(24.15)
Bu munosabat Bryuster qonuni deb, i burchak esa Bryuster burchagi (yoki
tula qutblanish burchagi) deb yuritiladi. Masalan, shisha uchun (n=1,53) Bryuster
burchagi 56 ga yaqin. Boshqacha aytganda, tabiiy yorug’lik nuri shisha
plastinkaga 56 burchak hosil qilib tushirilsa, qaytgan nur tushish tekisligiga
perpendikulyar yo’nalishda tula qutblangan bo’ladi.
Bryuster qonunining fizik mohiyati
bilan soddaroq holda, ya’ni yorug’likning
qaytishi
va
sinishi
ikki
dielektrik
chegarasida emas, balki vakuum bilan
dielektrik chegarasida ro’y berayotgan
holda tanishaylik. Tushayotgan yorug’lik
to’lqinning
elektr
maydoni ta’sirida
dielektrik tarkibidagi elektronlar tebranma
harakatga keladi. Tebranuvchi elektronlar
o’z
navbatida
ikkilamchi
kogerent
to’lqinlarni nurlantiradi. Ikkilamchi to’lqinlar 24.7-rasm
birlamchi to’lqinlar bilan o’zaro kogerentdir. Bu to’lqinlarning o’zaro
interferensiyalashishi tufayli qaytgan va singan nurlarning yo’nalishlaridan
tashkari barcha yo’nalishdagi tebranishlar sunadi. Elektron nazariya qaytgan va
singan nurlarning tabiatini shu tarzda tushuntiradi.
Endi, bu nurlar nima uchun qutblanadi? – degan savolga javob beraylik.
Dielektrikka tushayotgan yorug’lik nuri tabiiy nurdir. Tabiiy nurni yassi
monoxromatik to’lqinlarning yig’indisi deb tasavvur qilish mumkin. Bu
to’lqinlarning ixtiyoriy bittasi ustida mulohazalarimizni davom ettiraylik. Yassi
24..7.-
Rasm
347
monoxromatik to’lqinning (24.7-rasm) tebranish tekisligi nurning tushish tekisligi
bilan ixtiyoriy burchak hosil kilsin.
Bu to’lqinning E vektorini ixtiyoriy ikki tashkil etuvchining yig’indisi shaklida
ifodalashimiz
mumkin.
Tashkil
etuvchilardan
biri
nurning
tushish
tekisligida
yotuvchi
E
II
,
ikkinchisi
esa
tushish
tekisligiga
perpendikulyar bo’lgan E
per
lardan iborat bo’lsin. Dielektrikdagi elektronlar E
II
ta’sirida nurning tushish tekisligida, E
per
ta’sirida esa tushish tekisligiga
perpendikulyar yo’nalishlarda tebranadi. Bu tebranishlarning har biri tufayli yassi
qutblangan ikkilamchi to’lqinlar tarqaladi. Xususan, E
per
ta’sirida tushish
tekisligiga perpendikulyar
yo’nalishda tebranuvchi, E
par
ta’sirida esa tushish tekisligida tebranuvchi yassi
qutblangan ikkilamchi to’lqinlar hosil bo’ladi. Ikkilamchi to’lqinlarning
intesivliklari tarqalish yo’nalishiga bog’liq (24.8-rasm).
Tebranish yo’nalishiga perpendikulyar yo’nalishda ( = /2) nurlanish eng kuchli
bo’ladi. Aksincha, tebranish yo’nalishida ( =0 yoki ) esa nurlanish sodir
bo’lmaydi. E
par
va E
per
lar ta’sirida elektron nurlantirayotgan ikkilamchi
to’lqinlarning intensivliklari 24.8-rasmda tasvirlangan.
Rasmdan ko’rinishicha, qaytgan nur yo’nalishida E
per
ta’sirida tarqalayotgan
ikkilamchi to’lqinlar E
par
ta’sirida tarqalayotgan ikkilamchi to’lqinlardan ustunlik
qiladi.
Shuning
uchun qaytgan nurda tushish teisligiga perpendikulyar
yo’nalishdagi tebranishlar boshqa yo’nalishdagi tebranishlardan ko’proq bo’ladi.
Yorug’lik dielektrikka Bryuster burchagi ostida tushayotgan bo’lsa, E
par
qaytgan
nur bilan ustma-ust tushadi. Natijada qaytgan nur yo’nalishi bo’ylab E
par
ta’sirida
24.8-rasm
348
ikkilamchi to’lqinlar mutlako nurlantirilmaydi. Shuning uchun qaytgan nur to’la
qutblangan bo’ladi.
Singan nurning qisman qutblanishi quyidagicha tushuntiriladi. Tabiiy nurda
barcha yo’nalishlardagi tebranishlar teng extimolli. Tushayotgan tabiiy nurning
energiyasi qaytgan va singan nurlar orasida taqsimlanganligi uchun, energiyaning
saqlanish qonuniga asosan, qaytgan nurda biror yo’nalishdagi tebranishlar ko’proq
bo’lsa, singan nurda shu yo’nalishdagi tebranishlar kamroq bo’lishi kerak. Shuning
uchun qaytgan nur qutblanganda singan nur ham qisman qutblangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |