘lib o‘rganishni taklif etishgan. Mazkur davrlar zoogeo
grafiyaning rivojlanish yo‘nalishlariga mos keladi. Har bir davrda
turli yo‘nalishlarga bag‘ishlangan qator tadqiqotlar amalga oshi
rilgan.
1777-yil nemis olimi E.Simmerman o‘zining “Specimen zoo
logiae geographicae” (“Zoologik geografiya mutaxassisi”) nomli
kitobini chop etdi. Unda hayvonlar migratsiyasi to‘g‘risida bir qa
tor ma’lumotlar bayon etilgan hamda birinchi bo‘lib “zoogeografi
ya” va “geografik zoologiya” terminlari qo‘llanilgan. Shu sababli
E.Simmermanni zoogeografiya fanining asoschisi sifatida e’tirof
etishgan. Tabiatshunos olim Ch. Darvinning “Turlaming paydo
bo‘lishi” (1859) asari tadqiqotchilaming hayvonlar geografiyasiga
bo‘lgan qiziqishlarini ortishida muhum o‘rin tutgan. Zoogeografiya
ning rivojlanishida angliyalik tadqiqotchi F.Skleeteming (1858) xiz-
mati alohida ahamiyatga ega. Angliyalik olim A.R.Uollesning (1876)
“Hayvonlaming geografik tarqalishi” asari evolutsion zoogeografi
yaning rivojlanishida muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
7
Zoogeografiyaning fan sifatida shakllanishida R.Lidekker,
P.S.Pallas, A.Vagner, N.A.Seversov, A.F.Middendorf, E.A.Eversman,
YU.I.Semashko,
G.I.Radde,
B.K.Nikolskiy,
N.A.Bobrinskiy,
V.G.Geptner, YA.A.Birshteyn, I.I.Puzanov, F.Darlington va boshqa
olimlaming xizmatlari katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |