Odam organizmiga ta’sir ko’rsatadigan umumiy radiatsion fonning
gigiyenik ahamiyati.
Insonning ionlantiruvchi nurlanishlar bilan nurlanishi ehtimoli va darajasi
nafaqat IN manbalari bilan kasbiy aloqadorlikka, balki atrof-muhit radioaktivligi
darajasiga ham bog’liq bo’ladi.
Butun aholining nurlanishi 3 ta asosiy omillarga: tabiiy radiatsion fon, tibbiy
muolajalar va atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga bog’liq bo’ladi. Radiatsion
fon quyidagilarga bo’linadi:
- Tabiiy radiatsion fon (TRF);
- Texnologik o’zgargan radiatsion fon (TURF);
- Sun’iy radiatsion fon (SRF).
Tabiiy radiatsion fon (TRF) Yer qobig’iga bog’liq bo’lmagan ionlantiruvchi
nurlardan (kosmik nurlanish) va yer qobig’iga bog’liq bo’lgan manbalardan tashkil
topadi.
Kosmik nurlanishlar birlamchi va ikkilamchi nurlanishlarga bo’linadi:
Birlamchi kosmik nurlar - protonlardan (92%), alfa zarrachalari (7%) va
zaryadi 10 dan ortiq bo’lgan atom yadrolaridan iborat. Kosmik nurlanishlar
galaktika tumanlaridan va quyosh sathida sodir bo’ladigan termoyadro
reaktsiyalaridan hosil bo’ladi.
Ikkilamchi kosmik nurlanishlar - kosmik nurlar yer yuzasiga yetib kelishi
jarayonida atmosfera havosi tarkibidagi atomlar va boshqa kimyoviy elementlar
bilan reaktsiyaga kirishib, boshqa atom va molekulalarning ionlantirish
xususiyatiga ega bo’lgan fotonlarni hosil qiladi. Ularning qiymati geografik
kenglikka bog’liq: uning eng yuqori qiymati geografik qutb kengliklarida
kuzatiladi.
Yer qobig’iga bog’liq bo’lgan tabiiy radioaktiv manbalar-litosfera, gidrosfera,
atmosfera, o’simliklarda va hayvon organizmlaridagi RM. Bu elementlarni shartli
ravishda 3 guruhga bo’lish mumkin:
509
1.Uran (
238
U), toriy (
232
Th ) va aktinouran (
235
AcU) oilasiga mansub bo’lgan
radioaktiv tarkibga kiruvchi radioizotoplar.
2.Yuqoridagi oila bilan genetik bog’liq bo’lmagan radioaktiv elementlar: kaliy
(
40
K), kaltsiy (
48
Ca), rubidiy (
87
Ru) va b.q.
3.Tog’ jinslari, yer qobig’ini tashkil qiluvchi moddalar, hamda tuproq tarkibidagi
kosmik nurlanishlar ta’sirida to’xtovsiz hosil bo’lib turadigan radionuklidlar.
Inson organizmiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik nurlanish dozalari.
Aholining nurlanish dozasiga antropogen manbalarda ionlantiruvchi nurdan
foydalaniladigan rentgen diagnostika tekshirishlari eng katta hissa qo’shadi. O’zR
aholisi uchun AES dan tashkari, barcha nurlanish hisobiga bo’ladigan o’rtacha
shaxsiy samarali nurlanish dozasi, taxminan yiliga 3,5 mZv (440 mkR/soat) ni
tashkil qiladi.
Organizmga nurlanish ta’sirining biologik samarasi.
Nurlanishlarning inson organizmga ta’siri 2 guruhga bo’linadi:
- 1 guruh — somatik (deterministik) samaralar: nurdan kuyishlar, katarakta (ko’z
gavharining xira tortishi), nur kasalligi, gemopoezning buzilishi, bepushtlik,
alopetsiya.
- 2 guruh — stoxastik samaralar: genetik buzilishlar, umr ko’rish muddatining
qisqarishi.
Ushbu samaralarning har biri uchun biologik ta’sirning ba’zi bir
xususiyatlari xos bo’ladi:
Deterministik samaralar:
- Bo’sag’a doza samarasi mavjudligi (nurlanishning boshlang’ichdan oldingi
dozasi bunaqangi biologik ta’sir ko’rsatmaydi);
- Biologik o’zgarish qiymati nurlanish dozasiga to’g’ri proportsional.
