F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet275/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

571 


 

10 BOB 

HARBIY GIGIYENA ASOSLARI. 

   


Harbiy  qo’shinlarni  tibbiy  va  sanitar-gigiyenik  ta’minoti  o’z  oldiga  harbiy 

xizmatchilarning  salomatligini  saqlash,  uni  mustahkamlash  va  jangovorlik  ruhini 

oshirish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasalliklarni oldini olish, yuqori 

darajadagi  mehnat  qobiliyatini  saqlash  vazifalarini  qo’yadi.  Bu  vazifalarni 

bajarishda harbiy gigiyenaning tutgan o’rni ham katta. 

     Harbiy  gigiyena  harbiy  xizmatchilar  organizmiga  ta’sir  etishi  mumkin  bo’lgan 

atrof-muhit omillarini o’rganib, uning negativ ta’sirini bartaraf qilishga doir zaruriy 

tadbirlarni  ishlab  chiqish,  kundalik  hayotga  tatbiq  qilish,  hamda  qo’shinlarning 

gigiyenik  ta’minotining  nazariy  va  amaliy  masalalarini  ishlab  chiqadi.  Harbiy 

gigiyenaning  asosiy  maqsadi  harbiy  xizmatchilarning  yuqori  darajadagi 

jangovorlik  holati  va  mehnat  qobiliyatini  saqlash  va  ularning  salomatligini 

muhofaza  qilishdan  iborat  bo’lib,  buning  uchun  kerakli  vositalar  va  usullarni 

izlaydi. Qo’shinlarning harbiy holati va salomatlik darajasini ularni o’qitish, harbiy 

mashqlarga  o’rgatish  va  jangovor  vazifalarni  bajarish  sharoitida  bir  me’yorda 

saqlashdir. 

    Qo’shinlarning zamonaviy gigiyenik ta’minotini tashkil etish shakllari uzoq vaqt 

davomida to’planib va takomillashib kelgan. Gigiyenik tadbirlar haqidagi birinchi 

ma’lumotlar  XIV-XV  asrlardagi  harbiy  qismlarga  to’g’ri  kelib,  u  vaqtlarda 

qo’shinlarni joylashtirish uchun joy tanlash, ichimlik suvining sifatiga baho berish 

qoidalari shaklida ishlab chiqilgan. 

     Qo’shinlarni  joylashtirish,  ularni  oqilona  ovqatlantirish,  sifatli  ichimlik  suvi 

bilan  ta’minlash  masalalariga  Pyotr  I  armiyasida  juda  katta  o’rin  berilgan  va 

yetarlicha e’tibor qaratilgan, XVIII asrda Rossiya armiyasidagi divizion vrachlarga 

pand-nasihat  sifatida  "Tibbiy  amaldorlarga  qoida"  ishlab  chiqilgan  bo’lib,  unda 

boshqa  masalalar  bilan  bir  qatorda  kasalliklarni  oldini  olish  masalasiga  katta 

e’tibor berilgan. 




 

572 


 

     Ammo, faqat XIX asrning boshlariga kelib, harbiy tibbiy fanlar tarkibida harbiy 

gigiyena mustaqil bo’lim sifatida shakllana boshladi. Uning asoschisi sifatida o’sha 

davrning  ko’zga  ko’ringan  klinisist  terapevti  M.Ya.Mudrovni  aytish  mumkin.  U 

1809-yilda  "Harbiy  gigiyenaning  predmeti  va  uning  foydasi  haqida  so’z"  nomli 

kitobini bosmadan chiqargan. Biroq harbiy gigiyena sohasidagi bilimlarni o’qitish 

1871-yilda Sankt - Peterburg shahridagi Harbiy Tibbiy Akademiya qoshida tashkil 

etilgan gigiyena kafedrasi tarkibida boshlangan. 

     Aytish lozimki, o’sha davrlarda ishlab chiqilgan gigiyenik tavsiyalar armiyadagi 

amaliyotga  juda  kam  qo’llanar  edi,  agar  qo’llansa  ham,  shu  usullarni  ishlab 

chiqqan  xodimlarning  tashabbusi  sababli  amaliyotga  qo’llanar  edi  yoki  harbiy 

vaziyatning  tinimsiz  talabi  orqasida  amalga  oshirilar  edi.  harbiy  qo’shinlarda 

birinchi marta sanitar otryadlarining shtatli guruhlari va ular ixtiyoridagi gigiyenik 

laboratoriyalar 1904-1905-yildagi rus-yapon urushi davrida yuzaga kelgan. 

     Oktyabr  inqilobining  birinchi  kunlaridan  boshlab,  sog’liqni  saqlash  tizimining 

asosi qilib, profilaktikaga doir prinsiplar o’rin oldi va bu narsa tom ma’noda harbiy 

tibbiyotda  to’la  holda  qo’llanila  boshlandi.  Buning  inikosi  sifatida  Leningaddagi 

Harbiy  Tibbiy  Akademiyaning  tarkibida  1920-yillardayoq  harbiy  gigiyena 

bo’limlari mustaqil kurslar sifatida shakllana boshladi. 

    Ulug’  Vatan  urushi  yillarigacha  bo’lgan  davrda  harbiy  qismlarda  texnikaviy 

qayta ta’minlanish qo’zatilishi natijasida,  profilaktikaga doir barcha vazifalarning 

ham tashkiliy shakllari va ham uning mazmunini tubdan o’zgartirilishini ko’ramiz. 

    1941-1945-yillar  davomida  qo’llanilgan  harbiy  faoliyatlarning  turli-tumanligi, 

hamda  turli  harbiy  vaziyatlar  sharoitida  gigiyenik  ta’minot  va  uning  sanitar 

nazoratining  bir  xil  ko’rinish  va  bir  xil  mazmunga  ega  bo’lmagan  shakllarini 

qo’llashga  majbur  qilgan.  Shu  asnoda  gigiyenik  ta’minot  va  uning  sanitar 

nazoratini amalga oshirish bo’yicha katta tajriba ortirilgan. 

     Urushdan  keyingi  davrlarda  ommaviy  qirg’in  qurollarining  yaratilishi,  ularni 

sinash va ularni harbiy vaziyatlarda qo’llanishi mumkinligi bilan bog’liq bo’lgan, 

hamda harbiy texnikaning yanada takomillashib borishi harbiy gigiyenaning barcha 




 

573 


 

bo’limlari  bo’yicha  gigiyenik  tekshirishlarni  chuqurlashtirish  va  yanada 

takomillashtirishni talab etdi. Bu davrlarda harbiy qo’shinlarda gigiyenik vazifalar 

o’rtasida qo’shinlarni oqilona ovqatlantirish gigiyenasi, suv ta’minoti, qo’shinlarni 

tinchlik va harbiy vaziyatlar davrida joylashtirish, qo’shin turlari bo’yicha mehnat 

sharoitlarini o’rganish va harbiy xizmatchilarning shaxsiy gigiyenasi kabi bo’limlar 

faoliyat ko’rsatgan. 

       Sovet  Armiyasida  gigiyenik  ta’minotni  tashkil  etish  shakllari  o’zining  ijobiy 

tomonlari  bilan  tahsinga  sazovor  bo’lgan  va  u  oxirgi  yillarda  yanada 

takomillashtirilgan,  jumladan  Afg’onistondagi  harbiy  mojarolarni  hal  qilishda 

Sovet  Armiyasi  qo’shinlarining  ishtiroki,  1986-yildagi  Chernobil  AES  da  ro’y 

bergan  avariya  oqibatlarini tugatish,  Armanistonning  Spitak shahrida  ro’y  bergan 

zilzila  oqibatlarini  tugatish  kabilarda  ortirilgan  tajribalar  o’zining  samaradorligi 

bilan ahamiyatga ega. 

   Sobiq  Ittifoq  parchalanib  ketgandan  so’ng,  tashkil  etilgan  hamma  mustaqil 

Respublikalardagi  harbiy  qo’shinlardagi  gigiyenik  ta’minot  va  uning  sanitar 

nazorati  o’zining  mazmuni  va  qudrati  bo’yicha  sobiq  Ittifoqdagi  shaklini  saqlab 

qolgan.  Bunday  umumiylik  MDH  davlatlaridagi  Qurolli  Kuchlar  tarkibidagi  hal 

qilinadigan  gigiyenik  vazifalarning  umumiy  ko’rinishga  ega  ekanligi  bilan 

bog’liqdir. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish