z
у
х
,
,
uzoqlikda
joylashgandir. U holda ellipsoidning tenglamasi
1
2
2
2
z
z
y
y
x
x
(24.16)
ko’rinishda bo’ladi. Odatda, ellipsoid muhitning optik indikatrisasi, (24.16) esa
uning tenglamasi deb ataladi.
1)
x
=
y
=
z
bo’lsa, kristallning optik indikatrisasi sferik shaklga ega
bo’ladi. Bunday kristalldagi barcha yo’nalishlarda aynan bir xil qiymatga ega.
Shuning uchun bu muhit optik jixatdan ham izotrop deb hisoblanadi ( n
ga
asosan).
2)
x
y
=
z
bo’lsa, optik indikatrisa OX o’qi atrofidagi aylanma ellipsoid
shakliga ega bo’ladi. Bu ellipsoid YOZ tekislik bilan kesilsa, aylana hosil bo’ladi.
Demak, OX ga perpendikulyar bo’lgan barcha yo’nalishlar bo’yicha ning
qiymatlari bir xil ekan. Bunday kristallni bir ukli kristall, OX ukni esa kristallning
O nuqta uchun optik o’qi deb ataladi. Shuni aloxida qayd qilish lozimki,
kristallning biror nuqtasi uchun optik uk deganda bu nuqtadar utuvchi to’g’ri
351
chiziqni emas, balki kristall ichidagi ma’lum yo’nalishni tushunish kerak. Bu
yo’nalishga parallel bo’lgan har qanday to’g’ri chiziq ham kristallning optik o’qi
bo’laveradi.
Kristallning optik o’qi orqali o’tgan har qanday tekislik kristallning bosh
tekisligi deb ataladi. Bosh tekisliklar cheksiz ko’p bo’lishi mumkin. Shuning
uchun, odatda, yorug’lik nuri va optik uk orqali utuvchi tekislikni kristallning bosh
tekisligi deb qabo’l qilish maqsadga muvofikdir.
3)
x
y
z
bo’lsa, kristall ikki ukli bo’ladi. Biz faqat bir ukli kristallarda
yorug’likning sinishini urganamiz. Yuqorida bayon etilgan tajribada qo’llanilgan
island shpati ham bir ukli kristalldir. Bu kristallning optik o’qi qanday yo’nalgan?
Island shpatining kristall panjarasi romboedr shakliga ega.
Romboedr kiyshaygan kubga uxshaydi. Uning O
1
va O
2
burchaklarini
birlashtiruvchi to’g’ri chiziq, ya’ni kichik diagonal kristallning optik o’qi deyiladi.
Kristall parchasida esa shunday yacheykalar har tomondan yonma-yon joylashgan
bo’ladi. Barcha yacheykalarning qisqa diagonallari o’zaro parallel. Shuning uchun
rasmdagi O
1
va O
2
to’g’ri chiziq yoki kristall ichidagi unga parallel bo’lgan
ixtiyoriy yo’nalish island shpati kristallining optik o’qi deb qabo’l kilinadi.
Island shpati bilan o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, faqat
kristallning optik ukiga parallel ravishda yorug’lik tushgan takdirda nurning ikkiga
ajralib sinishi ko’zatilmas ekan, holos. Boshqa barcha yo’nalishlarda nur ikkiga
ajralib sinadi. Bu holda kristallning optik o’qi O
1
O
2
va tushuvchi nur o’zaro
parallel bo’lmaganligi uchun nur kristallda ikkiga ajraladi. Snellius qonuniga
buysunuvchi oddiy nur o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi. Gayrioddiy nur esa uzining
«gayrioddiy» xususiyatini namoyish qilib, normal yo’nalishdan ogadi. Shuni
aloxida qayd kilmoq lozimki, bu nurning «gayrioddiy» ligi kristallga kirish va
chikishda hamda kristall ichida namoyon bo’ladi. Kristalddan chikkandan so’ng bu
nur «g’ayrioddiy» ligini yo’qotib, xuddi oddiy nur kabi yassi qutblangan nur bo’lib
qoladi. Ammo bu nurning tebranish tekisligi oddiy nurning tebranish tekisligiga
perpendikulyar. Tekshirishlarning ko’rsatishicha, oddiy nur E vektorining
352
tebranishlari kristall bosh tekisligiga perpendikulyar yo’nalishda, gayrioddiy
nurniki esa kristall bosh tekisligida sodir bo’ladi.
Endi, bir o’qli anizotrop kristallarda yorug’likning ikkiga ajralib sinishining
sababi nimada? – degan savolga javob berishimiz mumkin. Bu nurlarning E
vektorlari kristallning bosh tekisligiga perpendikulyar yo’nalishda tebranadi.
Demak, barcha yo’nalishdagi oddiy nurlarning E vektorlari kristallning optik ukiga
perpendikulyardir. Bir o’qli anizotrop kristallning optik o’qiga perpendikulyar
yo’nalishlarda ning qiymati o’zgarmas edi. Bundan oddiy nurning sindirish
ko’rsatkichi
n
0
=const, (24.17)
degan xulosaga kelamiz.
G’ayrioddiy nurning E vektori kristallning bosh tekisligida joylashgan
Rasmdan ko’rinishicha, E va kristallning optik o’qi orasidagi burchak gayrioddiy
nurning yo’nalishiga bog’liq bo’lib, uning qiymati 0 dan /2 gacha o’zgaradi. Bu
esa gayrioddiy nur uchun bir ukli anizotrop kristallning sindirish ko’rsatkichi
n
e
const, (24.18)
degan xulosaga olib keladi. E va optik uk orasidagi burchakning /2 ga teng
qiymati kristallning optik o’qi bo’ylab yo’nalgan gayrioddiy nurga tegishli bo’lib,
bu holda n
e
=n
o
bo’lib koladi. Haqiqatdan, tajribalarda faqatgina optik uk
yo’nalishida yorug’likning ikkiga ajralib sinishi kuzatilmaydi. Sariq yorug’likdan
(
0
=0,589 mkm) foydalanib o’tkazilgan tajribalarda island shpatining gayrioddiy
nur uchun sindirish ko’rsatkichi n
e
ning qiymati 1,658 dan (optik uk yo’nalishida)
1,486 gacha (optik o’qqa perpendikulyar yo’nalishda) o’zgaradi.
Shunday qilib, oddiy va gayrioddiy nurlarning sindirish ko’rsatkichlari bir-
biridan farqlanganligi uchun bu nurlarning kristalldagi sinish burchaklari ham
farqlanadi. Natijada oddiy va gayrioddiy nurlar bir-biridan ajralib davom etadilar.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |