F. R. Xolboyev, D. A. Azimov, E. Sh. Shernazarov z o o g e o g r a f I y a


 Quruqlikda hayvonlaming tarqalishi



Download 5,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/92
Sana12.05.2023
Hajmi5,13 Mb.
#937131
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
Zoogeografiya. Xolboyev F. Azimov D

1.4. Quruqlikda hayvonlaming tarqalishi
Yer yuzining quruqlik qismidagi yashash muhitlari qator xususi 
yatlari bilan boshqa yashash muhitlaridan farq qiladi. Quruqlikda 
yashash sharoitlarining juda turli-tumanligi turlar xilma-xilligi va 
biomassaning yuqori bo‘lishiga olib keladi. Quruqlikdagi biomassa 
dunyo okeaniga qaraganda 800 marta yuqori bo‘ladi. Okeanlarda bio­
massaning asosiy qismi hayvonlar hissasiga to‘g‘ri kelsa, quruqlikda 
aksincha, 99% biomassa yashil o‘simliklar hissasiga to‘g‘ri keladi. 
Mazkur yashash muhitidagi barcha ekologik omillar keng tebranish 
ga ega bo‘ladi va ayniqsa, havo namligi quruqlik faunasining shakl- 
lanishida muhim o‘rin tutadi.
Hayotning dastlab okeanda paydo bo‘lganligini va aksariyat hay 
von turlari evolutsiyasining birinchi bosqichlari okeanda kechganli- 
gini hisobga olganda, chuchuk suv va quruqlikdagi yashash muhitlari 
ikkilamchi yashash muhitlari bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli chu 
chuk suv va quruqlikda uchrovchi fauna elementlari nisbatan yosh 
sanaladi. Hayvonlaming ayrim sinflari (qushlar, hasharotlar)ni aynan 
quruqlikda paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
20


Yer yuzining turli qismlarida ekologik sharoitlaming turlicha 
bo‘lishiga mos ravishda, hayvonot dunyosi ham turlicha tarqalish 
ga, tur tarkibiga va zichlikka ega bo‘ladi. Bunday o‘ziga xoslik na 
faqat hozirgi vaqtdagi mavjud ekologik omillar, balki qadimda Yer 
planetasida sodir bo‘lib o‘tgan o‘zgarishlar, ulaming davomiylik 
muddatlari, yo‘nalishlari va o‘sha paytdagi evolutsion jarayonlar 
bilan uzviy bog‘liqdir. Avstraliya zoogeografik oblasti faunasining 
shakllanishida bunday xususiyat yaqqol namoyon bo‘lgan. Xaltali- 
larga mansub turlaming Avstraliya faunasi tarkibida ko‘pligi, aynan 
materiklaming shakllanish jarayonlari va hayvonlar evolutsiyasi bi 
lan bog‘liq. Avstraliya faunasi mezozoy erasiga xos xususiyatlami 
o‘zida aks ettirgan bo‘lib, tarkibida sodda tuzilgan sutemizuvchilar- 
ning mavjudligi, ushbu materikning yuksak sutemizuvchilar paydo 
bo‘lishidan ancha ilgari boshqa materiklardan ajralib ketganligini 
isbotlaydi. Bu holat geologik va biologik evolutsiya qonuniyatlarini 
o‘zaro bog‘liq holda o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Quruqlikda hayvonlaming mavjudligi va tarqalishini belgilovchi 
asosiy omillarga nanilik, harorat, havo oqimi, quyosh nuri hamda 
o‘simliklar qoplamini kiritish mumkin. Mazkur omillaming miqdori 
va tebranish darajasi quruqlik hayvonlarining tarqalishi va zichligini 
belgilaydi. Ayniqsa, hayvonot dunyosining tarqalishida o‘simliklar 
qoplami muhim o‘rin tutadi. 0 ‘simliklar qoplami hayvonlar uchun 
fiafaqat oziqa, balki yashash muhitidagi iqlimiy omillami belgilovchi 
biogeotsenozning ajralmas qismi, boshpana, uya qurish joyi va boshqa 
muhim vazifalami ham bajaradi. Shu bilan birga, o‘simliklar qopla 
mi biogeotsenozning tabiatini belgilab bemvchi o‘ziga xos indikator 
bo‘lib xizmat qiladi. Har bir o‘simlik formatsiyasida shu formatsi 
yaga moslashgan hayvon turlari yashaydi. Jumladan, shimoldagi nina 
bargli o‘rmonlarda (tayga) karqur, chittak, kedrovka, qaychitumshuq, 
burunduq va suvsar uchraydi. Bargli o‘rmonlarda olmaxonlar, krotlar, 
yerqazarlar, tipratikanlar, bug‘u, o‘rmon mushugi, bo‘rsiq, burgutlar, 
yapaloqqushlar, zarg‘aldoq, botqoq toshbaqasi va boshqalar yashaydi. 
Dasht va cho‘l formatsiyalarida ham bu yer uchun xos hayvonot dun
21


yosi shakllangan. Xulosa qilib aytganda, yer yuzida biotsenozlaming 
tarqalishi muayyan qonuniyatlarga amal qiladi hamda iqlimiy omil- 
larga bo‘ysungan holda mintaqaviy xususiyat kasb etadi.
Quruqlik mintaqalarida ham okeanlardagi kabi tirik moddaning 
tarqalishida gorizontal va vertikal zonallilik namoyon bo‘ladi. Yerda 
tropik, ikkita mo‘tadil va ikkita qutb mintaqasi farq qilinadi. Bu min­
taqalar o‘zaro fauna tarkibi bilan ajralib turadi.

Download 5,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish