9.8. Dozimetrik nazoratdagi hisoblash usullari. Hisoblashlar yordamida
himoyani nazorat qilish.
Gigiyena amaliyotida ko’pincha dozalarni hisoblash va tashqi gamma - hamda
rentgen nurlanishlaridan himoyalanishni nazorat qilish usullaridan foydalaniladi.
Hisoblash usullarining asosi bo’lib,tashqi nurlanishlardan himoyalanish prinsipi
(miqdor, vaqt, masofa va himoya to’siqlari orqali himoyalanish) hisoblanadi.
Juda ko’p radioaktiv izotoplar uchun gamma-nurlanish dozalarining quvvati
tajriba orqali aniqlangan, bu nurlanish 1 mKi aktivlikka ega bo’lgan nuqtali
manbadan 1 sm uzoqlikda hosil qilinadigan doza quvvatidir (bu qiymat mazkur
izotopning gamma-doimiyligi (K
ᵧ
) va uning o’lchami R/sm
2
.sek ga teng.
Tashqi gamma - nurlanishning dozasi odatda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
D- doza - rentgenda;
K
ᵧ
- izotopning gamma-doimiyligi;
Q - manbaning aktivligi, mKu;
t - nurlanish vaqti soatlarda;
R - masofa, sm.
Himoya to’tsiqlaridan foydalanilganda formulaning mahrajiga mazkur to’siq
orqali nurlanishning pasayish koeffitsienti kiritilishi kerak (K).
538
Bu koeffitsientning qiymati nurlanish turiga, uning quvvatiga, to’siqning
materialiga va uning qalinligiga bog’liq.
Agar manbaning aktivligi radiyning milligam-ekvivalentlarida ifodalangan
bo’lsa, formula quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
D=
bu yerda D, t, R, k larning ifodasi, huddi oldingi formuladagidek bo’lib, m-
manbaning aktivligi (mg-ekv radiy), 8,4-radiyning doimiy gammasi bo’ladi.
Bu formula yordamida radioaktiv moddalar bilan xavfsiz sharoitlarda ishlashni,
A kateogiyasiga kiruvchi (yiliga 20 mZv yoki yiliga 2 ber yoki haftasiga 0,04 ber)
ruxsat etiladigan samarali ekvivalent dozaning quvvatini kiritish orqali aniqlash
mumkin. Buning uchun sm lardagi masofani metrlarga o’zgartirish kerak bo’ladi:
0,04=
bu yerda r – manbadan ishlovchigacha bo’lgan masofa, bu qiymat ko’pincha
metrlarda o’lchanadi.
Formula o’zgargandan va soddalashtirilgan so’ng, quyidagi shaklga kiradi:
Bu holatda 48 raqami ajratib olingan koeffitsient bo’lib, uning o’lchami yo’q. Bu
formula har qanday himoyani hisoblash uchun juda qo’l keladi:
1.Miqdor orqali himoyalanishni aniqlash: m =
2.Vaqt orqali himoyalanishni aniqlash:
3.Masofa orqali himoyalanishni aniqlash:
4.To’siq orqali himoyalanish. Gamma nurlanish uchun kerak bo’ladigan to’siqning
qalinligini nurlanish energiyasi, manbaning solishtirma aktivligi, manbadan ish
joyigacha bo’lgan masofa, ishlash muddati va to’siq materialini bilish orqali
aniqlanadi. Manbadan tarqalayotgan nurlanish dozasini ruhsat etiladigan
2
4
,
8
kxR
xmxt
kxR
xmxt
4
,
8
539
qiymatlargacha pasaytiraoladigan to’siqning qalinligini quyidagicha hisoblash
mumkin: 1) Jadval bo’yicha; 2)yarim pasaytirish qavati bo’yicha.
To’siq qalinligini hisoblashning birinchi bosqichi nurlanishni kerak
bo’ladigan darajagacha pasaytirish karraligini hisoblashdan iborat. Yuqoridaga
formuladan foydalanganda formuladagi k quyidagi formula yordamida topilishi
mumkin.
Gamma moslamalardan foydalanish sharoitida kerak bo’ladigan nurlanishni
pasaytirish koeffitsientining qiymatini ham quyidagi formula bilan hisoblash
mumkin.
k
bu yerda R
x
- ish joyida o’lchangan doza quvvat;
R
d
- ruxsat etiladigan doza quvvat
Jadval bo’yicha himoya to’sig’ining qalinligini hisoblashda "K" ning
qiymatidan tashqari nurlanish energiyasini bilish ham zarurdir, bu qiymatni ayrim
izotoplarning fizikaviy ta’rifi keltirilgan jadvaldan topish mumkin.
Nurlanishni necha marta pasaytirish kerak ekanligini va shu nurlanish
energiyasini bilgan holda, maxsus jadval bo’yicha pasaytirish karraligi bilan
nurlanish energiyalarining kesishadigan nuqtasida qo’rg’oshindan yoki boshqa
materialdan yasalgan to’siqlarning kerak bo’ladigan qalinligi topiladi.
Yarim pasaytirish qavatlari bo’yicha to’siq qalinligini aniqlash. Yarim
pasaytirish qavati deb nurlanishning doza quvvatini 2 marta pasaytira oladigan
to’siqning qalinligiga aytiladi. Qo’rg’oshin uchun yarim pasaytirish qavati
(nurlanish energiyasi 1 MeB bo’lganda) 1,3 sm, temir uchun-2,4 sm, beton uchun
6,9 sm ga teng (9.4.1-jadval).
9.4.1-jadval
Pasaytirish karraligi va qavatlar sonining nisbati
Pasaytirish
karraligi
2
4
8
16
32
64
128
256
540
Yarim
pasaytirish
qavatining soni
1
2
3
4
5
6
7
8
To’siq sifatida boshqa materiallardan foydalanilgan hollarda (beton, temir,
g’isht, suv, cho’yan) bu materiallarning zichligi nisbati bo’yicha himoyani qayta
hisoblash mumkin. Quyidagi jadvalda ayrim materiallarning zichligi (g/sm3)
haqdagi ma’lumotlar keltirilgan:
9.4.2-jadval
Ayrim materiallarning zichligi haqdagi ma’lumotlar (g/sm3)
Alyuminiy - 2,7
Qo’rg’oshin -11, 34
Temir -7,89
Cho’yan -12
G’isht -1,4 -1,9
Suv - 1,0
Beton -2, 1-2,7
Havo - 0,00129
Zichlik bo’yicha qalinlikni qayta hisoblashda quyidagi nisbatlardan kelib chiqqan
holda hisoblash o’tkaziladi:
(d
1
: d
2
) = r
1
: r
2
, bu yerda
r
1
- qo’rg’oshinning qalinligi va zichligi;
d
2
va d
2
- foydalanilgan materialning qalinligi va zichligi.
Rentgen nurlaridan himoyalanishni hisoblash:
Pasaytirish koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:
bu yerda I
a
- rentgen nayining standart anod toki, mA;
g - rentgen naychasidan himoyagacha bo’lgan masofa, m;
DMD - statsionar himoyani loyihalashda foydalaniladigan ish joyidagi doza
quvvati (1,4 mR/s)
541
Birlamchi rentgen nurlari tutamlarini pasaytirish uchun himoya to’sig’ining
qalinligi jadval bo’yicha tanlanadi, bu rentgen nayidagi kuchlanish va kerak
bo’ladigan pasaytirish koeffitsientiga bog’liq (9.4.3-jadval).
9.4.3-jadval
Kuchlanishga bog’liq holda birlamchi rentgen nurlari tutamini pasaytirish uchun
qo’rg’oshinli to’siqning qalinligi (millimetrda).
Nurlanishni
pasaytirish
koeffitsienti
60
75
100
125
150
180
0.001
-
-
-
0,1
0,6
1,2
0,002
-
-
0,2
0,3
0.8
1,5
0.003
.
-
0,4
0.5
1,0
1,7
0.004
-
0.1
0,5
0.7
1.1
1.9
0.005
-
0.2
0,6
0,8
1.3
2,0
0.0075
0.1
0.4
0.9
1,0
1.5
2,3
0.01
0,1
O.5
1.0
1.2
1.7
2.4
0,015
0.2
0.6
1.1
1.3
1.8
2,6
0,02
0.2
0,7
1.3
1.5
2.0
2.8
0.03
0,3
0.8
1.4
1.6
2.2
3.0
0.04
0.3
0.9
1,5
1.7
2.3
3,1
0,05
0.4
1,0
I.7
1.9
2.5
3.3 .
0,075
0.5
1,1
1.9
2.1
2.7
3.5
0.1
0.5
1.2
2.0
2.3
2,9
3,7
0,15
0.6
1.3
2.2
2.5
3.0
3.9
0,2
0.6
1.4
2.3
2.6
3,2
4.1
0,3
0,7
1.5
2.5
2,8
3.4
4.3
0.4
0.7
1,6
2.6
2, 9
3.5
4.4
Vaziyatli masalalar
Masala № 1. Radiologik bo’limdagi hamshira har kuni 1 soat davomida ya’ni
haftasiga 6 soat bokslarda RFP (radiofarm preparat) tayyorlaydi. Manbadan
tarqalayotgan nurlanish pasaytirish karraligi 6 marta; manbadan hamshiraning
badanigacha bo’lgan masofa - 60 sm (0,6m). Ish joyida har kuni preparatlar
qanday miqdorda bo’lishi mumkin?
Yechish: m =
= 17 mg-ekv radiy.
542
Masala №2. Masalan, konteynerlarda aktivligi 500 mg-ekv radiy bo’lgan
Radioizotoplarni saqlash omborxonasini har kuni tozalash talab etiladi.
Konteynerlar manbadagi gamma-gurlanishni 100 martaga pasaytiradi, manbadan
sanitarqaning tanasigacha bo’lgan masofa o’rtacha 70 si (0,7m) ni tashqil qiladi.
Yechish:
soat yoki haftasiga 28 minut, ya’ni kuniga 5
minutga yaqin.
Masala №3.Masofa orqali himoyalanishni hisoblash:
Misol, gamma-terapiya muolaja xonasi uchun yonidagi xonada boshqarish pulti
o’rnatalapyati. Nurlanish manbai sifatida aktivligi 5000mg-ekv radiyga tenga
keladigan So-60 dan foyda-laniladi. Muolaja xona bilan boshqarish pulti orasidagi
devor nurlanishni 100 martaga pasaytiradi. Moslamaning kunlik ishlashi 3 soatni
tashqil qiladi (haftasiga 18 soat). Manbadan boshqarish pultigacha bo’lgan havfsiz
masofa qanday bo’lishi kerak?
Yechish:
m
Masala №4.
Himoya to’siqlarining qalinligini aniqlash uchun avval kerak bo’ladigan
pasaytirish karraligi aniqlanadi:
Kerak bo’ladigan pasaytirish karraligi quyidagi formula yordamida hisoblanishi
mumkin:
bu yerda
R0 - ish joyida o’lchangan nurlanish dozasining quvvati;
R1 - ruhsat etilgan doza quvvati.
Topiladigan pasaytirish koeffitsienti va nurlanish energiyasini hisobga olib, ular-
ning qiymatlari ilova qilinadigan materiallardan foydalanib, himoya to’sig’ining
qalinligini maxsus jadval yordamida topish mumkin yoki nurlanish quvvatini yarim
543
pasaytirish qavati bo’yicha topiladi. Yarim pasaytirish qavati - bu nurlanishni ikki
marta kamaytira oladigan himoya to’sig’ining qalinligi. Nurlanishni 4 marta
pasaytirish uchun 2 qavat, 8marta pasaytirish uchun - 3 qavat, 16 marta pasaytirish
uchun - 4 qavat va h.k. kerak bo’ladi. Nurlanish energiyasi 1 MeB bo’lganda yarim
pasaytirish qavati qo’rg’oshin uchun 1,3 sm ga, temir to’sig’i uchun 2,4 sm ga,
beton uchun - 6,9 sm ga va h.k teng bo’lishi kerak.
Misol, aktivligi 600 mg-ekv radiyga teng bo’lgan Au - 198 manbai bilan 3
soat ishlash uchun qo’rg’oshinli bloklardan himoya to’sig’ini o’rnatish lozim. Ish
uzatilgan qo’l masofasida amalga oshiriladi (o’rtacha 70 sm, ya’ni 0,7 m). Manba
bilan xavfsiz ishlash uchun qo’rg’oshinli bloklarning qalinligi qancha bo’lishi
kerak?
Yechish: a) k = (600 x 3) : ( 48 x 0,72) = 76 marta;
b) Au -198 ning nurlanish energiyasi - 0,412 MeV (ilovaga qaralsin);
v) jadval bo’yicha topamiz, unda K =76 va nurlanish energiyasi 0,412 MeB uchun
qo’rg’oshinli himoya to’sig’ining qalinligi 21 mm bo’lishi kerak. Nurlanish
generatorlaridan foydalanilganda (rentgen moslamalari) ko’pincha himoya
to’siqlarini hisoblashga to’g’ri keladi. Bunday hollarda avval nurlanishni to’siq
orqali pasaytirish koeffitsientini aniqlashga to’g’ri keladi (K):
K = Ia : r
2
x DMD , bu yerda
Ia - Rentgen nayidagi standart anod toki, mA (moslamaning pasportiga ko’ra) r –
rentgen nayidan himoya to’sig’igacha bo’lgan masofa, m; DMD - himoyalanishni
loyihalashtirilayotganda foydalaniladigan nurlanishga ruxsat etiladigan doza
quvvati - 1,4 mR/s. Topilgan "K" ning qiymatini va rentgen nayidagi kuchlanishni
hisobga olib, (moslamaning pasporti asosida) javdvaldan qo’rg’oshindan
tayyorlangan himoyaning qalinligi aniqlanadi;
Vaziyatli masala №1.
Agar radiodiagnostik laboratoriya bo’lim hamshirasining ish joyida 3 soat
davomida aktivligi 22 mKuga teng bo’lgan I
131
manba bilan 0,50m masofada
544
ishlasa, formulaga asosan nurlanishning yekspozitsion dozasini hisoblang. Manba
gamma nurlanish manbai bo’lib, nurlanish bir tekis tarqaladi.
1.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past?
2.Shunday ishlash sharoitida himoya to’sig’i kerak bo’ladimi?
Vaziyatli masala №2.
Gamma defektoskopiya uchun aktivligi 0,9mg.ekv.Ra ga teng bo’lgan tuliy
170 izotopli UGD-3 apparatidan foydalaniladi. Apparatdan hodimgacha bo’lgan
masofa 0,7metr, ishlash vaqti -2 soat.
1.Himoya to’sig’i nurlantirishni 100 marta pasaytirsa, xodim ish davomida qancha
nurlanish dozasini oladi?
2.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past?
Vaziyatli masala №3
Tadqiqotchi aktivligi 100 mg.ekv.Ra ga teng bo’lgan So60 manba bilan
20sm masofada kuniga 10 daqiqa ishlaydi.
1.Ish davomida tadqiqotchi oladigan nurlanish dozasi qanday?
2.Olingan nurlanish dozasi RED necha marta yuqori yoki past?
Vaziyatli masala №4
Radiologik bo’limning jarrohlik xonasida shifokor bemorning ichki
bo’shlig’iga manipulyatordan foydalanmay, aktivligi 5,5 mg.ekv.Ra ga teng
bo’lgan Seziy – 137 izotopli provolkani yuboradi. Manba bilan shifokorning
tansigacha bo’lgan masofa 60sm. Shifokor hafta davomida himoya ekranlarisiz
ishlaganida oladigan nurlanish dozasi RED oshmasligi uchun manipulyatorning
uzunligi qanday bo’lishi kerak?
Vaziyatli masala №5
Agar radiologik bo’lim hamshirasi aktivligi 27 mKu bo’lgan radiofarm
preparat I
131
bilan har kuni bir soat davomida 0,50m uzoqlikda ishlasa, unga
himoya zarurligini hisoblang.
1.RFP bilan ishlovchi hamshira oladigan nurlanish dozasi qanday?
2.Hisoblangan nurlanish dozasi RED qancha marta yuqori?
545
Vaziyatli masala №6
Radiologik bo’limning radioizotopli laboratoriyasida radioaktiv yod 131 ni
qadoqlash rejalashtirilmoqda. Hamshiraning ish joyidagi zarur bo’lgan texnologik
aktivlik 60 mKu ni tashqil etadi.
1.Hamshira bunday miqdordagi aktivlikka ega bo’lgan yod 131 izotopi bilan
manipulyatorsiz va himoya to’sig’isiz qancha vaqt davomida ishlashi mumkin?
Vaziyatli masala №7
Masofali nur terapiyasi bo’limining muolaja xonasi uchun boshqaruv pulti
qo’shni xonada o’rnatilmoqda. Radioterapiya o’tkazish uchun gamma nurlanish
manbasi Co
60
dan foydalaniladi.uning aktivligi 3000 mg.ekv Ra. Boshqaruv pulti
va muolaja xonasi o’rtasidagi devor nurlanishni 100 marta pasaytiradi. Har kuni
manba bilan 2 soat ishlanadi.
1.Xodimlar oladigan nurlanish dozasi RED oshmasligi uchun boshqaruv pulti va
manba orasidagi masofa qancha bo’lishi kerak?
Vaziyatli masala №8
Talabalar uchun vazifa: Radiotashhis bo’limining hamshirasi har kuni 1 soat
davomida nurlanishni 6 marta pasaytiradigan boksda RFP tayyorlaydi. RFP bilan
hamshiraning tanasigacha bo’lgan masofa 70sm. Har kuni ish joyidagi RFPning
xavfsiz aktivligi qanday bo’lishi kerak?
Vaziyatli masala №9
Ilmiy tekshirish institutining radiologik laboratoriyasiga aktivligi 800mg
ekv Ra ga teng bo’lgan oltin198 izotopli manba uchun qo’rg’oshin blokli himoya
to’sig’i o’rnatish lozim. Ish 3 soat davomida cho’zilgan qo’l uzunligida bajarilishi
kerak (taxminan 70sm). Manba bilan xavfsiz ishlash uchun qo’rg’oshinli blokning
qalinligi qanday bo’lishi kerak?
Vaziyatli masala №10
Rentgen kabinetida vrach-rentgenolog ish joyida bemorni rentgenoskopik
tekshirishdan o’tkazmoqda, rentgen trubkasidan shifokorgacha bo’lgan masofa
0,8metr. Rentgen trubkasida anod toki 1mA, kuchlanish 100 kilovolt.
546
Rentgenologni nurlanishdan himoya qilish uchun qo’rg’oshinli himoya to’sig’ining
qalinligi qanday bo’lishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |