Taomnoma tuzish tartibi:
1.Hafta davomida tayyorlanishi lozim bo’lgan ovqatlarning ro’yxati tuziladi.
Bunda qozonga solinadigan mahsulotlarga bo’lgan gigiyenik talablar, ovqatlarning
nomlari va ularning tarkibi (namunaviy kartoteka asosida) inobatga olinadi.
2.Mahsulotlarning nomlari tuzilib, bunda harbiy xizmatchilar ovqatlanish
me’yorlariga, omborxonadagi bor bo’lgan ovqat mahsulotlarining turlariga va
almashtirilishi mumkin bo’lgan mahsulotlar jadvaliga tayaniladi.
3.Bir hafta uchun kerak bo’lgan umumiy ovqat mahsulotlarining miqdori hisolanib,
uni ovqatlanishning fiziologik me’yorlariga muvofiqligi taqqoslanadi. Agar tahlil
natijasiga ko’ra mahsulotlarning miqdori va turi o’rtasida sezilarli farq
594
kuzatiladigan bo’lsa, ovqatlarning miqdori va energetik qiymatini o’zgartirmagan
holda boshqa mahsulotlar bilan o’zgartirish amalga oshiriladi.
№1 turdagi bir kunlik ovqat me’yorlari (umumqo’shin payogi) (№288 -
buyruq)
Qora bug’doy unidan va bug’doy unidan non – 350g
1 navli bug’doy unidan non – 400g
2 navli bug’doy unidan non – 10g
Har-xil do’lmalar – 120g
Makaronlar – 40g
Go’sht – 175g
Baliq – 100g
O’simlik yog’i – 40g
Tuxum – 4 (bir haftada)
Shakar – 70g
Tuz – 30g
Choy – 1,2g
Lavrbargi – 0,2g
Garmdori – 0,3g
Xantalkukuni – 0,3g
Sirka – 2g
Tomat- pasta – 6g
Sabzovatlar jami – 900g, quyidagilar
Kartoshka – 450g
Karam – 150g
Lavlagi – 30g
Sabzi – 60g
Piyoz – 80g
Osh ko’katlar, bodring, pomiqdor -40g
Qovoq – 70g
595
Rediska, sholg’om – 20g
Quritilgan mevalar – 20g
Harbiy xizmatchilar ovqatining to’la qiymatliligi to’liq deb hisoblanadi,
qachonki agar taomnoma tarkibidagi barcha ovqat mahsulotlarining miqdori va
energetik ko’rsatkichlari gigiyenik me’yorlarni ko’zda tutgan bo’lsa. Shuning
uchun har oyda 1 marta haftalik taomnomaning kimyoviy tarkibi va uning
energetik qiymati hisoblash usuli yordamida tekshirilishi kerak.
Ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibini va energetik qiymatini ovqat
mahsulotlarining kimyoviy tarkibi ko’rsatilgan jadvallar yordamida hisoblab
topiladi, harbiy xizmatchilar ovqatlanish sifati haqidagi xulosa esa taomnomaga
bo’lgan quyidagi gigiyenik talablar asosida amalga oshiriladi:
Kunlik ovqat ratsionining energetik qiymati haftaning ayrim kunlari bo’yicha
ovqatlanish payogi me’yorlaridan u yoki bu tarafga 300-400 kkalgacha
o’zgarishiga ruxsat etiladi.
Tayyorlangan ovqat o’z tarkibida oqsillar, yog’lar, karbonsuvlar, vitaminlar
va mineral tuzlarning ko’zda tutilgan me’yorlarini tutsin.
Ovqat kun davomida to’g’ri taqsimlangan bo’lsin (kunlik energetik qiymatning
foizlardagi nisbatida)
Ovqatning
taqsimlanishi
Yilning sovuq faslida
Yilning issiq faslida
Nonushta
30-35 %
35-40 %
Tushlik
40-45 %
20-25 %
Kechki ovqat
20-30 %
35-40 %
Tayyorlangan ovqat xilma-xil bo’lishi kerak. Bir turdagi ovqat hafta
davomida boshqa qaytarilmasligi lozim, bundan faqat harbiy xizmatchi suyuq
ist’emol qiladigan taomlar mustasnodir. Bir kun davomida ikki turdagi, ammo bir
xil mahsulotlardan tayyorlangan ovqatlarning qaytarilishi ham mumkin emas.
596
Oshqozon shirasini haydaydigan ovqatlar (Rassolnik,borsh, vineget, qovurilgan
kartoshka) neytral ovqatlar bilan almashinishi kerak (uga oshi, yormali ovqatlar).
Katta hajmga ega bo’lgan ovqatlar tushlikda beriladi. Ularni nonushtaga ham
berishga ruxsat etiladi,ammo har kuni emas.
“C”gipovitaminozning oldini olish maqsadida qish faslining oxiri va
bahorning boshlarida taomnoma tarkibiga iloji boricha katta miqdorlarda tuzlangan
va xom karamli ovqatlarni yoki ko’katlarni qo’shish tavsiya etiladi.
Taomnoma tuzish va issiq ovqatlarni tayyorlashda albatta harbiy xizmatchilarning
ovqatlanishida milliy an’analari va xohishlari inobatga olinishi zarur.
Qo’shin turlari va yaqin kunlarda ko’zda tutiladigan harbiy harakatlar va jangovar
mashqlarning xarakterini hisobga olish kerak: motomexanik qismdagi xizmatchilar
uchun nonushtaga suyuq ovqatlarni berish oqilona deb baholanmaydi, chunki yaqin
kunlarda ular poligonlarda murakkab mashqlarni bajarishlari zarur; uchuvchilarga
esa, uchishdan oldin tarkibida yuqori darajada klechatka tutuvchi mahsulotlarni
berish mumkin emas.
Bir mahsulotni boshqa mahsulot bilan almashtirganda bir oy davomida shu
muddatga mo’ljallangan yormalar, makaron mahsulotlari, go’sht, qand va yog’lar
ortiqcha sarflanmasligi va ularning qiymati bir oylik qiymatdan ortib ketmasligi
zarur.
Dushman tomonidan ommaviy qirg’in qurollar qo’llanilgan sharoitlarda
ovqatlanish noto’g’ri tashkil etilsa yoki noto’g’ri saqlangan bo’lsa, oziq-ovqat
mahsulotlari radioaktiv, zaharlovchi va bakterial vositalar bilan jiddiy zararlanishi
mumkin. Bu ovqat mahsulotlarini ekspertizadan o’tkazilmay is’temol uchun
foydalanilsa, bir qism askarlarning jangovorlik holati yo’qolishi va safdan chiqishi
ehtimoli tug’iladi. Shuning uchun bunday sharoitlarda quyidagi asosiy qoidalarga
rioya qilish talab etiladi:
Ovqatlanishni tashkil etishda ishlatiladigan mahsulotlar iloji boricha kam
ishlovdan o’tkaziladigan bo’lishi kerak;
597
Ovqat mahsulotlarini tashish faqat yopiq transport vositalarida yopiq idishlarda va
iloji bo’lsa germetik yopilgan idishlarda bo’lishi kerak;
Issiq ovqatlarni tayyorlash uchun yopiq qozonlardan foydalaniladi;
-issiq ovqatlarni tayyorlash zararlanmagan joylardagina amalga oshirilishi mumkin
yoki zararlanish o’tib ketgan joylarda amalga oshiriladi. O’tib ketish deganda
zararlangan joylarni maxsus ishlovdan o’tkazish (dezaktivatsiya, degazatsiya,
dezinfeksiya) ishlari bajarilgandan so’nggi muddat nazarda tutiladi.
Zararsizlantirishishlari faqat BOP joylashgan maydondagina emas, balki
qo’shinlarning joylashgan barcha maydonlari, harbiy texnika va dala oshxonalari
va undagi tabelli vositalarida bajarilishi shart.
Agar joylar radioaktiv moddalar bilan zararlangan bo’lsa, u holda
qo’shinlarni ochiq joylarda ovqatlantirish faqat ifloslanish darajasi 1 R/soatdan
kam bo’lgan sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin. Doza quvvati 1 dan 5 R/soat
gacha bo’lsa, ovqatlanish faqat palatkalar va yer to’lalarda, doza quvvat 5
R/soatdan yuqori bo’lgan sharoitlarda, harbiy xizmatchilarga quruq payoklar
beriladi va ovqatlanish germetik berkilgan FVAlarda amalga oshiriladi. Bunday
sharoitda FVA larga beriladigan havo albatta tozalanishi shart.
Harbiy harakatlar vaqtida harbiy xizmatchilarning ovqatlantirilishi sanitar
nazoratidan o’tkazishdagi asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
-BOP ning to’g’ri tashkil qilinganligi va issiq ovqatlarning tayyorlanishini nazorat
qilish;
-tayyorlangan ovqatlarni o’z vaqtida tarqatilishini nazorat qilish;
-beriladigan ovqatlar, shu jumladan quruq payoklarning sifatini nazorat qilish;
-gipovitaminoz holatini oldini olish (sintetik preparatlar yoki vitaminli
damlamalardan foydalanish);
-xo’jalik vzvodi a’zolari va hamma bo’lim a’zolarini gigiyenik masalalar bilan
tarbiyalash.
Dushman tomonidan ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan sharoitda tibbiy
xizmat xodimlarining vazifalari yanada murakkablashadi, chunki ovqat
598
mahsulotlari RM, ZM. Bakterial vositalar bilan zararlanganligini ekspertizadan
o’tkazish lozim bo’ladi. Agar mahsulotlar zararlangan bo’lsa, ularni ishlatilishi
mumkinligi haqida biror qarorga kelish lozim bo’ladi va bu mahsulotlarni to’liq
maxsus ishlovdan o’tkazilishini nazorat qilish talab etiladi. Maxsus ishlovdan
o’tkazish tadbirlari maxsus ishlovdan o’tkazish punktlarida (PSO) amalga
oshiriladi.
Mahsulotlarni radioaktiv moddalar bilan zararlanganligi ekspertizadan
o’tkazishda shu narsaga e’tibor berish lozimki, zararlanish yuzaki, miqdoriy va
hajmiy bo’lishi mumkin. Shu bilan birga tarkibiy zararlanish ayniqsa non va tuz
uchun juda xosdir. Bunday holat shu mahsulotlarning sekin parchalanuvchi
neytronlarni o’ziga yutishi natijasida sun’iy radioaktivlikka aylanib qolishi tufayli
yuz beradi. Hosil bo’lgan RM larning yarim parchalanish davri juda qisqa,
shuning uchun bu mahsulotlarni dezaktivatsiya qilish, ularni vaqt orqali ushlash
natijasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq.
Boshqa turdagi zararlanishga keladigan bo’lsak, ularni dezaktivatsiya qilish
masalasi haqida faqat zararlanish kategoriyasini hisobga olgan holda hal etiladi:
mahsulotlar zararlovchi moddalar bilan RED (PDU) dan ortiq bo’lgan sharoitlarda,
ular dezaktivatsiya qilinmaydi, balki yo’qotiladi yoki uzoq muddatli saqlash uchun
maxsus omborxonalarga jo’natiladi.
Ovqat mahsulotlari ZM bilan zararlangan bo’lsa, zararlanish darajasi kam
yoki o’rtacha zararlanish darajasida bo’lsagina dezaktivatsiyadan o’tkazilishi
mumkin. Kuchli zararlangan mahsulotlar dezaktivatsiya qilinmaydi, balki
yo’qotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |