Dozimetrik nazorat
Dozimetrik nazorat DSENM radiatsion xavfsizlik xizmati vakillari,
shuningdek, obyektlarning o’zidagi radiatsion xavfsizlik uchun mas’ul shaxslar
(radiatsion xavfsizlik xizmati — RXX) tomonidan amalga oshiriladi. Oldinga
qo’yilgan vazifalar va obyekt toifasini hisobga olgan holda dozimetrik nazorat
quyidagicha amalga oshiriladi:
Umumiy dozimetrik nazorat. Uning asosiy maqsadi statsionar muhofaza
to’siqlari (himoya ekranlari, pardalar, devorlar, pollar, shiftlar) sifatining
baholashdir. Bu baholanish ionlantiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlash paytida
xodimlarning ish joylaridagi, shuningdek, qo’shni xonalardagi ekspozitsion
energiyani o’lchash bilan amalga oshiriladi.
Umumiy dozimetrik nazorat rentgenometr (DRG-05M, DRG-107 MS, DKR-
1103A va hokazo) qurilmalari yordamida amalga oshiriladi (9.1.4,5,6-rasmlar).
517
9.1.4-rasm. DRG-05M 9.1.5-rasm. Mini-dozimetr
9.1.6-rasm. “DKR-1103A DKR-1103A X-ray dosimeter” rentgen nurlanish
dozimetrining to’liq to’plami.
Radiatsion vaziyatni tezkor baholash uchun (shu jumladan, maishiy
sharoitda) nurlanishni aniqlash va nurlanish dozasi energiyasini baholash tovushli
signal va raqamli tablo yordamida amalga oshiriladigan indikatorga o’xshash
uskunalardan foydalanish mumkin. Bunaqangi turdagi dozimetrlar sirasiga DKS,
“Bella”, RM-1710 va boshqalar kiradi (9.1.7-rasm).
518
9.1.7-rasm. DKS dozimetr-signalizatori.
Individual (shaxsiy) dozimetrik nazorat
Individual dozimetrik nazoratning asosiy maqsadi professional xodimlardagi
tashqi ionlantiruvchi nurlanishning barcha turlaridan bo’lgan individual dozali
yuklamani aniqlashdan iboratdir (A toifasi).
Ommaviy individual dozimetrik nazoratda ko’pincha individual fotonazorat
(IFK] va termolyuminestsentli dozimetrik (TLD) usullardan foydalaniladi (9.1.8-
rasm).
9.1.8-rasm. TLD.
Individual fotonazorat rentgen va gamma-nurlanishlarning individual
dozalari, shuningdek, beta-zarrachalar va neytronlar hisobiga nurlanishlar
dozalarini qayd etish uchun qo’llaniladi.
Radiometrik nazorat
519
Dori vositalari radioaktivligini o’lchash radiometrlar yordamida amalga
oshiriladi. Radiometrlar alohida yadro zarrachalari va kvantlar nurlanishlarini
hisoblash uchun mo’ljallangan.
Turli radiometrlarning asosiy tuzilishi bir xil bo’ladi. Asbob 2ta asosiy —
qabul qiluvchi va qayd etuvchi qismlardan iborat bo’ladi (9.1.9-rasm). Qabul
qiluvchi qism Geyger-Myuller hisoblagichi, stsintillyatsion qistirma (pristavka) va
boshqalar bo’lishi mumkin. Qayd etuvchi qism schetchikka ishchi kuchlanish
berilishini va hisoblagichdan kelayotgan impulslar qayd etilishini ta’minlaydi. Shu
bilan birga har bir asbob uchun o’z o’lchov chegaralari va konstruktiv o’ziga
xosliklar mavjud, shu sababli ham asbobni
tanlash va unda ishlash asbobning vazifasi,
nomi va asbob boshqaruvchi barcha
elementlarning vazifasi, shuningdek, unda
ishlash tartibi ko’rsatilgan yo’riqnomalarga
qat’iyan rioya qilgan holda amalga
oshirilishi kerak.
9.1.9-rasm. “Alfarad” radon radiometri.
Do'stlaringiz bilan baham: |