X V BOB
NURLANISHNING KVANT TABIATI
25.1 Issiqlik nurlanish va uning harakteristikalari
Nurlanishlar turli xil bo’ladi. Masalan, oksidlanayotgan fosforning nurlanishi,
gazlardan elektr tok o’tish jarayonida vujudga keladigan nurlanish, qattiq jismlarni
elektronlar bilan bombardimon qilish natijasida vujudga keladigan nurlanish,
kizdirilgan jismning nurlanishi, ya’ni issiqlik nurlanishi va xokazo. Bu nurlanishlar
bir-biridan o’zlarining vujudga kelishining tabiati bilan ajralib turadi. Lekin har
qanday nurlanish jarayonida ham energyaining biror turi nurlanish energiyasiga
aylanadi. Xususan, issiqlik nurlanishda nurlanayotgan jism zarralarining xaotik
issiqlik harakat energiyasining bir qismi elektromagnit to’lqin tarzida nurlanadi.
Bu nurlanish absolyut noldan farqli barcha temperaturadagi jismlarda kuzatiladi va
temperaturaga kuchli bog’liq bo’ladi. Shuning uchun, ba’zan, issiqlik nurlanish
teiperaturaviy nurlanish deb ham ataladi.
Issiqlik nurlanishga oid qonunlarni bayon qilishdan oldin nurlanish va uning
jism bilan ta’sirlashishini harakterlash uchun qo’llaniladigan ba’zi kattaliklarning
moxiyati bilan tanishaylik.
Har qanday nurlanishning asosiy harakteristikasi sifatida uning oqimi qabo’l
kilinishi kerak. Biror yuz orqali nurlanishning oqimi deganda birlik vaqt ichida shu
yuz orqali o’tayotgan nurlanish energiyasi tushuniladi:
dt
dW
Ф
(25.1)
bunda dW berilgan yuz orqali dt vaqt ichida o’tgan nurlanish energiyasi.
Turli nurlanishlar bir-biridan spektlarining uzlukli yoxud uzluksizligi,
spektrlarining kengligi va spektrning ayrim qismlariga mos keluvchi nurlanish
oqimi bilan farqlanadi. Nurlanish spektrining turli qismlari turlicha xususiyatlarga
ega bo’lib, o’zlarini turlicha namoyon qiladi. Masalan, λ=(0.40 0.75) mkm
intervaldagi nurlanish inson ko’ziga ta’sir qilish xususiyati bilan ajralib turadi.
Inson ko’zining turli to’lqin uzunlikli yorug’liklarni sezuvchanlik xususiyati
357
turlicha, to’lqin uzunligi 0,555 mkm bo’lgan nurlanish (yashil nur) uchun ko’zning
sezgirligi eng katta bo’ladi. Agar bu nurlarning ko’rinuvchanlik funksiyasi V(λ) ni
1 ga teng deb olsak, boshqa to’lqin uzunlikli yorug’lik nurlari uchun V(λ) ning
qiymati 1 dan kichik bo’ladi.
To’lqin uzunliklari 0,40 mkm dan kichik va 0,75 mkm dan katta bo’lgan
nurlanishlarning oqimi esa inson ko’zida kurish sezgisini batamom uygotmaydi.
Lekin ayrim intervaldagi to’lqin uzunlikli nurlanishlar ximiyaviy reaksiya,
fotoeffekt yoxud gazlarning ionlanishi kaba jarayonlarni vujudga keltirishi
mumkin. To’lqin uzunliklari ancha katta bo’lgan nurlanishlar oqimini esa
elektromagnit tebranish konturlari yoradmida qayd qilish mumkin.
Umuman, nurlanish oqimi quvvat birliklarida o’lchanishi kerak. SI da vatt
(Vt) larda o’lchanadi. Lekin nurlanishning ayrim sohalari uchun boshqa birliklar
ham mavjud. Masalan, yorug’lik to’lqinlarining oqimi lyumen (lm) larda
o’lchanadi. Mantikiy jixatdan yorug’lik oqimining birligi asosiy birlik sifatida
tanlab olinishi lozim edi. Biroq, tarixiy sabablarga kura SI da yorug’lik kuchining
birligi asosiy birlik deb qabo’l kilingan. Yorug’lik kuchini manba (nurlangich)
nurlanishining fazoviy burchak birligiga to’g’ri keladigan yorug’lik oqimi tarzida
aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |