7.2. Sanoat toksikologiyasi
Sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshqa sohalarda ishlovchilarga
ta’sir ko’rsatuvchi zararli moddalarga kasbiy yoki ishlab chiqarish zaharlari deb
qarash lozim. Ularga xom ashyo, oraliq yoki tayyor mahsulotlar ko’rinishida
foydalaniladigan va organizmga tushganida unda patologik o’zgarishlarni
chaqiradigan kimyoviy moddalar kiradi.
Ishlab chiqarish zaharlari kuchli
ifodalangan kasbiy kasalliklar va hamda vaqtinchalik kompensatsiyalangan
buzilishlar, umumiy nospetsifik kasallanishning oshishi, atrof-muhit omillari
ta’siriga organizm rezistentligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Xom ashyo, oraliq va tayyor mahsulotlarni gigiyenik standartizatsiyalash
ulardagi toksik aralashmalarni organizmga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan
bosqichgacha cheklashga yo’naltirilgan. Bu tadqiqotlar hozirgi vaqtda bajarilishi
shart hisoblanadi, chunki istalgan ishlab chiqarish mahsuloti sifatning gigiyenik
sertifikatiga ega bo’lishi lozim. Standartizatsiyani amalga oshirish mas’ulligi
ishlab chiqaruvchi korxona zimmasiga yuklatiladi.
Ishlab chiqarish sharoitida uchraydigan kimyoviy birikmalarning turli-
tumanligi bois, hozirgi vaqtgacha sanoat zahrining yagona to’liq va universal
355
tasnifi mavjud emas. Tadqiqotchilarning oldiga qo’ygan maqsadiga bog’liq
holda, ishlab chiqarish kimyoviy omillarini turli tamoyillarga ko’ra tasniflaydilar.
Shunday qilib, kimyoviy tasnif barcha sanoat zaharlarini organik, noorganik va
elementorganikka ajratadi.
Gedderson va Xaggard tasnifiga muvofiq kimyoviy moddalar organizmga
ko’rsatadigan biologik ta’siriga ko’ra 4 katta guruhga bo’linadi: bo’g’uvchi,
qo’zg’atuvchi, qonga tushgach ta’sir ko’rsatuvchi uchuvchan narkotiklar va
ularga yaqin moddalar, va noorganik va metalloorganik birikmalar.
Xuddi shu tamoyil bo’yicha boshqa tasnif sanoat zaharlarini asosan
umumtoksik, qo’zg’atuvchi, sensibilizatsiyalovchi, kantserogen, mutagen ta’sirli
moddalarga ajratadi.
Organizmga turli yo’llar bilan tushishini hisobga olib kimyoviy toksikantlarni
ingalyatsion, peroral va perkutan ta’sirli moddalarga ajratish taqlif qilingan.
Va nihoyat, zaharliligi va xavfliligi kabi xossalari bo’yicha kasbiy zaharlar
o’ta zaharli, yuqori bosqichda zaharli, o’rta bosqichdagi zaharli, kam zaharli va
o’ta xavfli, yuqori bosqichda xavfli va kam xavfli zaharlarga bo’linadi. zaharli
Kimyoviy moddalar zaharli ta’sirining intensivligi ahamiyatli bosqichda
ularning agregat holati va organizmga tushish yo’liga bog’liq. Ishlab chiqarish
zaharlari gazlar, bug’lar, suyuqliklar, aerozollar, qattiq moddalar, hamda
aralashmalar ko’rinishida bo’lishi va organizmga nafas a’zolari, oshqozon-ichak
trakti, shikastlanmagan teri, alohida holatlarda esa – ko’z shilliq qavati orqali
tushishi mumkin.
Zaharli moddalarning eng intensiv tushishi gazlar, bug’lar, aerozollar, gaz-
bug’-aerozollar ko’rinishida nafas yo’llari orqali ro’y beradi, bu o’pka orqali
o’tuvchi havoning katta hajmi, ayniqsa jismoniy zo’riqishlarda alveolalarning
katta umumiy yuzasi (100 m
2
dan ortiq) va o’pka kapillyarlarida doimiy ravishda
ko’p miqdordagi qon aylanishi bilan bog’langan.
Bunday sharoitlarda zaharlar
oson va tez qonga tushadi va organizm bo’ylab tarqaladi. Ba’zi moddalar,
masalan, ko’pgina organik erituvchilar, yog’ va aromatik qatordagi
356
uglevodorodlarning bug’lari, qonga o’zgarmagan holda tushadi, boshqa
guruhdagi zaharlar esa alveolalarda yangi birikmalarga aylanadi, so’ngra qonga
tushib, organizm bo’ylab tarqaladi.
Peroral yo’l zaharli agentlarning organizmga tushishining ahamiyatliligi
bo’yicha ikkinchi bo’lib hisoblanadi. Havoda bo’lgan zaharlarning ovqat hazm
qilish a’zolariga tushish mexanizmi, ularning so’lakda erib, og’iz bo’shlig’idayoq
yoki oshqozon va ichakda so’rilishi bilan bog’liq.
Mehnat qilish va dam
olishning gigiyenik sharoitlari buzilganida, ovqat yoki ichimlik suvi bilan yutib
yuborilganida ham sanoat zaharlari ovqat hazm qilish traktiga tushishi mumkin.
Ishlab chiqarish sharoitlarida shikastlanmagan teri orqali tushuvchi kimyoviy
moddalarga alohida e’tiborni qaratish lozim. Bunday zaharlar yog’da yaxshi
eriydi, bu ularga epidermis orqali erkin migratsiya qilishga, bir vaqtning o’zida
esa ularning suvda yetarlicha eruvchanligi ko’rsatilgan birikmalarning qon orqali
tarqalishiga imkon beradi. Teri orqali kiruvchi kasbga oid zaharlar orasida benzol
va uning hosilalari, fosfororganik pestitsidlar, aromatik nitro birikmalari,
xlorlangan va metall organik moddalar eng xavflisi hisoblanadi.
Organizmga tushgandan so’ng darhol zahar-noelektrolitlar qon bilan butun
organizm bo’ylab tarqaladi va, ularning qon bilan ta’minlanadigan miqdorda,
a’zo va to’qimalarda to’planadi. Keyinchalik alohida a’zo va to’qimalarning
sorbtsion qobiliyatlariga ko’ra zaharli moddalarning taqsimlanishi kuzatiladi.
Shunday qilib, lipotrop moddalar,
yog’larda yaxshi eriydi, asab hujayralari, suyak
ko’migi, moyak, teri osti yog’ qavatida to’planadi. Rux, xrom, marganets asosan
jigar va buyraqlarda yig’iladi. Qo’rg’oshin, uran, radiy, bariy birikmalari fosfor
va kaltsiy bilan bog’lanib, suyaqlarda to’planadi.
Ta’sirining ustunligi bo’yicha barcha sanoat zaharlarini shartli ravishda asosan
neyrotoksik, gematoksik, gepatotoksik, nefrotoksik ta’sir etuvchi birikmalarga,
hamda nafas a’zolarini shikastlovchi moddalarga ajratish mumkin.
Ko’pgina uglevodorodlar, fosfororganik birikmalar, tetraetil qo’rg’oshin,
oltingugurt uglerodi, margimushli birikmalar, hamda simob va marganets
357
neyrotoksik ta’sir ko’rsatadi. Bu zaharlar orasida har birining intoksikatsiya
patogenezi o’ziga xos xususiyatga ega, biroq ruhiy holatning buzilishi va
markaziy, periferik, vegetativ asab tizimining shikastlanishi ularning organizmga
ta’sirining oxirgi natijasi bo’lib hisoblanadi.
Ta’sir etuvchi omilga ko’ra qon va qon hosil qiluvchi a’zolarning toksik
shikastlanishi nospetsifik va spetsifik turlariga bo’linadi. Sanoat zaharlarining
ko’pchiligi nospetsifik o’zgarishlarni chaqiradi. Ko’pincha ular umumtoksik
ta’sir bilan bog’liq va gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining kamayishi,
neytrofilli leykotsitoz, monotsitoz, limfopeniya va eozinopeniya bilan namoyon
bo’ladi.
Qonning spetsifik reaktsiyasi qon va qon hosil qiluvchi tizimga yo’naltirilgan
ta’sir ko’rsatuvchi konkret toksik agentning tushishi bilan bog’liq.
Gepatotrop zaharlar asosan jigarning shikastlanishini chaqiradi. Ularga
xlorlangan va bromlangan uglevodorodlar, benzolning nitrohosilalari, azot
kislotasining efirlari, stirol va uning hosilalari, fosfor va selen birikmalari, surma,
mishyak va boshqalar kiradi.
Jigarning o’tkir shikastlanishi dispeptik va vegetativ
buzilishlar bilan birga o’ng qovurg’a ostida og’riq, surunkali shikastlanish avval
ekskretor funktsiyaning buzilishi, kech bosqichlarida esa
– turg’un
bilirubinemiya va disproteinemiya bilan namoyon bo’ladi.
Buyrak yetishmovchiligi bilan toksik nefroz turi bo’yicha buyrak
parenximasining
shikastlanishini
o’tkir ta’sir ko’rsatganda xlorlangan
uglevodorodlar, og’ir metallar, sulema, margumish, etilenglikol, skipidar,
fofosfororganik birikmalar chaqirishi mumkin.
Benzidin, dianizidin, naftilamin, hamda anilin kabi aromatik amin birikmalari
surunkali ta’sir ko’rsatganda xavfsiz o’smalar, keyinchalik esa siydik qopi rakiga
olib keladi.
Gazlar va bug’lar, hamda ishlab chiqarish changlari surunkali ta’sir etganda
nafas a’zolarining shikastlanishini chaqiradi. Moddalar qanchalik suvda yaxshi
erimasa yoki changning dispersligi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik ular nafas
358
tizimining chuqur bo’limlarini shikastlaydilar. Suvda yaxshi eriydigan xlor,
ammiak, oltingugurt angidridi va yirik dispersli chang ko’pincha rinit, laringit,
traxeit, bronxitlarni chaqiradi, ya’ni asosan nafas a’zolarining yuqori va o’rta
bo’limlarini shikastlaydi. Suvda kamroq eriydigan azot oksidi, fosgen, marganets
va mayda dispersli aerozollar bronxiolitlar va hatto o’pkaning toksik shishini
chaqirishi mumkin. Nafas a’zolarining surunkali shikastlanishida zaharlar
effektining to’planishi toksik pnevmosklerozga olib kelishi mumkin.
Yuqorida sanab o’tilgan effektlar bilan bir qatorda ba’zi sanoat zaharlari
yurak-qon tomir tizimi (masalan, mishyakning kapillyar toksik ta’siri,
qo’rg’oshinning gipertenziv ta’siri va boshqalar), ovqat hazm qilish a’zolari
(noorganik kislotalarning angidridlari, ftor va fosfor birikmalari bilan tishlarning
yemirilishi; og’ir metall tuzlari bilan ichak shilliq qavatining shikastlanishi;
simob, margimush, surma bilan zaharlanganda diareya va b.), endokrin tizim
(xlorfenoksiuksus kislotasi oshqozon osti bezini, sianidlar – qalqonsimon bez
parenximasini shikastlaydi va b.), suyak tizimini (ftor, bariy, berilliy birikmalari
bilan zaharlanish) tanlab shikastlashi mumkin.
Sanoat zaharlarining alohida guruhlari allergenli, teratogen, mutagen,
embriotrop, gonadotoksik, blastomogen va boshqa spetsifik effektlarni beradi.
Va nihoyat, ishlab chiqarish zaharlari, qoidaga ko’ra, organizmga politrop
ta’sir ko’rsatadi, ya’ni bitta toksik agent bir nechta a’zo va tizimlarni shikastlashi
mumkin.
Masalan, qo’rg’oshin, eng og’ir buzilishlarni asab, yurak-qon tomir
tizimlarida, qon tizimida, jigar va ichakda kuzatilsada, deyarli barcha a’zo va
tizimlarga zaharli ta’sir ko’rsatadi. Qo’rg’oshin asosan suyaqlarda depo
ko’rinishida to’planadi.
Organizmdan zaharli moddalarning chiqarilish jarayoni alohida o’rinni
egallaydi. Organizmdan kimyoviy moddalar o’pka, oshqozon-ichak trakti,
buyraqlar, hamda ter, so’lak va ona suti orqali chiqarilishi mumkin. Kimyoviy
moddalar ham o’zgarmagan holatda, va hamda metabolitlar ko’rinishida
evakuatsiya qilinishi mumkin. Toksik agentlarning chiqarilish tezligi ko’pgina
359
omillarga va birinchi navbatda ularning uchuvchanligi, suvda va yog’da
eruvchanligi, kimyoviy strukturasi, depolanish xususiyatlari va kumulyativ
xossalariga bog’liq.
Zaharning ona suti orqali chiqarilishi ayniqsa noxush
oqibatlarga olib kelishi mumkin, chunki 1 yoshgacha bo’lgan bolada hali zaharli
ta’sirning hatto past bosqichlariga ham yetarlicha rezistentlik mavjud emas. Ona
suti bilan xlorlangan uglevodorodlar, aldegidlar, simob, margumish va boshqa
ko’p zaharlar chiqarilishi mumkin. Shu boisdan emizuvchi onalar zaharli
moddalar bilan ishlashga qo’yilmasligi lozim.
Sanoat zaharlarining organizmga ta’siri nafaqat sifat xususiyatlari, balki
miqdor ko’rsatkichlariga ham ega. Sanoat toksikologiyasida toksikometriya
ko’rsatkichlari ishlab chiqarish muhiti kimyoviy omillarining toksikligi va
xavfliligini qiyosiy baholash uchun qo’llaniladi.
Kimyoviy moddalarni birlamchi toksikologik baholash uchun hayvonlarga
ta’sir etishdagi o’rtacha o’lim dozasi (DL
50
) – bu guruhdagi har bir hayvonga bir
marta yuborilganda 50% hayvonlarning nobud bo’lishini, va o’rtacha o’lim
kontsentratsiyasi (CL
50
) –bu o’tkir ingalyatsion ta’sir ko’rsatishda 50%
hayvonlarning nobud bo’lishini chaqiruvchi modda kontsentratsiyasining
ko’rsatkichlari eng muhim boshlang’ich ko’rsatkichlar bo’lib hisoblanadi.
Biroq o’tkir o’ldiradigan zaharlanishning ko’rsatkichlari yetarlicha qo’pol
va faqatgina taxminiy ko’rsatkichlar bo’lib hisoblanadi. Sanoat zaharlariga
organizmning sezgirligini aniqlashda zararli ta’sir bo’sag’asi katta o’rin tutadi.
Organizm
biologik
ko’rsatkichlarining
minimal,
ba’zida
vaqtincha
kompensatsiyalangan o’zgarishlarini chaqiruvchi, kimyoviy moddalarning eng
kichik kontsentratsiyasi, bo’sag’a kontsentratsiyasi deb ataladi. Bir martalik
o’tkir ta’sir ko’rsatishda o’tkir ta’sir bo’sag’asi (Lim ac.), uzoq qayta ta’sir
ko’rsatishda - surunkali ta’sir bo’sag’asi (Lim ch.) aniqlanadi.
Kimyoviy moddalarning xavfliligini baholashda kumulyatsiya muhim o’rin
tutadi. Organizmda moddaning to’planishi bilan bog’liq material kumulyatsiya va
effektining to’planishi bilan bog’liq bo’lgan funktsional kumulyatsiya ajratiladi.
360
Kumulyatsiya koeffitsienti - K kum. toksik agentning kumulyativ xususiyatining
ko’rsatkichi bo’lib, u uzoq vaqt bo’lib-bo’lib ta’sir ko’rsatilganida 50%
hayvonlarning nobud bo’lishiga olib keluvchi moddaning dozasi, bir marta
yuborilgandagiga nisbatan shu dozadan necha martaga oshishini ko’rsatadi.
Sanoat zaharlari kumulyativ xossalarining ifodalanganligi bir-biridan
ahamiyatli bosqichda farq qilishi mumkin. Shunday qilib, K kum. da = 1 effekt
kumulyatsiyadan yuqori, K kum. da = 1-2,2 – kuchli ifodalangan kumulyatsiya,
K kum. da = 2,2-5 – o’rtacha kumulyatsiya va K kum. da 5 dan yuqori - sust
kumulyatsiya sifatida baholanadi. Tabiiyki, K kum. qancha kam bo’lsa,
binobarin, moddaning kumulyativ xossalari qancha kuchli ifodalangan bo’lsa,
surunkali zaharlanishning potentsial xavfi shuncha yuqori bo’ladi.
Asosiy ishlab chiqarish omillarining gigiyenik harakteristikasi
Do'stlaringiz bilan baham: |