502
9 BOB
RADIATSION GIGIYENA
9.1. Radiatsion gigiyena fani haqida tushuncha. Radiologik bo’limning
tekshiruv ob’ektlari haqida tushuncha.
XIX asrning eng muhim kashfiyotlaridan biri - radioaktivlik va
ionlantiruvchi nurlarning kashf etilishi bo’lib, ular insoniyatning xo’jalik
faoliyatidagi ko’plab sohalar, ilm-fan, sog’liqni saqlash, energetika, shuningdek,
harbiy sohada keskin burilish yasalishiga sabab bo’ldi. Ayni vaqtda inson
faoliyatida ionlantiruvchi nur manbalari qo’llanilmaydigan sohani topish mushkul.
Biroq ushbu buyuk kashfiyotlar amalga oshirilganidan so’ng tez orada barcha
ionlantiruvchi nurlar organizm uchun xavf tug’dirishi aniqlanib, shu bois radiatsion
xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tadbirlar tizimini yaratish zarurati paydo bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: