349
sinish qonuniga buysunadi:
1)
singan nur, tushuvchi nur va tushish nuqtasiga o’tkazilgan normal bir
tekislikda yotadi;
2)
tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati ayni
muhit uchun o’zgarmas kattalik. Bu nisbat shu muhitning sindirish ko’rsatkichiga
teng.
Anizotrop kristallarda (masalan, island shpatida) yorug’lik singanda manzara
o’zgacha bo’ladi (24.10-rasm).
Tabiiy nur K kristallning A nuqtasiga tushgach, ikki nur (AB va AC lar) ga
ajraladi. Bu nurlar kristalldan chikkach, tabiiy nurga parallel yo’nalishda (BD va
CE lar) davom etadilar. Kristallda nurlarning sinishi tekshirilganda quyidagilar
aniqlanadi:
1) singan nurlardan biri (AB) Snellius qonuniga tula buysunadi;
2) ikkinchi singan nur (AC) esa Snellius qonuniga buysunmaydi.
Shuning uchun AB nur oddiy nur deb, AC nur esa gayrioddiy nur deb nom
oldi. Tekshirishlarning ko’rsatishicha, oddiy va gayrioddiy nurlar yassi qutblangan
ekan. Lekin ularning tebranishlari o’zaro perpendikulyar tekisliklarda sodir
bo’ladi. Bundan tashkari, island shpatining oddiy nur uchun sindirish ko’rsatkichi
1,658 ga, gayrioddiy nur uchun esa sindirish ko’rsatkichining qiymati nurning
yo’nalishiga bog’liq bo’lib, kristallning optik o’qi yo’nalishida 1,658 ga,
kristallning optik ukiga perpendikulyar yo’nalishda 1,486 ga tengligi aniqlandi.
E’tibor bersangiz, nurning yo’nalishi kristallning opti ukiga nisbatan aniqlanyapdi.
U holda kristallning optik o’qi nima? – degan savol tug’iladi, albatta. Bu savolga
javob berish uchun kristalloptikaning ba’zi elementlari bilan tanishaylik.
Har kanady muhitda yorug’likning tarqalish qonunlarini muhitga tushuvchi
birlamchi to’lqin va yorug’lik to’lqinning elektr maydoni ta’sirida vujudga kelgan
«elementar
nurlangich»
lar
tarqatadigan
ikkilamchi
to’lqinlarning
interferensiyalashishi
natijasi sifatida ifodalash mumkin. Lekin anizotrop
kristallarda ikkilamchi to’lqinlar interferensiyasini hisoblash ancha murakkab.
Shuning
uchun
Maksvellning
elektromagnit
maydon
nazariyasi
asosida
350
mulohazalar yurgizamiz. Yorug’lik uchun shaffof bo’lgan aksariyat jismlar
dielektriklardir. Dielektriklarning magnit sindiruvchanligi
=1 bo’lganligi uchun
kristallarning optik anizotropiyasi ularning dielektrik singdiruvchanligining
anizotropiyasi mahsulidir (
n
munosabatni eslang), deb hisoblasa bo’ladi.
Natijada kristall dielektrik singdiruvchanligining yo’nalishga bog’liqlik grafigini
quyidagi usulda tasvirlash mumkin. Kristall ichida ixtiyoriy O nuqtani tanlab
olamiz.
Bu
nuqtadan turli yo’nalishlar bo’yicha shunday kesmachalar
o’tkazaylikki, bu kesmachalarning uzunliklari shu yo’nalishlardagi kristall
dielektrik singdiruvchanligining yariminchi darajasiga (
) teng bo’lsin. Bu
kesmachalarning ikkinchi uchlariga tegib utadigan sirt ellipsoid shaklida bo’ladi.
Ellipsoidning simmetriya o’qlari bo’ylab to’g’ri burchakli Dekart koordinata
sistemasining OX, OY va OZ o’qlarini o’tkazaylik. Bu o’qlarning ellipsoid bilan
kesishgan nuqtalari O nuqtadan mos ravishda
Do'stlaringiz bilan baham: