Og’ir jismoniy ishlar.
Yuqori bosqichda zo’r berib ishlashni talab qiluvchi,
doimiy ravishda og’irliklarni (10 kg dan ortiq) bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib
o’tkazish bilan bog’liq ishlar (mashinosozlik va metallurgiya korxonalarida
temirchilik sexlarida, qo’lda buyum yasash, qolip tayyorlab buyum quyish bilan
bog’liq qator kasblar).
Ko’rsatib o’tilgan ish turlari kuchli energiya sarf qilishni talab etadi: sutkasiga
4000- 6000 kkal (16 720-25 800 kDj) va undan yuqori.
Mehnatning mexanizatsiyalashtirilgan shakllari.
Yetarli bosqichda ko’p uchraydigan bunday kasblarning farqli jihati
shundan iboratki, bularda mushak yuklamalari bosqichsi pasaygan va harakatlar
murakkablashgan. Mexanizatsiyalashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida ham
dinamik va ham statik harakterga ega regional va lokal mushak yuklamalari
ustunlik qiladi. Bunday ishda enegriya sarf qilish sutkasiga 3000-4000 kkal (12
540-16 720 kDj) atrofida bo’ladi.
Bunday ishlarga aniq asbob - va mashinosozlik korxonalari, soatsozlik,
tikuv ishlab chiqarish, boshqaruv doirasidagi va shunga o’xshash qator kasblar
kiradi; o’tirgan, turga holatda yoki yurish va bir muncha jismoniy zo’riqish bilan
kechadigan ishlar (nashr etish sanoati, aloqa, nazorat qilish korxonalari, ishlab
chiqarishning turli sohalaridagi ustalar qatoridagi kasblar); tokarlik, chilangarlik
va boshqa ishlar.
Mehnatning guruh bo’lib ishlash shakllari (konveyerlar) alohida e’tiborni
talab qiladi. Detalning bir ish joyidan ikkinchi joyga ko’chirilishi bilan
harakterlanadigan uzluksiz konveyer usulida ishlash mehnatning guruh bo’lib
ishlash shakliga misol bo’la oladi. Bunday usulda ishlash yengil yoki
mushaklarning lokal zo’riqishi bilan kechishi mumkin. Har bir operatsiyaga
345
vaqtning
maksimal
bosqichda
qisqartirilishi,
ishtirokchilarning
sinxronizatsiyalashgan ishlari, ishning intensiv va doimiy temp va ritmda bo’lishi,
va buning natijasida mehnatning monoton bo’lishi bunday sharoitda yuksak
bosqichda mehnat unumdorligining asosi bo’lib hisoblanadi.
Yarim avtomatizatsiyalashtirilgan va avtomatizatsiyalashtirilgan ishlab
chiqarish bilan bog’liq mehnat shakllari. Bir detal va mahsulotlarni ishlab
chiqarish bo’yicha shtampovkachi, shlifovkachi, tikuvchi-motorist kasblari bunga
misol bo’la oladi. Bu kasblar uchun mehnat jarayonining monotonligi harakterli
bo’lib, yetarlicha yuqori bosqichdagi temp, bajarilayotgan operatsiyalar ritmi va
turining bir xildaligi bilan chaqirilgan. Ijodiy faollik keskin pasayadi. Bir
vaqtning o’zida bajarilayotgan operatsiyalarning tempi hisobiga operatsiyalarni
aniq bajarilayotganligi va ko’zdan kechirilayotgan detallarning o’lchamini
nazorat qilish zarurati bois qattiq g’ayrat bilan ishlash va ko’ruv analizatorining
zo’riqishi oshadi.
Ishlab chiqarish jarayonlari va mexanizmlarini distantsion boshqarish bilan
bog’liq mehnat shakllari.
U yoki bu ishni bajarishdagi sarf qilinadigan energiya ko’rsatkichlari faqatgina
ishni og’irlik bosqichsini nisbiy baholashni ta’minlab beradi, chunki energiyani
sarf qilishga boshqa muhim jihatlar ham ta’sir ko’rsatadi (mashqlarga o’rganib
ketganligi, mehnatni tashkillashtirish, mehnat va dam olish tartibi, havo muhiti
holati v.b.).
Boshqa teng sharoitlarda energiya sarf qilishni mehnat va dam olishning turli
tartiblarini qiyosiy baholash uchun foydalanish mumkin.
Ishlab chiqarish faoliyati har doim organizm funktsional holatining yangi
bosqichsiga o’tishi bilan bog’liq.
Bunda eng kuchli ifodalangan siljishlarga asab,
yurak-qon tomir va nafas tizimi duchor bo’ladi, bir vaqtda qon tarkibi, suv-tuz
almashinuvi o’zgaradi. Ish boshlangunga qadar organizmda moddalar
almashinuvining kuchayishi, tomir urishi va nafas olishning kuchayishidan iborat
shartli-reflektor funktsional siljishlar ro’y beradi.
Ishlab chiqarish sharoiti va va
346
kun vaqti shartli qo’zg’atuvchi bo’lib hisoblanadi.
Ishlab chiqarish bo’yicha o’qitish va mashq qildirish jarayonida dinamik
ravishda ishlab chiqarish stereotipi, ya’ni organizmdagi fiziologik jarayonlar
bosqichsini aniqlab beruvchi shartli reflekslar tizimi hosil bo’ladi. Dinamik
stereotip – eng ratsional va tejamli harakatlar yoki ishchi operatsiyalarini
bajarishdagi harakatlar tizimi bo’lib, kam funktsional harajatlar bilan mehnatning
yuqori unumdorligiga erishishdir.
Dinamik ravishdagi ishlab chiqarish stereotipi
ishning asosiy elementlarini bajarishning davomiyligi, mikropauzalar va shunga
o’xshashlarni o’z ichiga oladi. Dinamik stereotipni ishlab chiqarish kasbiy
ko’nikmalarga ega bo’lish asosida yotadi va ular ahamiyatli bosqichda u yoki bu
ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda jismoniy va asab-ruhiy energiyani sarf
qilishni pasaytirishga imkon beradi.Ishni bajarishda markaziy asab tizimida
qo’zg’alish jarayonlari kuchayadi. Bir vaqtning o’zida tormozlanish jarayonlari
ham chuqurlashadi, shu tufayli ushbu asosiy jarayonlar orasida muvozanat
saqlanib turadi. Nisbatan yengil ishni bajarishda o’xshash holat butun ish kuni
davomida saqlanadi, og’ir ishni bajarishda ma’lum vaqtdan boshlab bosh miya
po’stlog’ida muhofaza qiluvchi tormozlanish jarayonlari ustunlik qila boshlaydi.
Markaziy asab tizimi funktsional holatining fazali o’zgarishi bajarilayotgan
ishning harakteri va davomiyligi bilan aniqlanadi. Qo’zg’alish fazasida shartli
reflekslarning kuchayishi, latent davrning qisqarishi, differentsiatsiyalangan
tormozlanish va sensomotor reaktsiyalarning tezlashishi, hamda glikogen, ATF,
kreatinfosfatning kuchli parchalanishi kuzatiladi.
Tormozlanish fazasida teskari jarayonlar kuzatiladi: shartli reflekslarning
pasayishi, latent davrning uzayishi, differentsiatsiyalangan tormozlanish va
sensomotor reaktsiyalarning sekinlashishi, EEG da beta-ritmlarning, keyinchalik
esa alfa-ritmlarning paydo bo’lishi, fazali holat, tormozlanish kuzatiladi.
Markaziy
asab
tizimidagi
tormozlanish
jarayoni
bilan,
mehnat
fiziologiyasining bosh vazifalaridan biri uning rivojlanishini oldini olish bo’lgan
- toliqish deb ataluvchi tushuncha bilan bog’liq.
Toliqish – bu ishni bajarishda
347
yuzaga keladigan ishlash qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bo’lib, ishlash
qobiliyatining sifat va miqdor ko’rsatkichlarining yomonlashishi bilan namoyon
bo’ladi.
Sub’ektiv toliqish charchash bilan his qilinadi.
Organizmning ba’zi
a’zolari va tizimlari funktsiyalarining buzilishi, hamda ishdagi nuqson
rivojlanayotgan toliqishning ob’ektiv mezonlari bo’lib hisoblanadi.
Toliqishning
miqdor jihatdan bosqichi markaziy asab tizimi, analizatorlar, oliy asab faoliyati
funktsiyasining harakatchanligi bilan harakterlanuvchi turli testlar yordamida
aniqlanadi (analizatorlarning o’tkazuvchanlik qobiliyati, yorug’lik, tovush va
issiqlik qo’zg’atuvchilariga bo’lgan reaktsiyaning tezligi, tanlash reaktsiyasining
tezligi va aniqligi v.b.).
Fazalilik toliqish jarayoniga ham xos.
Bu ham ish kuni, hamda ish haftasi
davomida inson ishlash qobiliyatining o’zgarishi bilan namoyon bo’ladi. Ish kuni
dinamikasida ishlash qobiliyatining o’zgarishlarida quyidagi davrlarni ajratish
mumkin: ishning boshlanishida ishga kirishish, ishlash qobiliyatining stabil davri
(ishning qo’zg’alish davri); tushlikdan avvalgi davrda ishlash qobiliyatining
pasayishi; tushlik tanaffusidan so’ng ishning boshlanish davri; stabil ishlash
qobiliyatining ikkinchi davri; ish tugashidan 1-2 soat oldin ro’y beruvchi ishlash
qobiliyati pasayishining ikkinchi davri;
ish kunining oxirida asab-ruhiy zo’riqish
bilan chaqirilgan ishlash qobiliyatining qisqa vaqtga ko’tarilishi va shuning
uchun ko’pincha rivojlangan toliqish fonida ishlash qobiliyatining sifat jihatidan
emas, balki miqdor jihatidan oshishi.
Ishga kirishish, stabil ishlash qobiliyati
davrlari va uning pasayishi butun hafta davomida ham kuzatiladi.
Shunday ekan, toliqish – bu normal fiziologik jarayon bo’lib, organizmning
atrof-muhit sharoiti ta’siriga muhofazalovchi tormozlanish ko’rinishidagi himoya
reaktsiyasidir.
Organizm funktsiyasining keyingi ish kuni va ayniqsa yangi ish
haftasi boshlanishigacha tiklanishi bu jarayonning fiziologik ekanligining mezoni
bo’lib hisoblanadi.
Ko’rsatilgan muddatlarda organizm funktsiyasi va gomeostaz
tiklanishining kuzatilmasligi bosh miya po’stlog’ida tarqoq tormozlanish va
patologik buzilishlarning rivojlanganligi haqida dalolat beradi.
348
Ushbu holat qattiq charchash kabi harakterlanadi va nafaqat profilaktik
choralar, balki davolashni ham talab etadi.
Qattiq charchashga patologik holat kabi qarash lozim, bunda og’ir va uzoq
vaqt ishlashda organizm muntazam tarzda dam olmaydi va ishlash qobiliyati
tiklanmaydi. Holdan toyishda markaziy asab tizimida qayta qo’zg’alish holatlari
aniqlanadi, o’zini yomon his qiladi, qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi, uyqusizlik
bezovta qiladi. Holdan toyish nevrozlar, yurak-qon tomir kasalliklari, xafaqonlik,
oshqozon yarasi kasalliklariga olib kelishi mumkin. Qattiq charchashda
organizmning himoya kuchlari pasayadi, bu nafaqat ishlash qobiliyatining
pasayishi, balki umumiy va kasbiy kasallanishning o’sishiga olib keladi.
Ishning noto’g’ri tashkillashtirilganligi yoki haddan tashqari ish yuklamasi
(yuk tashuvchi, g’isht teruvchi, yer kovlovchi va boshqalar) natijasida tez
sur’atda rivojlanadigan toliqish va uzoq vaqt davomida ishlash natijasida
(konveyer usulida ishlash) organizmda kuchsiz ifodalangan o’zgarishlar bilan
sekin rivojlanadigan toliqish farqlanadi.
Tez sur’atda rivojlanadigan toliqish
funktsiyaning
markaziy
koordinatsiyasining
buzilishi
va
organizmning
funktsional imkoniyatlariga ishchi vazifaning mos kelmasligi natijasida
tormozlanishning shoshilinch o’choqlarining yuzaga kelishi oqibatida ro’y
beradi.
Tez sur’atda rivojlanadigan toliqishda ishdan so’ng funktsiyalar dastlabki
holatga tezda qaytadi. Statik zo’riqish qancha ko’p bo’lsa, toliqish shuncha tez
rivojlanadi.
Hozirgi vaqtda toliqish rivojlanishining ko’pgina nazariyalari mavjud.
Toliqishning asosida bosh miya hujayralari ishlash qobiliyatining pasayishi
yotgan
nazariya
haqiqatga
yaqin
hisoblanadi.
Toliqish
asosiy
asab
jarayonlarining o’zaro munosabati o’zgarganda, tormozlanish qo’zg’alishdan
ustun bo’lganida, rivojlanadi.
Tormozlanish hujayraning energetik imkoniyatlarining tugashi emas. Bu holat
asab hujayrasiga kelayotgan impulslarga reaktsiya qaytarmaslikka imkon beradi,
natijada aktiv faoliyat tugatiladi. Toliqishning tormozlanish bilan aloqasi
349
shundan iboratki, muhofazalovchi tormozlanish yanada murakkabroq jarayon -
ishlovchi inson toliqishining muhim komponentlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Binobarin, toliqishda katta yarim sharlar qobig’ining konkret bo’limida
qo’zg’alish va tormozlanishning murakkab mozaikasi o’zgaradi, chunki ishlovchi
a’zolardan kelgan impulslarning ta’siri natijasida parabiotik tormozlanish
o’chog’i yuzaga keladi.
Toliqishni pasaytirishga yo’naltirilgan profilaktik chora-tadbirlar orasida og’ir
jismoniy yoki monoton mehnatdan ozod qilish, ruhiy fiziologik relaktsiya
xonalarini tashkil qilish, tashqi ishlab chiqarish muhitining qulay sharoitlari bilan
ta’minlash, mashqlar bajarish yordamida dinamik stereotipni, ratsional temp,
ishning ritmi va tartibini ishlab chiqish, ish joyini to’g’ri jihozlash, ishlab
chiqarish estetikasiga rioya qilish, ma’nan va moddiy stimullash kabilarni ajratish
mumkin.
Mehnat jarayonida ishlovchilarda kuzatiladigan fiziologik, klinik, biokimyoviy
o’zgarishlar batafsil o’rganib chiqilgan va mehnat fiziologlari tomonidan tahlil
qilingan.
Mehnat jarayonini baholashdagi bosh vazifa – bu qator funktsiyalar va tizimlar
zo’riqishining ifodalanganligini ob’ektiv aniqlashdir. Asab-emotsional zo’riqish
bilan aqliy ishda analizator funktsiyalarini o’rganish, psixologik testlardan
foydalanish, tomir urishi chastotasi, arterial qon bosimi, tana harorati, ter
ajaralish intensivligini o’lchash zarur.
Uchuvchida murakkab parvozlarda yurak
faoliyati va tashqi nafasning benihoya zo’riqishi kuzatiladi: yurak qisqarish
chastotasi daqiqasiga 180 marta va undan ko’p, nafas olishi – daqiqasiga 54
martagacha yetadi, organizmdan askorbin kislotasi, 17-oksikortikosteroidlarning
chiqarilishi oshadi, qonda xolesterin miqdori ko’payadi.
Yurak qisqarish chastotasi emotsional zo’riqishning o’lchovi bo’lishi mumkin,
deb hisoblanadi. Ba’zida organizmning eng muhim tizimlarining reaktsiyasi
stress harakteriga ega bo’ladi.
Ishlab chiqarish sharoitida stress – qaysidir omilning haddan tashqari kuchli
350
ta’siri natijasida qator kasb egalarida (uchuvchilar, aeroportlar dispetcherlari, tez
yurar poezdlarning mashinistlari va boshqalar) vaqti-vaqti bilan yoki muntazam
tarzda markaziy asab tizimida yuzaga keladigan holat. Sinxron tarjima qilish
bilan shug’ullanuvchi tarjimonlarda ish vaqtida tomir urishi daqiqasiga 160
martagacha tezlashadi, bunda har 5 daqiqada bu qiymat daqiqasiga 10-30 taga
o’zgarib turadi.
Ish vaqtida ro’y berayotgan hamma siljishlarni ham fiziologik deb hisoblab
bo’lmaydi. Ishning haddan tashqari intensivligida ular, ma’lum profpatologiyani
bildiruvchi, turg’un funktsional o’zgarishlarga o’tishi mumkin.
Yuqorida
ko’rsatilgan zararli omillarning tasnifiga muvofiq ishning og’irligi va xavfli
(zararli) ekanligiga to’g’ri gigiyenik bahoni berish muhim.
Mehnatning asab-emotsional zo’riqishi ish kunining ta’minlanganligi yoki
zichligi, bajarilayotgan operatsiyalar soni, operatsiyani bajarishga ketgan vaqti,
qabul qilinayotgan ma’lumotlarning murakkabligi va soni, analizatorli tizim va
ruhiy funktsiyalarning o’zgarishi bilan baholanadi. Mehnatning ko’p turlari turli
bosqichdagi jismoniy og’irlik va asab zo’riqishini mujassamlantiradi.
Insonning mehnat faoliyatida organizmning barcha tizimlari faollik holatiga
keladi, biroq har bir mehnat jarayoni asosan u yoki bu tizimning, analizatorli,
markaziy asab tizimi, vegetativ funktsiyalar, endokrin tizimlar va shunga
o’xshashlarnilarning zo’riqishini chaqiradi.
Mehnat faoliyatida organizmning tizim va funktsiyalarining zo’riqishiga ishlab
chiqarishning jihozlanishi va u yerdagi sharoit (mehnat tartibi va ish joyini
tashkil qilish, mehnatning avtomatizatsiyalashtirilganligi va mexanizatsiyasi,
kasbga oid zararlilik) ahamiyatli bosqichda ta’sir ko’rsatadi.
Yuqori bosqichdagi
ishlash qobiliyatini saqlab qolish va toliqishning oldini olish uchun, yuqorida
qayd etilganidek, mehnatning optimal tartibini, birinchi navbatda, ishda ritmlikni
o’rnatish juda muhim. Ritmik mehnat butun ish smenasi, haftasi, oyi mobaynida
yuklamaning teng taqsimlanishini ko’zlaydi; ishchining harakati butun ish vaqti
davomida tempni keskin almashtirmasdan amalga oshiriladi, bunda ortiqcha
351
harakatlar inkor qilinadi.
Mehnatning optimal ritmida kam energiya sarf qilish, qondagi glyukozaning
turg’un bosqichsi (biroz oshgan) va sut kislotasining kam miqdorda bo’lishi bilan
eng yuqori bosqichdagi ishlash qobiliyatiga erishiladi.
Mehnat ritmining buzilishi ishlash qobiliyatini pasaytiradi, ishga kirishish
bosqichida erishilgan natijalarning yo’qotilishiga olib keladi. Ishda o’zini
oqlamagan tez-tez tanaffuslar qilish, salbiy emotsiyalarga olib keladi, bu nafaqat
ishlash qobiliyatining pasayishi, balki qator kasalliklarning (yurak-qon tomir
patologiyasi va boshqalar) sababi ham bo’lishi mumkin.
Bir xil ishni bajarish monoton mehnat kabi ifodalanadi va ishlash
qobiliyatining pasayishiga va bosh miya qobig’ida tormozlanish oqibatida
toliqishga olib keladi.
Qator korxonalarda ishchilarning kasallanishini o’rganish shuni ko’rsatdiki,
mehnat jarayoni yetarlicha ratsional tashkillashtirilmaganda nafaqat ishchilarning
tezda toliqishi, balki surunkali kasalliklarning ham o’sishi kuzatiladi. Ritmik ish
mehnat unumdorligini 18-20% ga oshiradi va umumiy hamda kasbiy
kasallanishning pasayishiga olib keladi.
Ko’pchilik kasblarda ham jismoniy va hamda aqliy mehnat elementlari
mujassamlangan. Biroq hozirgi vaqtda yuqori bosqichdagi intellektual, sensor va
emotsional yuklamalar ustunlik qiladi
Ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash bilan bog’liq ishlar odatda aqliy
mehnatga kiritiladi, ularni bajarishda sensor apparat, diqqat, xotira, fikrlash va
emotsional sferani faollashtirishning ahamiyatli bosqichdagi zo’riqishi talab
etiladi.
Aqliy mehnat kasbining bir qismi moddiy ishlab chiqarish sferasiga
yo’naltirilgan (konstruktorlar, injenerlar, ustalar, texniklar, dispetcherlar,
operatorlar va shunga o’xshashlar). Boshqalari «ta’minlovchi» funktsiyasini
bajaradi: shifokorlar, o’qituvchilar, ilmiy ish bilan shug’ullanuvchilar,
kutubxonachilar, tarjimonlar, yozuvchilar, artistlar va boshqalar.
352
Mehnatning boshqaruvchi turi. Bu guruhga korxona va muassasalarning
boshqaruvchilari, hamda o’qituvchi va muallimlar kiradi. Mehnat ma’lumot
hajmining haddan tashqari o’sishi, uni qayta ishlash uchun vaqt tanqisligi,
ijtimoiy ahamiyatining o’sishi va yechimni hal qilish uchun shaxsiy mas’ullik,
yuklamaning noregulyarligi, qabul qilinayotgan yechimlarning nostandartligi,
vaqti-vaqti bilan konflikt vaziyatlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq.
Mehnatning operatorlik turi. Bu guruhga mashinalar, jihozlar, texnologik
jarayonlarni boshqarish bilan bog’liq operatorlar kasbi kiradi. Mehnat katta
mas’ullik va yuqori bosqichdagi asab-emotsional zo’riqish bilan bog’liq. Bunda
kam jismoniy faollik fonida stereotip va bir xildagi harakatlarni ko’p marta
takrorlash hisobiga sharoit va ishning momnotonligi muhim jihati bo’lib
hisoblanadi.
Bunday
kasblarga
avtomatizatsiyalashtirilgan
tizimlarning
operatorlari, telefonistlar, telegrafistlar, temir yo’l va aviatsiya dispetcherlarining
ishi kiradi.
Ijodiy mehnat – aqliy mehnatning eng murakkab turi bo’lib, maxsus
oldindan tayyorgalik ko’rishni, yuqori intellektual bosqich va malakani talab
etadi. Bu ko’p yillik tayyorgarlik va yuqori malaka asosida yangi algoritmni
yaratishni ko’zda tutgan ilmiy ish bilan shug’ullanuvchilar, yozuvchilar,
kompozitorlar, konstruktorlar mehnatidir. Bunday ishchilar yaxshi xotira,
initsiativlik, diqqatni uzoq vaqtga jamlab turish qobiliyatiga ega bo’lishlari lozim,
bu yuqori bosqichdagi asab-emotsional zo’riqishga olib keladi.
O’quvchilar va talabalar mehnati xotira, diqqat-e’tibor, qabul qilishni
zo’riqtirishni talab etadi. Nazorat ishlari, topshiriqlarni topshirish vaqtida va
ularga tayyorgarlik ko’rishda stress vaziyatlar (to’yib uxlamaslik, emotsional
zo’riqishlar va shunga o’xshashlar) yuzaga keladi. Shu bilan bir vaqtda jismoniy
tarbiya, sport bilan shug’ullanish tufayli yosh o’quvchilar uchun jismoniy
yuklamalar ham harakterli. Nevrozlar, yurak-qon tomir, vegetativ asab tizimining
buzilishi ishni noto’g’ri tashkillashtirilganligining oqibati bo’lishi mumkin.
Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, markaziy asab tizimiva yurak-qon tomir
353
patologiyasining rivojlanishida asab-emotsional zo’riqish bilan bir qatorda
gipodinamiya ham katta rol o’ynaydi. Masalan, ilmiy ish bilan
shug’ullanuvchilarda yuqori bosqichdagi asab zo’riqishi va simpatik-adarenal
tizimi aktivatsiyasi fonida harakat faolligi yetarlicha bo’lmaganida qon
aylanishning o’z-o’zini regulyatsiya qilishning yurak yoki aralash turi organizm
uchun noxush bo’lgan tomirli turiga o’tadi. Aqliy mehnat bilan shug’ullanuvchi
shaxslarda ko’pincha xafaxonlik kasalligi, ateroskleroz, kardioskleroz uchraydi.
Xafaxonlik kasalligi, yurak kasalligi, yara kasalligi bilan kasallanish metropoliten
mashinistlari, aeroport va temir yo’l dispetcherlarida, ko’mir, metallurgiya,
mashinasozlik, to’qimachilik sanoatining ishchilariga nisbatan, yuqori bosqichda
uchraydi.
Mehnat gigiyenasining yangi mustaqil bo’limiga mehnat psixologiyasini
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |