F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


 Chuchuk suv havzalarida hayvonlaming tarqalishi



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/92
Sana12.05.2023
Hajmi5,13 Mb.
#937131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Bog'liq
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

1.3. Chuchuk suv havzalarida hayvonlaming tarqalishi
Chuchuk suv havzalarining umumiy maydoni 4 mln. km2 ni tash 
kil etib, ularga ko‘llar,. daryolar, ulaming irmoqlari va umuman, at 
mosfera yog‘inlari hisobiga shakllangan havzalar kiradi. Chuchuk 
suv havzalarining o‘rtacha chuqurligi 100 metrdan oshmaydi (Baykal 
ko‘li 1600 m, Tanganika ko‘li 1435 m chuqurlikka fega). Chuchuk 
suv havzalaridagi yashash muhitlari dengizlarga qaraganda juda 
e ‘zgamvchan bo‘lib, u havzaning qaysi mintaqada joylashganligiga 
va boshqa qator omillarga bog‘liq. Shu asosda chuchuk suv havza­
larining hayvonot dunyosi o‘zining qator xususiyatlari bilan dengiz 
faunasidan ajralib turadi.
Mazkur havzalar o‘zaro tutashmaganligi, alohidalashganligi sa 
babli ulaming hayvonot dunyosi orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar 
kuzatilmaydi. Chuchuk suv havzalarida ninatanlilar, boshoyoqli mol 
lyuskalar, qobiqlilar kabi turlar mutlaqo uchramaydi, nemertinalar, 
ko‘p qilli chuvalchanglar, g‘ovaktanlilar va bo‘shfiqichlilaming juda 
kam turlarigina tarqalgan. Amfibiyalar sinfining vakillari esa faqat 
ehuchuk suv havzalari uchun xos hayvonlardir.


Chuchuk suv havzalarining faunasi dengiz faunasi asosida shakl­
langan ikkinchi yashash muhiti sanaladi va ayni vaqtda ham ayrim 
hayvon turlarining dengizlardan daryo va ko‘llarga ko‘chib o‘tish ja 
rayoni davom etmoqda. Bunday xususiyat ayniqsa, tropik mintaqada 
kuzatiladi.
Chuchuk suv havzalari faunasining o‘ziga xosligini belgilovchi 
asosiy ekologik omillarga suvning kimyoviy tarkibi, harorat, suv 
oqimining mavjudligi yoki mavjud emasligi va boshqalar kiradi. 
Mazkur omillar hayvonot dunyosining tarqalishini belgilovchi asosiy 
ko‘rsatkichlardir. Bunday havzalarda suv oqimi turlicha bo‘lib, daryo 
va irmoqlarda tez oqsa, ko‘llarda deyarli oqim kuzatilmaydi. Hayvon 
lar suv oqimi tezligiga juda sezuvchan bo‘lishadi va shunga ko‘ra ular 
reofil (oquvchan suvlarda yashovchi) va limnofil (oqmaydigan 
suvlarda yashovchi) turlarga ajratiladi. Chuchuk suv hayvon-larini 
evribiontlarga kiritish mumkin.
Ko‘lning u yoki bu turdagi organizmlar tomonidan egallanishi 
uning mahsuldorlik darajasini belgilaydi. Ko‘llar mahsuldorlik da 
rajasiga ko‘ra gidrobiologik klassifikatsiya qilinadi. Gidrobiologik 
klassifikatsiyalashga asosan evtrof, oligotrof va distrof ko‘l tiplari 
farq qilinadi.
Evtrof ko‘llaming suvi azot va fosfor o‘g‘itlariga boy bo‘lib, bu 
ularga quyiladigan suv tarkibida minerallar va organik moddalar 
ko‘pligi bilan tushuntiriladi. Evtrof ко‘llarda plankton va bentos or- 
ganizmlaming tur soni ko‘p, populatsiya zichligi esa yuqori bo‘ladi. 
Organizmlarning ko‘pligi suvning chuqur qatlamida kislorodning ka 
mayishiga, suvning tiniqlik darajasi pasayishiga olib keladi va ay 
niqsa, suv oqimi to‘xtaganda bu holat yaqqol kuzatiladi. 0 ‘zbekiston 
hududida joylashgan ko‘pchilik ko‘llami evtrof ko‘llarga kiritish 
mumkin. Bunday ko‘llaming litoral mintaqasidagi fauna tarkibida tur 
soni ko‘p bo‘ladi. AQSHning Michigan shtatida joylashgan ko‘l tubi 
dagi lm 2 maydonda 4400 ta bentos organizmlar topilgan (mollyuska- 
lar, hasharotlaming lichinkalari, mshankalar, to‘garak chuvalchanglar 
va boshq.).
18


Oligotrof ko‘llar odatda, chuqur ko‘llar boiib, suvining rangi ko‘k 
yoki yashil bo‘ladi. Bu tipdagi ko‘llarda azot vafosfor minerallari 
kam, hayvonlaming zichligi past bo‘ladi. Mazkur ko‘l tipiga baland 
tog‘liklarda (Alp) joylashgan, suvining harorati past bo‘lgan ko‘llar 
kiradi.
Distrof ко‘liar chuqur bo‘lmagan ко‘liar bo‘lib, ulaming 
qirg‘oqlari torf hosil qiluvchi o‘simliklar bilan qoplangan bo‘ladi. 
Mazkur ko‘llardagi suv tarkibida gumin moddasi ko‘p, suv rangi 
qo‘ng‘ir, kislorod kam, suv reaksiyasi kislotali, mahsuldorlik darajasi 
past va hayvonot dunyosi tarkibidagi turlar soni ham kam bo‘ladi. 
Bunday ko‘llarga Yevropaning shimolidagi o‘rmonlarda joylashgan 
ayrim ko‘llami misol qilish mumkin.
Harorat rejimidagi tafovutlarga ko‘ra ko‘llar uch tipga bo‘linadi: 
tropik, mo‘tadil va qutb oldi oblastlarining ko‘llari.
Tropik ko‘llarda suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib, 
havzaning yuza va chuqur qatlamlarida harorat juda kam farq 
qiladi. Mazkur ko‘llaming faunasi tarkibida turlar ko‘p hamda 
ularda yashovchi ko‘pchiJik hayvon turlari stenoterm va issiqsevar 
bo‘ladi.
Qutb oldi ko‘llarida suv harorati kuchsiz tebranishga ega bo‘lib, 
harorati doimo sovuq, yuqori qatlamda harorat 10° С dan yuqoriga 
ko‘tarilmaydi, qishda esa muz qatlami hosil boTadi. Faunasi tarkibida 
turlar soni juda kam, losossimon baliqlar esa nisbatan ko‘p uchraydi. 
Umurtqasizlar faunasi tarkibida ham turlar soni kam bo‘ladi.
Mo‘tadil oblast ko‘llari o‘tkinchi xususiyat kasb etadi. Mazkur 
ko‘llarda harorat tebranishlari yil davomida juda o‘zgaruvchan bo‘lib, 
yozda suvning yuza qatlami uning chuqur qatlamiga qaraganda iliq 
bo‘lsa, qishda aksincha holat kuzatiladi. Bu xususiyat plankton or­
ganizmlar va boshqa hayvon turlarining hayot siklini o‘zgarishiga va 
mavsumiy almashinuviga sabab bo‘ladi.
Odatda, ko‘llarda plankton organizmlarning tur tarkibi dengizlar- 
ga 
qaraganda ancha kam bo‘lib, bu yerda plankton organizmlardan 
bir hujayralilar, kolovratkalar, turli qisqichbaqasimonlar va turli-tu
19


man umurtqasizlaming lichinkalari uchraydi. Shu bilan birga, plank 
ton biomassasi bentos biomassasiga qaraganda ko‘p bo‘ladi. Qirg‘oq 
mintaqalarining faunasi tarkibi baliqlar, amfibiyalar, toshbaqalar
ilonlar va hasharotlardan tashkil topadi.
Daryolar ko‘llardan farq qilib, ko‘p hollarda dengizlar bilan alo 
qada bo‘ladi va bunday vaziyat baliqlaming daryodan dengizga va 
aksincha yo‘nalishda migratsiya qilishiga olib kelgan. Daryolaming 
quyi oqimlaridagi qulay sharoitlar ba’zi dengiz hayvonlarini o‘ziga 
jalb etadi. Shimolda daryolarga tyulenlar, janubda esa akula va skat 
lar kirib kelishadi. Qora va Kaspiy dengizi uchun mahalliy tur sanal 
gan gidra polipi (Cordylophora lacustris) va ikki qopqoqli mollyuska 
(Dreissena polimorpha)ning ayni vaqtda mazkur dengizlardan daryo­
lar bo‘ylab tarqalishi davom etmoqda.

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish