F. K. Kamilova



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/77
Sana22.06.2022
Hajmi3,17 Mb.
#693399
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77
Bog'liq
Xalqaro turizm bozori. Kamiloiva F.K

Agentlik bitimlari —
bitimli VM T vertikalning marketing tizimi keng 
tarqalgan shakli. Agentlik bitimlari doirasidagi o'zaro munosabatlar 
turoperator va turagent orasidagi o'zaro majburiyatlar asosida tuziladi.
9.4. Turmahsulotni sotish jarayonida turagcntlarning o ‘rni
T uroperator va turagent orasida o'zaro munosabatlar o'rnatish jara- 
yoni umumiy ko'rinishda quyidagicha bo'ladi:
• turoperatorning oshkora ko'zbo'yamachilik usuli;
• turoperator va turagent orasida bitim tuzilishi (agentlik bitimi);
• turoperator tomonidan takliflar (price lists) va reklama material- 
larining yuborilishi;
• turistik mahsulotni bronlash to'g'risida turagentning arizasi;

arizaning turoperator to m onidan tasdiqlanishi va hisob raqami- 
ning o'rnatilishi;

turagent tom onidan hisob-kitoblarning amalga oshirilishi va t u ­
ristlar hujjatlarining taqdim etilishi (mam lakatdan vaqtincha ketish 
hollarida vizalarni rasmiylashtirish uchun).
Turistik operatsiyalar tavsifiga ko'ra, agentlik bitimlarining tarkibi 
turlicha bo'ladi. Agar gap bir martalik yoki qisqa muddatli bitim ha- 
qida borsa, ularjuda batafsil, agar kelishuv uzoq muddatga mo'ljallangan 
bo'lsa, bunda faqat asosiy shartlar keltiriladi. So'nggi holatda tijoriy 
shartlarni oydinlashtirish bitimga tuzilgan ilova asosida (masalan, yil- 
lik protokollar) yoki joriy ro'yxatga olish asosida amalga oshiriladi.
Agentlik bitimlari doirasidagi shartlar quyidagilardan iborat:
• turistik mahsulotni yetkazish bo'yicha majburiyatlar;
102


• turistik xizm atni bronlash shartlari (uslublari, m uddati, tartibi, 
axborotlar hajmi);
• turistlarga xizmat ko'rsatish shartlari, xizmat ko'rsatish hujjatlari, 
imtiyozli xizmat ko'rsatish tartibi;
• narx siyosati;
• o'z a ro hisob-kitob va to'lovlar siyosati;
• pul bilan taqdirlash tartibi va xarakteri;
• konfidensiallik;
• m as’uliyat;
• e ’tirozlarni ko ‘rib chiqish va hal qilish tartibi.
Agentlik bitimlarining amaliy shartlari agent va prinsipal tomondagi 
majburiyatlar asosida ham belgilanadi.
Agentning m uhim majburiyatlari quyidagilar:
• ongli xatti-harakat;
• prinsipalga potensial mijoz haqida to'g'ri m a'lum ot berish;
• kelishilgan narxlarda rejali sotish hajmi;
■ prinsipal imidjini saqlab qolish;
• prinsipal o ‘rnatgan narx darajasiga va narx siyosatiga rioya qilish;
• prinsipal tomonidan ruxsat etilgan chegirmalardan to‘g‘ri foydalanish;
• prinsipal to m o n id an berilgan m a ’lumotlarning konfidensialligini 
saqlash;
• o ‘z vaqtida, belgilangan shaklda prinsipalga hisobot berish;
• prinsipalni yuzaga kelgan qiyinchiliklar, e ’tirozlar va mijozlar 
reklamatsiyasi t o ‘g ‘risida xabardor qilish.
Prinsipalning asosiy majburiyatlari:
• agentni o ‘qitish;
• agentning istisnoli huquqqa ega bo'lgan hududini belgilab berish 
(agar bitimda ko‘rsatilgan b o ls a ) ;
• m a ’lumotlar va reklama materiallarini yetkazish tartibi.
Bitimning asosiy qismini haq t o ‘lash shartlari, m uddati va hajmi
tashkil qiladi. Haq t o ‘lash hajmi 2 - 1 2 % ni tashkil qiladi.
Agentga haq t o ‘lashning bir necha usullari mavjud:
1. 
Prinsipal (principal) — o ‘z n om idan ish yuritishga ruxsat bergan 
yuridik shaxs.
1) m ijo z l a r n i n g v o s ita la ri p r in s ip a lg a o 't k a z i l g a n d a n s o ‘ng 
belgilangan m uddatda;
2) pulni prinsipalga vuborishdan oldin bevosita turqiym atidan ushl.ib 
qolish;
103


3) o'zaro hisob-kitob, yig‘ilib borish chizmasi bo‘yicha va boshqa.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish