beruvchi asosiy omillarga, ularning oqilona ovqatlanishi kiradi. Oqilona
ovqatlanishni tashkil qilishning asosiy mezoni sifatida quyidagilarni keltirish
3.Tinchlik va harbiy harakatlar sharoitiga muvofiq ovqat iste’moli me’yorlari
Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishi tashkil qilishdagi o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, ularni ovqatlantirish kunlik ta’minot me’yori asosida amalga
oshiriladi (MV-ning №288- buyrug’i) va bunda belgilangan ovqat mahsulotlarining
586
energetik qiymatliligi harbiy qismlarning tarkibiga va qo’shin turlariga bog’liq
holda o’zgarib boradi.
Kunlik ta’minot me’yorlari deb - 1 askar uchun 1 kecha-kunduzga
mo’ljallangan ovqat mahsulotlarining miqdori va sifat tarkibiga aytiladi. Buni
oddiy ko’rinishda askar payogi deb nomlanadi. Payoklar har xil turga bo’linadi:
-qozonga doir payoklar ya’ni issiq ovqatlar
-quruq payoklar –issiq ovqat tayyorlash sharoiti bo’lmaganda beriladigan ovqat
mahsulotlari
-qo’shimcha payoklar –havo desant qo’shinlari, yuqori tog’li tumanlarda xizmat
qiluvchilar, uchuvchilar tarkibi, zobitlar tarkibi, suv ostida xizmat qiluvchilar kabi.
Umuman
olganda
MDH
mamlakatlaridagi
harbiy
xizmatchilarni
ovqatlantirish uchun 40 ga yaqin payoklardan foydalaniladi, shu jumladan 11 tasi
asosiy ovqatlar (qozon ovqatlari), 8 ta qo’shimcha va 19 turdagi quruq payoklar.
Bular ichida eng asosiysi, asosiy payok hisoblanadi. Bu payoklarni ishlab
chiqishda quyidagi asosiy tavsiyanomalar inobatga olingan:
-kunlik ratsionning energetik qiymati - 4112 kkal;
-oqsillar -106 g;
-yog’lar -93 g;
-karbonsuvlar -687 g;
-vitaminlar - "C" -70 mgdan kam bo’lmasligi, "A" -1,5 mg, "V1" va "V2" -2 mg,
"RR"-15mg, fosforlar -2525 mg, kalsiy - 670mg, temir-28mg (MV 1990 yildagi
№445 Buyrug’i). O’zR QK -da MV-ning №288-buyrug’iga muvofiq quyidagi
soldat payoklari mavjud: umumqo’shinlar payogi (№1-me’yor), uchuvchilar
payogi (№2-me’yor), davolovchi payok-(№5- me’yor), umumqo’shinlarning quruq
payoklari - (№9-me’yor). Shu buyruqqa muvofiq harbiy dala sharoiti va ayrim
vaziyatlarda ayrim ovqat mahsulotlarini tarkibi va energetik qiymati mos keladigan
boshqa mahsulotlar bilan almashtirish mumkinligi ham ko’rsatilgan.
Umumqo’shinlar payogidagi mahsulotlar ro’yxatiga quyidagilar kiritilgan
bo’lib, ularning asosiylari 20 mahsulotdir, shu jumladan: non -750 g, yormalar -
587
120 g, go’sht -175 g, baliq -100g, qand - 70 g, tuxum -haftasiga 4 dona, mevalar -
900 g v.b.
Harbiy xizmatchilarning ovqatlanishini tashkil qilishning o’ziga xos
xususiyatlari shundan iboratki, u ommaviy xarakterga ega bo’lib, ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash, issiq ovqatlarni tayyorlash va tarqatish
markazlashgan holda amalga oshiriladi. Harbiy xizmatchilarning ovqatlantirilishini
sanitar nazoratdan o’tkazish, shu ovqat qanday sharoitda tayyorlanganligi ya’ni
tinchlik yoki harbiy dala sharoitida tayyorlanganligiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: