Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv
chiqindilarning tavsifnomasi.
Radioaktiv moddalardan foydalanila boshlanganidan beri atrof-muhitda
salmoqli miqdorda radionukleidlar paydo bo’ldiki, ular quyidagi sabablarga ko’ra
yuzaga kelgan:
a)yadro quroli sinovlari;
b)bo’linuvchi materiallar olinishi va qayta ishlanishi bo’yicha korxonalar faoliyati;
v)ishlab chiqarish texnologiyasida RMdan foydalanadigan muassasalar,
tashkilotlar va laboratoriyalar faoliyati.
Hozirgi vaqtda INMdan foydalanish ko’lamlari kengayayotganligi tufayli
ham atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi jiddiy muammoga aylanib bormoqda.
Atrof-muhit radioaktiv ifloslanishining xususiyatlari va darajasi ifloslanish
manbalariga bog’liq.
Atrof-muhitning
global
radioaktiv
ifloslanishida
yadro
qurollari
portlashlarining qoldiqlari, ba’zi mamlakatlarning mahalliy (lokal) harbiy
nizolarida qo’llaniluvchi zamonaviy qurollarning ba’zi turlarida zaif boyitilgan
527
urandan
foydalanilishi,
shuningdek,
yadro
obyektlarida
yuz
beruvchi
halokatlarning asoratlari katta ahamiyatga ega bo’ladi. Mahalliy (lokal) radioaktiv
ifloslanish ko’pincha uncha qudratli bo’lmagan radiologik ob’ektlarning ishlashi
bilan bog’liq bo’ladi.
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantirishi jihatidan xavf soluvchi radiologik
ob’ektlarni shartli ravishda 2 guruhga bo’lish mumkin:
1.Texnologiyasida ochiq INM gazlar, eritmalar, qattiq yoki kukunsimon tanachalar
sifatida foydalanilishi nazarda tutilgan korxonalar va tashkilotlar. Bunday ob’ektlar
sirasiga eng avvalo atom sanoati korxonalari, shuningdek, tibbiyotda ochiq
INMdan foydalanish kiradi.
2.RM ochiq holda foydalaniladigan obyektlar texnologik jarayonning istalmagan
yoki muqarrar mahsulotlari sifatida paydo bo’lmoqda. Shunday ekan, radon yerosti
yaratmalarida ishlab chiqarish muhitining muqarrar omili bo’ladi, issiqlik
ajratuvchi elementlar (IAEL)ning sovutilish jarayonida esa AESda neytronlarni
istilo qilishda suvning yo’naltirilgan radioaktivligi oqibatida radionukleidlar hosil
bo’ladi.
SanQvaM 0193-06 ga muvofiq, tarkibida belgilangan chegaradan oshadigan
miqdorda RM bor va kelgusida ishlatish uchun yaroqsiz bo’lgan biologik
orb’ektlar, materiallar, mahsulotlar, eritmalar radioaktiv chiqindilar sirasiga
kiritiladi. Bunday chiqindilar sirasiga ishlatilgan radionukleidli manbalar ham
kiradi.
Radioaktiv chiqindilar agregat holatiga ko’ra suyuq, qattiq va gazsimonga
ajratiladi. Suyuq radioaktiv chiqindilar sirasiga kelgusida ishlatishga yaroqsiz
organik va noorganik suyuqliklar, pulpa va shlamlar kiradi, ulardagi
radionukleidlarning solishtirma faolligi suv bilan tushgandagi aralashuvlar darajasi
qiymatidan 10 barobar oshiq bo’ladi.
Qattiq radioaktiv chiqindilarga o’z resursini ishlatib bo’lgan radionukleidli
manbalar, kelgusida ishlatishga mo’ljallanmagan materiallar, buyumlar, asbob-
uskunalar, biologik ob’ektlar, tuproq, shuningdek, qotirilgan suyuq radioaktiv
528
chiqindilar kiradi. Gazsimon radioaktiv chiqindilar sirasiga sanoat ishlab chiqarish
jarayonlarida yuzaga keladigan, ishlatish mumkin bo’lmagan radioaktiv gazlar va
aerozollar kiradi.
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan himoya qilish chora-tadbirlari tizimi:
- tozalovchi asbob-uskunalar sonini maksimal darajada kamaytirishga intilish;
-tozalash
tizimlariga
xizmat
ko’rsatish
va
ta’mirlash
maksimal
avtomatlashtirilishini ta’minlash;
- ish samaradorligi signalizatsiyasini ta’minlash;
- xodimlar uchun xavfsiz ishlashni ta’minlash.
Atmosferaga tashlanmalarni tozalash bir necha usullar bilan amalga
oshiriladi, ularni tanlash havo tarkibidagi RMning agregat holati va fizikaviy-
kimyoviy xususiyatiga bog’liq. Xususan, radioaktiv aerozollar ingichka tolali
polimer filtrlar (AFA, FPP turidagi) bilan filtrlash orqali, gazlar va bug’lar esa
qattiq yoki suyuq sorbentlar yordamida adsorbtsiyalash yo’li bilan yo’qotilishi
mumkin.
Suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar bilan ishlash tizimi ularni to’plash,
saralash, qadoqlash, vaqtincha saqlash, ular saqlanishi uchun qulay sharoit yaratish
(kontsentratsiyalash, qotirish, zichlash, yoqish), tashish, uzoq vaqt saqlash va
(yoki) ko’mishni o’z ichiga oladi.
Radiatsion halokatlardagi radiatsion xavfsizlik.
Radiologik ob’ektlarni normal loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya
qilish sharoitlarida har qanday toifadagi aholining ortiqcha nurlanishi istisno
qilinadi. Biroq ko’zda tutilmagan vaziyatda radiologik ob`yektlarda ishlovchi
xodimlar uchun ham, atrofdagi aholi uchun ham o’ta jiddiy xavf tug’dirishi
mumkin.
Radiatsion halokat — uskunalar nosozligi oqibatida ionlantiruvchi nurlanish
manbaining boshqaruvi yo’qotilishi, xodimlarning noto’g’ri xatti-harakatlari, tabiiy
ofatlar yoki boshqa sabablar tufayli odamlar yohud atrof-muhitning nazorat
529
qilinuvchi shartlarda belgilangan qiymatlardan oshadigan miqdorda radioaktiv
ifloslanishi radioaktiv halokat deyiladi.
Radiatsion halokatlarning eng ko’p uchraydigan sabablari:
- INMni noto’g’ri saqlash;
- INMdan foydalanish yoki konservatsiyalash qoidalariga rioya qilmaslik;
- INMni yo’qotib qo’yish yoki o’g’irlash;
- nurlanish manbai bo’lgan texnikaning ishlamay qolishi;
- yadro transport vositalarining yaroqsizligi;
- yadro ob’ektlaridagi halokatlar;
- tabiiy ofat oqibatida halokat;
Radiatsion halokatlar lokal (ma’lum bir joydagi), mahalliy va umumiy
(yoyilgan) turlarga bo’linadi.
Lokal halokat - radioaktiv mahsulotlar yoki nurlanishlarning uskunalar,
texnologik tizimlar, binolar va inshootlarning chegarasidan normal ekspluatatsiya
uchun belgilangan qiymatlardan chetga chiqishiga olib keladi. Bunda binoda,
inshootda yoki ish maydonchasida bo’lgan xodimlar (shaxsiy tarkib) normal
ekspluatatsiya uchun yo’l qo’yiluvchi dozalardan oshadigan darajada nurlanishi
mumkin.
Mahalliy halokat - radioaktiv mahsulotlar sanitariya-muhofaza zonasi (SMZ)
hududida normal ekspluatatsiya uchun belgilangan qiymatlardan oshadigan
miqdorda chiqishiga olib keladi. Bunda ham xodimlar (shaxsiy tarkib) yo’l
qo’yiluvchi dozalardan oshadigan darajada nurlanishi mumkin.
Umumiy halokat - radioaktiv mahsulotlar normal ekspluatatsiya uchun
belgilangan qiymatlardan oshadigan miqdorda SMZ chegarasidan tashqariga
chiqishiga va bunda aholining nurlanishi va atrof-muhitning ifloslanishi
belgilangan me’yorlardan oshishiga olib kelishi mumkin.
1990 yilda Atom energiyasi bo’yicha xalqaro agentlik va Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkilotining yadro energiyasi bo’yicha agentligining
xalqaro mutaxassislar guruhi tomonidan Yadro va radiologik hodisalarning xalqaro
530
shkalasi (INES) ishlab chiqilgan bo’lib, uning yadro obyektlarida sodir bo’ladigan
hodisalarning xavfsizlik nuqtai nazaridan ahamiyati haqida xabardor qilib
turadigan qurol sifatida qilishi mo’ljallangan. Keyinchalik, radiatsion xavflar
paydo bo’lishiga olib keluvchi har qanday hodisalarning ahamiyati haqida xabar
berib turish zarurati oshgani oqibatida INESga qo’shimchalar kiritildi. 2008 yilda
RMXKga radiatsion halokatlar va hodisalar darajalarining quyidagi tavsifnomasi
tavsiya etilgan.
INES shkalasi:
7 DARAJA: Yirik halokat — insonlar salomatligi va atrof-muhit uchun keng
ko’lamdagi asoratlar qoldiruvchi, rejalashtirilgan va uzoq davom etuvchi qat’iy
choralarni amalga oshirishni talab qiluvchi yirik radioaktiv materiallar
tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat);
6 DARAJA: Jiddiy halokat — rejalashtirilgan qat’iy choralarni amalga oshirishni
talab qilishi ehtimoli bo’lgan salmoqli radioaktiv materiallar tashlanmalari
(masalan, AESdagi halokat);
5 DARAJA: Keng asoratli halokat — reaktor faol zonasining og’ir shikastlanishi:
qurilma doirasidagi aholini nurlantirishi ehtimoli yuqori bo’lgan radioaktiv
materiallar tashlanmasi, shuningdek, radioaktiv materialning cheklangan
tashlanmasi, u ba’zi rejalashtirilgan qat’iy choralarning amalga oshirilishini talab
qilishi mumkin. Nurlanish tufayli bir nechta o’lim hodisalari bo’lishi mumkin;
4 DARAJA: Lokal asoratli halokat — Eng kamida bitta nurlanishdan o’lish
hodisasi kuzatiladi. Loyihada ko’zda tutilgan zonadan tashqariga uncha katta
bo’lmagan radioaktiv material tashlanmasi ro’y beradi. Rejalashtirilgan qat’iy
choralarning amalga oshirilishi talab etilishi ehtimoli kam;
3 DARAJA: Jiddiy hodisa (masalan, yo’qolgan, o’g’irlangan va ko’zlanmagan
joyga yetkazib berilgan manba) — Ishchilar uchun o’rnatilgan yillik chegaradan
o’n marta oshadigan nurlanish. Nurlanishdan salomatlik uchun o’limga olib
kelmaydigan determinatsiyalangan samara (masalan, kuyishlar). Ishlash dozasidagi
531
nurlanish dozasi quvvati 1 Zv/s.dan oshmaydi. Loyihada ko’zda tutilmagan
zonadagi kuchli radioaktiv ifloslanish;
2 DARAJA: Hodisa - aholining 10 mZv dan yuqori nurlanishi. Xodimning
belgilangan yillik chegaralardan oshadigan nurlanishi (masalan, xavfsizlikni
ta’minlash vositalaridan voz kechish, xavfsizlik saqlangani holdagi yuqori faol
egasiz INM, yuqori faollikka ega yopiq INMning qadog’i buzilishi);
ANOMALIYA — aholi vakillarining me’yordan ortiqcha nurlanishi
(masalan, INM yo’qolishi yoki o’g’irlanishida, tashish vaqtida noto’g’ri
joylanganda).
Do'stlaringiz bilan baham: |