Stoxastik samaralar uchun:
- Boshlang’ich doza yo’qligi;
510
Ta’sir samaraning yuzaga chikish mumkinligi nurlanish muddatini oshirish
bilan o’sib boradi. Natijada genetik o’zgarishlar, xavfli o’smalar, umr ko’rish
muddatining qisqarishi yuzaga keladi.
Ko’rsatilgan samaralar asosida ionlantiruvchi nurlanishning hujayraga
bevosita yoki bilvosita (to’g’ridan-to’g’ri va to’g’ridan-to’g’ri bo’lmagan) ta’sir
ko’rsatishi yotadi.
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) ta’siri:
oqsil molekulasini parchalashi, DNK ning jarohatlanishini keltirib chiqarishi,
mustahkam bo’lmagan bog’larning uzilishi, radikallarning ajralishi, boshqa
denaturatsion o’zgarishlarni kelib chiqishi.
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga bilvosita ta’siri: nurlangan
hujayradagi xromosoma apparat mexanizmining jarohatlanishi; hujayralarning
tiklanishi va tabaqalanish jarayonlarini qurshab olinishi, birlamchi jarayon
hujayradagi suvga yutilgan nurlanish va yuqori aktivlikka ega bo’lgan ON+ yoki
N+ ozod radikallarning hosil bo’lishi bilan belgilanadi.
Hujayralardagi eng muhim o’zgarishlar:
a) nurlantirilgan hujayralarda bo’linish mexanizmi va xromosomalar apparati
shikastlanishi;
b) hujayralarning yangilanish va taqsimlanish (differentsiyalanish) jarayonlari
to’silib qolishi (uzoq vaqtgacha bitmaydigan nurdan kuyishlar);
v) proliferatsiya va to’qimalarning kelgusidagi fiziologik regeneratsiya (tiklanish)
jarayonlari to’xtab qolishi (nurdan kuyish va boshqa jarohatlanishlar).
Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta’siri: umumiy olingan doza qiymatiga,
nurlanish davomiyligiga, radiatsiya turiga (tashqi, ichki), organlarning
radiosezgirligiga; hujayralarning ta’sirchanligiga va individual ta’sirchanlikka
bog’liq bo’ladi.
IN ta’sirida yuzaga keladigan jarohatlar va samaralar eng avvalo nurlantirish
dozasi va uning organizmga ta’sir qilgan vaqtiga bog’liq bo’ladi. Agar IN insonga
o’zaro ta’sirining somatik samaralari yiliga 0,5 Zv (50 ber/yil) va undan kattaroq
511
dozadagi muntazam nurlantirishda namoyon bo’lsa, unda istalgan dozadagi
uzluksiz nurlantirish ta’sirida stoxastik samaralar xavfi oshishini kutish mumkin.
Shu sababli 1985 yildayoq qabul qilingan qarorga binoan, har qanday kichik
dozadagi qo’shimcha nurlantirilish kantserogenez xavf oshishi bilan bog’liqdir. Bu
qaror IN boshlang’ichsiz ta’siri kontseptsiyasiga muvofiq bo’lib, sobiq ittifoqning
barcha respublikalarida o’z kuchini saqlab kelmoqda.
Tana a’zolarining radiosezgirligi. Barcha a’zolar ham IN ta’siriga birdek
ta’sirchan emas, bu esa “radiosezuvchanlik” (RS) tushunchasi bilan ifodalanadi.
Ular organlar sistemasiga ta’sirchanligi jihatdan 3 guruhga bo’linadi (9.1.1-jadval):
yuqori, o’rtacha va past:
9.1.1-jadval
Yuqori RS
O’rtacha RS
Past RS
Qizil ilik
Qorataloq
Timus
Limfa bezlar
Jinsiy bezlar
Ko’z gavhari
Limfotsitlar
Teri
Mezoderma
hosilalari
(jigar,
yurak, o’pkalar..)
Mushaklar
Suyaklar
Asab tizimi
Nurlantirish dozalarini gigiyenik me’yorlashtirishda a’zolarning radiosezuvchanligi
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |