F. I. Salomova Bilim sohasi: 500000 – “Ijtimoiy ta’minot va sog’liqni saqlash” Ta’lim sohasi: 510000 – “Sog’liqni saqlash”



Download 6,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/304
Sana01.01.2022
Hajmi6,66 Mb.
#304701
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   304
Bog'liq
Гигиена.Тиббий экология 5.01.2019

Metallar va ularning birikmalari

 

Qo’rg’oshin (Pb)

 – kul rangdagi og’ir metall, yumshoq va plastik xossaga ega. 

Erish harorati 327°C, 400-500°C da bug’lanishni boshlaydi, 1740°C da qaynaydi. 



 

364 


 

Qo’rg’oshin  va  uning  birikmalari 

bilan  intoksikatsiya  qo’rg’oshinni 

olish,  rudadan  qo’rg’oshinni  quyish, 

qo’rg’oshinli 

bo’yoqlar, 

akkumulyatorlar 

ishlab 


chiqarish, 

poligrafiya 

va 

kabel 


ishlab 

chiqarishda,  qo’rg’oshin  vannalarda 

metal 

mahsulotlarini 



toblash, 

qo’rg’oshin bo’yoqlar bilan bo’yalgan 

metal  qismlarni  payvandlash,  gaz 

bilan  kesishda  kuzatilishi  mumkin. 

Qo’rg’oshin  saqlagan  glazur  bilan 

qoplangan  loydan  yasalgan  sopol  idishda  uzoq  vaqt  saqlangan  nordon 

mahsulotlarni  iste’mol  qilganda,  ichki  tomoni  qo’rg’oshin  bilan  qoplangan 

trubadan  o’tuvchi  ichimlik  suvini  iste’mol  qilganda  maishiy  zaharlanish 

kuzatilishi mumkin. 

Qo’rg’oshin  -  keng  spektrli ta’sirga  ega  protoplazmatik  zahar  bo’lib,  asab  va 

yurak-qon tomir tizimlari, qonda o’zgarishlarni chaqiradi, fermentativ jarayonlar, 

vitaminlar  almashinuvini  buzadi.  To’qimalarda  qo’rg’oshin  miqdorining  oshishi 

organizmdagi boshqa mikroelementlar balansini buzadi.  

7.2.1-rasm. 

Surunkali  intoksikatsiya  uchun  qo’rg’oshinli  hoshiya  harakterli  –  milk 

qirrasi  bo’ylab  to’q  kul  rangli  chiziqcha,  asosan  old  tishlarda,  terining 

qo’rg’oshinli koloriti – yengil sariqlik bilan bo’zargan kul rangda bo’lishi; qonda 

retikulotsitlar  miqdorining  oshishi  (Geynts  tanachalari  bilan  eritrotsitlar)  va 

bazofil-donador  eritrotsitlar  (rasm1);  peshobda  porfirinlar  miqdorining  oshishi. 

Qo’rg’oshinli  zaharlanish  tashuvchilik  (zaharlanish  belgilarisiz  qo’rg’oshinli 

hoshiya), intoksikatsiyaning alohida belgilari bilan kechuvchi yengil zaharlanish 

(retikulotsitoz,  bazofilli  donadorlik  bilan  eritrotsitlar  miqdorining  oshishi, 




 

365 


 

gemoglobinning  sezilarsiz  pasayishi  bilan  peshobda  porfirin  miqdorining 

oshishi), yengil astenovegetativ sindrom ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin. 

 

 



7.2-rasm. 

Periferik 

qonda 

Geynts 


tanachalari 

bilan 


eritrotsitlar va retikulotsitlar 

Qo’rg’oshin 

bilan 

muloqotda bo’luvchi ishchilarda 



profilaktik 

chora-tadbirlarga 

katta  e’tibor  qaratiladi.  Bunday 

ishlarda ishlash ayollar va o’smirlarga ruxsat etilmaydi. Korxonalarda apparatura 

germetizatsiyasi, mexanizatsiyalash ko’zda tutiladi, qo’lda bajarish operatsiyalari 

bartaraf  qilinadi,  umumiy  va  mahalliy  ventilyatsiya.  Shaxsiy  himoya 

vositalaridan  foydalanish,  sanitariya  tekshiruvidan  o’tish  joyi  kabi  sanitariya-

maishiy  xonalarning  bo’lishi  zarur.  Shaxsiy  gigiyena  qoidalariga  rioya  qilish, 

og’iz bo’shlig’i sanatsiyasi katta ahamiyatga ega. Ishlovchilar maxsus ajratilgan 

joylarda  ovqatlanishlari  kerak,  ovqat  qabul  qilish  va  chekishdan  oldin  albatta 

qo’llarni  xlor  vodorodli  (yoki  uksus)  kislotaning  1-20%  li  eritmasi,  so’ngra  esa 

sovunli suv bilan yuvish shart. 

Davolash-profilaktik ovqatlanish intoksikatsiyaning oldini olishda muhim omil 

bo’lib hisoblanadi. 

Dastlabki  va  davriy  o’tkaziladigan  tibbiy  ko’riklar  alohida  ahmiyatga  ega. 

Qon,  periferik  asab  tizimi,  xafaxonlik  kasalligi  va  boshqalar  bo’lgan  shaxslar 

qo’rg’oshin  bilan  ishlashga  ruxsat  etilmaydi.  Davriy  o’tkaziladigan  tibbiy 

ko’riklarda sex terapevti, nevropatolog, oftalmolog (ko’rsatma bo’yicha) ishtirok 

etadi.

 

Albatta  peshobda  qo’rg’oshin  miqdori  aniqlanadi,  qonning  klinik  tahlili 



o’tkaziladi (gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar, retikulotsitlar, eritrotsitlarning 

bazofilli  donadorligi,  EChT,  ko’rsatmaga  ko’ra  gematoporfirin).  Qo’rg’oshin 

 

  



 

366 


 

bilan  muloqotda  ishlovchilar  profilaktoriylar,  sanatoriya-kurort  davolanishga 

yuboriladi.

 

Etilendiamintetrauksusli  kislota  (EDTA)  tuzlari,  vitamin  terapiyasi 



(C,  B  guruhidagi  vitaminlar),  fizioterapiya,  xvoya  vannalari  qo’llaniladi.

 

Ta’til 



vaqtiga  mehnatga  layoqatsizlik  kunlarini  qo’shish  bilan  2  oylik  muddatga 

kasallik varaqasini berish kafolatlanadi. 




Download 6,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   304




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish