Ikkinchi jahon urushi 1939-yilning 1-sentabridan 1945-yilning 2-sentabrigacha, ya'ni 6 yil davom etdi. Bu urush dunyoning 62 davlatini o'z domiga tortdi. Ularda dunyo aholisining 80 foizi yashar edi. Armiya saflariga jami 110 mln. kishi safarbar etildi
Ikkinchi jahon urushi tarixda eng dahshatli, eng ko'p talofat va katta vayrongarchilik keltirgan urush sifatida iz qoldirdi. Chunonchi, maxsus adabiyotlarda qayd etilishicha, bu urushda 65-67 mln. kishi halok bo'lgan. Ularning yarmi tinch aholi edi.
ENG DAHSHATLI URUSH Ikkinchi jahon urushida o‘sha davrda mustaqil bo‘lgan 73 ta davlatdan 62 tasi ishtirok etgan va bu jarayon yer aholisining 80 foizini qamrab olgan. Urushga aralashmay qolgan 11 ta davlat ham u yoki bu jihatdan qaysidir tarafga yon bosishga majbur bo‘ldi. Jangovar harakatlar 40 ta davlat, uch qit'a va to‘rt okeanda olib borilgan. 110 million qurolli askar ishtirok etgan bu urushda taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 60 million kishi qurbon bo‘lgan. Shu bois ham bu urush chin ma'noda haqiqiy Jahon urushiga aylanib ketgani e'tirof etiladi.
Aslida Ikkinchi jahon urushining boshlanishida SSSRning ham ishtiroki bor. 1939 yilning 23 avgustida SSSR bilan Germaniya o‘rtasida 10 yil muddatga hujum qilmaslik to‘g‘risida shartnoma imzolangandi. Bu shartnomaning maxfiy qo‘shimcha ahdnomasiga muvofiq, Germaniya va SSSR Sharqiy Yevropada o‘z ta’sir doiralarini bo‘lib olishi ko‘zda tutilgandi. Har ikki mamlakat manfaatlari, avvalo Polsha davlati bilan bog‘liq edi. Sovet tomoni G‘arbiy Ukraina, G‘arbiy Belarus va Bessarabiya (1921 yilda boy berilgan) hududlarini qaytarib olmoqchi edi.
IKKINCHI JAHON URUSHI GERMANIYANING POLSHAGA BOSTIRIB KIRISHIDAN BOSHLANDI 1939 yilning 1 sentyabrida Germaniya Polshaga bostirib kirdi va Ikkinchi jahon urushini boshlab berdi. 3 sentyabrda Angliya va Fransiya Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. SSSR 1939 yilning 17 sentyabrida Polsha hududiga qo‘shin kiritdi. Ko‘p o‘tmay Brestda nemis qo‘mondoni T. Guderian va sovet generali S. M. Krivosheiy qo‘mondonligida Polshaning bo‘lib olinishi munosabati bilan qo‘shma sovet-german paradi o‘tkazildi.
RKKA (Raboche-krestyanskaya Krasnaya armiya) va Germaniyaning Vermaxti birgalikda Polshani bo‘lib olishdi. Hozirgi Belarus hududidagi Brest shahrini Gitler 1939 yili Stalinga polyaklardan kuch bilan tortib olib bergandi va 1945 yildan so‘ng ham Sharqiy Yevropaning xaritasi o‘zgarmay qoldi. SSSR bu urushdan manfaatdor edi: Ikkinchi jahon urushi sovetlar davlati uchun o‘z hududlarini kengaytirishda zarur edi va Gitler ham shunday maqsadni o‘z oldiga qo‘ygandi - shu bosqinchilik siyosati Stalin bilan Gitlerni birlashtirdi. 1939 yil noyabridan 1940 yil martigacha SSSR va Finlyandiya o‘rtasida urush bo‘lib o‘tdi. Bu urush natijasida SSSR Finlyandiyaning bir qator hududlarini tortib olib, shimoli-g‘arbiy chegaralarini mustahkamlab oldi, bugungi Sankt-Peterburg shahri yaqinidagi Viborg shahri, Finlyandiyaga yondosh joylashgan Kareliya respublikasi aynan shu urush davomida egallangan. 1940 yil yozida shu urushdan foydalanib SSSR rasmiy talab bilan bilan Ruminiyani Bessarabiya va Shimoliy Bukovinani berishga majburladi, buning natijasida Moldaviya SSR ittifoq respublikasi paydo bo‘ldi (asli moldovan degan millat yo‘q, bular ruminlardir). 1940 yilning iyunida esa Estoniya, Latviya, Litva sovet qo‘shinlari tomonidan bosib olindi.
Shunday qilib Iosif Stalin Adolf Gitler bilan do‘stlik va sherikchilik haqidagi shartnomasi asosida Yevropaning bir qismini egallab, Ikkinchi jahon urushiga fashist Germaniyasining ittifoqchisi sifatida kirdi. Faqat 1941 yili Gitler ochko‘zligi oqibatida bu ittifoqni buzib, SSSRga qarshi yurish boshlaydi. Shunga qaramay, 1945 yili Gitler bilan 1939 yilgi ittifoqchilik natijasida sovetlar bosib olgan hududlar SSSR tarkibida qoldi. Demak, Sovet-German ittifoqi sovet mamlakatining miqyosini kengaytirdi.
1941-yilning qishiga kelib nemis armiyasi Boltiqbo'yi, Moldova, Ukraina, Belorussiyani egalladi, Leningrad shahrini blokada qildi. Moskvaga esa yaqinlashib qolgan edi. Biroq Germaniya o'z maqsadiga erisha olmadi. U 6—7 hafta ichida urushni tugallashni rejalashtirgan edi.
1941-yilning dekabr oyida Sovet armiyasi qarshi hujumga o'tishga muvaffaq bo'ldi. Bu hujum natijasida nemis armiyasi Moskvadan 100—250 km. gacha uzoqlikka uloqtirib tashlandi. Moskva ostonalarida erishilgan g'alaba Germaniyaning yashin tezligidagi urush rejasini barbod qildi.
Sovet davlati o'z ittifoqchilari Buyuk Britaniya va AQSH oldiga bunday frontni ochish masalasini 1942-yildayoq qo'ygan edi, biroq ular bu masalani turli sabablar bilan orqaga surib keldilar. Ammo yolg'iz sovet davlatining o'zi Germaniyani yengishi ma'lum bo'lgach, ular bu masalani ortiq orqaga surish mumkin emas, degan qarorga keldilar. Chunki ularni Sovet davlatining butun Yevropani fashizmdan ozod etishi, binobarin, butun Yevropa Sovellar nazorati ostiga tushib qolishi mumkinligi istiqboli xavotirga solib qo'ydi.
Fashistlar xujumi va SSSRning dushmanni yo’q qilishga qaratilgan pozitsiyasi