Zaharli gazsimon moddalar
Uglerod oksidi
(is gazi), CO – rangsiz va hidsiz gaz. Uglerod oksidi o’zida
uglerod saqlagan materiallarning chala yonishida hosil bo’ladi va ishlab
chiqarishning (generator, chiqindi, portlovchi va boshqalar) ko’pgina gazsimon
chiqindilarining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.
Havo muhitining uglerod oksidi bilan ifloslanishini oldini olish uchun asbob -
uskunalar, kommunikatsiyalarni germetizatsiyalash zarur.
Uglerod oksidining
hosil bo’lishi va ishchi xonalariga uning ajralishini oldini olish uchun havo
muhitini muntazam ravishda nazorat qilib turish lozim.
Uglerod oksidining hosil
bo’lishi mumkin bo’lgan xonalar havoda gazning xavfli kontsentratsiyasi
mavjudligi haqidagi avtosignalizatsiyaga ega bo’lishi kerak.
Shuningdek umumiy
va mahalliy tortuvchi ventilyatsiyaning yetarlicha effektivligini ta’minlash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |